Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Stadionlar: Hozirdan Yevro-2024 tomon sayohat

Baho:
+ | -
YEVROPA / Stadionlar / Mashhur stadionlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Roppa-rosa yana 1 yildan keyin Yevro-2024 final bosqichi boshlanadi.

Tabiiyki, Yevropaning barcha milliy jamoalari ke­yingi yoz Germaniyadagi ajib stadionlarda o‘ynash orzusida. Ma’lumot uchun, navbatdagi qit’a chempio­nati mezbonlik huquqi uchun kurashda Turkiyani ortda qoldirgan Germaniya 51ta katta o‘yin uchun jahonda tan olingan 10ta top-stadionni tayyorlamoqda. Demak, quyida kelasi yil yozda Yevropa futbolining episentriga aylanadigan har bir shahar va stadionga birrov nigoh buramiz.

Berlin - Olympiastadion (sig‘imi - 74475)

Yevro-2024 finaliga tanlangan Berlindagi «Olimpiya» stadioni murakkab o‘tmishga ega. Olympiastadion va 1936 yilgi Olimpiada o‘yin­lari o‘rtasidagi aloqa o‘chmas bo‘lib qolmoqda. Bu arenada eng esda qolarli futbol lahzasi esa 2006 yili kuzatilgan - Zidan ijrosidagi mashhur «kalla qo‘yish». Umuman, «Olimpiya»da jozibali tomonlari yetarli. Deylik, Germaniya poytaxti ko‘rki og‘ir texnoga sodiqligi bilan Yevropa chempionati finali uchun eng zo‘r tanlov!

Kyoln - Rhein-Energie Stadion (sig‘imi - 46195)

Germaniyaning ziyofat poytaxti sifatida tanilgan Kyoln keyingi yil yozda muxlislar uchun yoqimli maskanga aylanadi. Rhein-Energie Stadion Reyn-Rur metropoliteni markazida joylashgan.  Demak, arena Dortmund, Dyusseldorf  va Gelzenkirxenga  tashrif  buyuradigan muxlislarni ham «o‘z domiga tortadi». 5ta o‘yinga o‘z bag‘rini ochadigan  arena  JCH-2006dan o‘rin olgan Angliya - Shvesiya o‘yinida Jo Koul ijrosidagi ajoyib chal­qancha zarba guvohidir.

Dortmund - BVB-Stadion (sig‘imi - 65851)

Shahar sayyohlik maskani emas, lekin «Vest­falenshtadion» yoxud BVB-Stadion ortiqcha ta’rifga ehtiyoj sezmaydi. «Borussiya» D. klubining uy arenasi dovrug‘i butun dunyoga yoyilgan - eng mashhur muxlislar qo‘nimgohi. BVB-Stadion 2024 yili yarim finalga mezbonlik qiladi. Umuman, qit’a chempionati bahona «sariq devor» ma’lum muddat boshqacha tusga kirsa, ajabmas.

Dyusseldorf - Merkur Spielarena (sig‘imi - 51500)

2006 yili Dyusseldorf e’tibordan chetda qoldi, lekin shahar stadioni JCH-74 va Yevro-88 o‘yinlarini qabul qilgan. Chiroyli, ta’sirchan zamonaviy arenaga 5ta o‘yin berilgan, jumladan, 1|8 va 1|4 final bahslari.  Dyusseldorf hozirdan Yevropa top-futbolchilarini qabul qiladigan paytni  intiqlik bilan kutmoqda.

Frankfurt - Deutsche Bank Park (sig‘imi - 48000)

Frankfurt ulkan aeroporti va moliyaviy tizimi bilan yirik xalqaro markazga aylanib ulgurdi, mahalliy klub esa hozir uyg‘onish davrida. Deylik, 2022 yili YELda g‘alaba nashidasini surgan «Ayntraxt» bu safar Deutsche Bank Park arenasining qaynoq muhitidan ta’sirlanib, CHL «pley-off» bosqichiga chiqdi. Shahar yirik  sayyohlik markazi sifatida tanilgan emas, ammo asosiy minorasidan ko‘rinadigan manzara o‘ta hayratlanarli.

Gelzenkirxen - Veltins-Arena (sig‘imi - 54740)

Yevro-2024 mezbonlari orasida eng kichik shahar sanalgan Gelzenkirxen - haqiqiy futbol o‘chog‘i. «Shalke» oxirgi vaqtlarda qiyinchiliklarga uchragan bo‘lsada, «Feltins-Arena» har doim gavjum. Angliya termasi JCH-2006da portugallarga aynan shu stadionda yutqazgandi. Gelzenkirxen ko‘mir qazib olish markazidagi eng diqqatga sazovor nuqta - bu «samoviy narvon».

Gamburg - Volksparkstadion (sig‘imi - 51500)

Gamburg- Germaniyaning ikkinchi yirik shahri va Yevro-2024ning eng shimoliy nuqtasi. Muxlislar Reperbanda afsonaviy tungi hayot ichiga tushishadi, stadion esa Shimoliy Yevropadagi eng zo‘rlaridan biridir. Aytgancha, bo‘lajak turnirga dekabr oyida aynan shu shaharda qur’a tashlanadi, yozda esa Volksparkstadion 5ta o‘yinni qabul qiladi.

Leypsig - Red Bull Arena (sig‘imi - 42259)

Bir paytlar Bax va mashhur Shtazi yashagan Sharqiy Germaniyaning ushbu gavjum shahrida hamon klassika hukmron. Stadion JCH-2006ning 5ta o‘yinini o‘tkazganidan so‘ng mahalliy «RB Leyp­sig» klubi  o‘zgacha maqomga  erishdi. Berlinda to‘xtaydigan har bir muxlis loaqal 1 kunlik sayohat uchun Leypsigga bosh suqishi kerak.

Myunxen - Allianz Arena (sig‘imi - 70000)

Birgarten, uzundan-uzun kolbasalar, milliy liderxozen, qo‘ng‘iroqlar va ramziy stadion.  Myunxen ta’rifga muhtoj shahar emas. «Bavariya»ning uy arenasi ochilish uchrashuvidan tashqari, yana 5ta o‘yinga  o‘z bag‘rini ochadi. Jumladan, final yo‘llanmalaridan biri taqdiriga shu yerda oydinlik kiritiladi.

Shtutgart - Mercedes-Benz Arena (sig‘imi - 54812)

Shtutgart sirli shahar: Germaniyaning eng boy hududlaridan birida mahalliy aksentda gaplashishadi. Shtutgart - behisob mineral buloqlar otilgan, «Mersedes» va «Porshe» yaralgan manzil. Yevro-2024 doirasidagi 5ta o‘yin (xususan, chorak final)ni olgan Mercedes-Benz Arena futuristik «Xempden Park»ka o‘xshaydi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 16:06, 09.07.2023. O'qildi: 2663 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик