Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Bundesligada mavsum yakuni raqamlarda!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Quyida Bundesliga.com tomonidan yig‘ib chiqilgan o‘tgan mavsumning bir qator qiziqarli va diqqatga molik fakt va raqamlarini e’tiboringizga havola etamiz. 

"Union" o‘z tarixida birinchi marta Bundesliganing 6-turida peshqadamga aylandi. Ular turnir jadvalida 7 marta peshqadamlik qilishgan, bu ikkinchi o‘rindagi Dortmundning "Borussiya"sidan 4 barobar ko‘p degani.

"Frayburg" vakili Mattias Ginter hamda darvozabonlar Oliver Baumann («Xoffenxaym»), Kun Kastels («Volfsburg»), Mark Flekken («Frayburg»), Manuel Riman («Boxum») va Marvin Shvabe («Kyoln») bilan birgalikda o‘yinlarning bir daqiqasini ham o‘tkazib yubormagan yagona o‘yinchi bo‘ldi. 

29-tur kuni Aaron Martin Bundesliga tarixida tug‘ilgan kunida gol urgan birinchi "Mayns" futbolchisiga aylandi (22 aprel "Bavariya"ga qarshi).

“Leypsig” futbolchisi Dani Olmo XGda mavsumning kutilmasi past bo‘lgan golini urdi. 17-turda "Shalke"ga qarshi o‘yinda uning gol urish epizodida gol bo‘lish ehtimoli 1,3% ni tashkil etardi.

"Frayburg" 5-turda turnir jadvalida oldinga chiqib oldi. Bu jamoa tarixida ikkinchi marta sodir bo‘ldi.

Pellegrino Matarasso Bundesliganing bir mavsumida "Bavariya" bilan ikki marta durang o‘ynagan birinchi murabbiyga aylandi (6-turda "Shtutgart" bilan 2:2 va 28-turda "Xoffenxaym" bilan 1:1).

2022/23 yilgi mavsumda to‘rtta xet-trik qayd etildi, ularga "Bavariya"dan Serj Gnabri, "Frayburg"dan Vinchenso Grifo, "Mayns"dan Karim Onisivo va "Verder" a’zosi Marvin Duksh mualliflik qildi. Biroq Grifo mukammal xet-trik qayd etgan yagona futbolchi bo‘ldi (uchta gol ham bir oyog‘i bilan sodir bo‘ldi). U Bundesligada bunday muvaffaqiyatga erishgan ikkinchi "Frayburg" futbolchisi bo‘ldi.

"Union" a’zosi Sheraldo Bekker o‘z faoliyatida birinchi marta 32-turda "Frayburg"ga qarshi o‘yinda (4:2) barcha to‘rtta golni kiritdi. Bundesliganing ushbu mavsumida boshqa hech kim buni uddalay olmagandi.

“Union” birinchi marta bir o‘yinda 6 ta gol urdi. "Shalke" ustidan qozonilgan 6:1 hisobidagi g‘alaba ularning Bundesligadagi eng yirik g‘alabasi bo‘ldi.

"Bavariya" mavsumning beshta turli o‘yinida olti yoki undan ko‘p gol urdi - Bundesliga rekordi.

3-turda "Bavariya"ning Boxumdagi 7:0 hisobidagi g‘alabasi mavsumning eng yirik g‘alabasi va "Boxum"ning Bundesligada uy stadionida o‘tkazgan eng yirik mag‘lubiyati bo‘ldi.

"Gerta" yettinchi marta Bundesligadan pastga tushib ketdi. Faqat "Nyurnberg" va "Arminiya" undan ko‘p bu ishni uddalagan.

"Xoffenxaym" "Gannover"dan keyin (2009/2010) ikkinchi davrada ketma-ket yetti o‘yinda mag‘lub bo‘lgan ikkinchi jamoa bo‘ldi. Ketma-ket yettita mag‘lubiyat bu klubning antirekordiga aylandi.

"Borussiya Dortmund" Bundesliganing 16-turidan 23-turigacha ketma-ket sakkizta o‘yinda g‘alaba qozonib, klub rekordini o‘rnatdi.

2022/23 yilgi mavsumda futbolchilar sakkizta gol urgan uchta o‘yin bo‘lib o‘tdi: "Bavariya" - 6:2 "Mayns" (12-tur), "Kyoln" - "Verder" - 7:1 (16-tur) va "Bavariya" - "Augsburg" (24-tur) - 5:3.

Yussuf Poulsen “RB Leypsig”da zaxiradan maydonga tushgach Bundesligada eng ko‘p gol urgan rekordchiga aylandi (8).

2-davrada Edin Terzich Bundesligada ketma-ket to‘qqizta o‘yinda g‘alaba qozongan "Borussiya Dortmund" bosh murabbiylari ichida tarixga kirdi (2020/21 yilgi mavsum oxirida yettita bahsda g‘alaba qozonilgan).

"Bavariya"ning ketma-ket 11-chempionligi - UEFA koeffisiyenti bo‘yicha Yevropaning kuchli besh ligasi orasidagi rekorddir.

Bundesliganing 32-turiga kelib "Borussiya Dortmund" o‘z uyida ketma-ket 11 ta g‘alaba qozongan edi. Bu klubning bir mavsumdagi rekordidir.

Rafael Gerreyro 12 ta golli uzatma bilan Bundesliganing eng yaxshi assistenti bo‘ldi.

"Frayburg" mavsumning 4 va 26-turlari oralig‘ida Bundesliganing 12 ta uy o‘yinida mag‘lubiyatsiz o‘ynab, klub rekordini o‘rnatdi (sakkiz g‘alaba va to‘rt durang).

31-turdan o‘rin olgan "Shalke" - "Mayns" uchrashuvi uchun 12 daqiqa qo‘shib berilgan va Marius Bulter Bundesligada tarixidagi eng kech kiritilgan golga mualliflik qildi.

"Bavariya" "Verder"ga qarshi safardagi so‘nggi 13 o‘yinda g‘alaba qozondi, bu Bundesliga tarixidagi eng uzun rekorddir.

"Boxum" penaltidan 14 ta gol o‘tkazib yubordi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, faqat “Gannover” Bundesliganing bir mavsumida undan ko‘proq gol o‘tkazib yuborgan (1985/86 yilgi mavsumda 17 ta gol).

"Borussiya Dortmund" o‘z maydonida 14 ta g‘alaba qozondi, bu Bundesligadagi mavsumdagi eng yaxshi natijasidir.

Tomas Myuller Bundesliganing ketma-ket 14 mavsumidan beri gol urib kelmoqda va "Bavariya" rekordchilari Gerd Myuller, Klaus Augentxaler va Mehmet Shollga tenglashib oldi.

“Verder” a’zosi Niklas Fyullkrug va “Leypsig” a’zosi Kristofer Nkunku 16 tadan gol urgan holda Bundesliga tarixidagi eng past ko‘rsatkichli to‘purarga aylanib oldi.

Pol Uanner 15-turda mavsumdagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. U 2022/23 yilgi mavsumda Bundesligada o‘ynagan yagona 16 yoshli gol urgan futbolchiga aylandi.

Kiritildi: 15:55, 28.06.2023. O'qildi: 1264 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик