Bugun 23 fevral, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 25 61
2 Real Madrid 25 60
3 Vilyarreal 25 51
4 Atletiko 25 48
5 Betis 25 42
6 Selta 25 37
7 Espanyol 25 35
8 Atletik Bilbao 25 34
9 Osasuna 25 33
10 Real Sosyedad 25 32
11 Sevilya 25 29
12 Xetafe 25 29
13 Jirona 24 29
14 Rayo Valyekano 24 26
15 Alaves 24 26
16 Valensiya 25 26
17 Elche 25 25
18 Malyorka 25 24
19 Levante 25 18
20 Real Ovyedo 24 17

O'tgan o'yinlar.

25-тур Atletik Bilbao 0-0 Elche
25-тур Betis 0-0 Rayo Valyekano
25-тур Atletiko 0-0 Espanyol
25-тур Selta 0-0 Malyorka
25-тур Xetafe 0-0 Sevilya
25-тур Vilyarreal 0-0 Valensiya
25-тур Barselona 0-0 Levante
25-тур Osasuna 0-0 Real Madrid
25-тур Real Sosyedad 0-0 Real Ovyedo

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Rayo Valyekano - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Gvardiola shogirdlarini jiddiy sinov kutmoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Hozir Ispaniya murabbiylik maktabi futbol olamida yetakchilik qilmoqda.

Bu sohada inglizlarda maqtanishga arziydigan jihatlar qolmadi. Peys­li, Basbi, Remzi va Klaflar Chepmen yevropaliklar bilan «dubl-ve» usulini kashf etganidan keyin hukmronlik qilishdi. Endi ularning davri allaqachon o‘tmishga aylandi. Braziliyalik futbolchilar ham mahorat bobida vatandosh murabbiylardan o‘zib ketishdi. Pele, Ronaldinyo va Ronaldolar bilan tenglasha oladigan murabbiylar yo‘q. Nemislar ajoyib maktabni yaratishdi, ammo ulardan saboq olish osonmas. Xitsfeld, Xaynkes va Lyovlarda muallimlik siyog‘i yo‘q. Faqat Klopp ulardan yaqqol ajralib turadi, chunki uning «gegenpressing»ini o‘zlashtirish mumkin.

Taktika xususida gap ketganda, kalchoni tilga olmaslikning iloji yo‘q. Sakki - buyuk. Trappattoni, Anchelotti, Lippi va Kapellolar - o‘ta yuksak malaka sohiblari. Lekin Spalletti, Inzagi va Manchinilar daho emasliklari aniq. Italiya maktabi bilan paralel ravishda Argentina futbol akademiyasi ham gurkirab rivojlandi, futbolga sezilarli ta’sir o‘tkazdi. Lekin ularda shaxslar muhim o‘rin tutadi. Menotti va Bilardo - turli uslubdagi murabbiylar. Simeone, Skaloni, Galyardo va Byelsa ham yorqin faoliyat sohiblari.

Fransuz murabbiylik maktabi Venger va Zidan kabi malakali murabbiylarni, Jake va Deshamdek jahon va Yevropa chempionlarini hadya etdi. Biroq bu boshqalar uchun maktab bo‘la olmaydi. Niderlandiyaliklar ko‘p narsalarni Mixels tufayli o‘rgandilar. Kroyff ham buyuk murabbiy edi, ammo qolgan umrini kasbiga bag‘ishlashni istamadi. Faqat De Bur va Kumanni hatto Advokat bilan yonma,yon qo‘yib bo‘lmaydi. Van Gal va Xiddink haqida gapirishning hojati yo‘q. Yangi «Oltin era»da ham o‘sish sezilmayapti.

Nihoyat, navbat Ispaniya murabbiylik maktabiga keldi. Shu paytgacha u eng yorqin bilim maskani bo‘lgan emasdi. U Errera, Mixels va Mourinyo kabi xorijiy mutaxassislarni mamnuniyat bilan kutib olgan va samimiy munosabatda bo‘lgan. Biroq yangi asrda YECHL sovrinlari aynan ispaniyalik Del Boske, Benites, Enrike va Gvardiolalarga nasib etdi. Aragones va Del Boskelar Ispaniya bilan g‘oliblikka erishdilar. Biroq faqat bir kishi mukammal maktabni yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Xosepning izdoshlari tobora ko‘payib bormoqda.

Shogirdlar ko‘pincha ustozlaridan zaifroqlar

Murabbiylik ixtisosida aynan shunday. Mourinyoni Robsonning shogirdi ekanligi tushunarli. Demak, shogird ustozdan o‘zib ketdi, desak, lof bo‘lmaydi. Lekin Jozening izdoshlari ancha ortda qolib ketishdi. Andre Villash-Boash Mourning mahoratidan lol qolganligini e’tirof etgandi. Hozir «Zenit»ning sobiq murabbiyi bir necha yildan beri ishsiz yuribdi. Uni Portugaliya terma jamoasiga jalb etishmadi, Martinesni afzal ko‘rishdi, «Napoli»ga ham chaqirishmadi, Garsiyani chorlashdi.

Ruy Fariadan malakali murabbiy chiqmadi, Rojers «Lester»ni elitada saqlab qola olmadi. Stiv Klark Shotlandiyani muvaffaqiyatli boshqarmoqda, lekin Yevroda Xoland va ispanlar to‘sig‘idan o‘ta olish-olmasligini vaqt ko‘rsatadi. Xabi Alonsoni Mouning shogirdi deyish o‘rinli emas, chunki u Gvardiolaning g‘oyalarini chuqur o‘zlashtirgan. Jozening eng malakali shogirdi maqomi taajjubki, Yulian Nagelsmannda.

Germaniyalik mutaxassis portugaliyalik kasbdoshi bilan shaxsan hamkorlik qilgan emas, ammo o‘z uslubini shakllantirishida Mouning usullari qo‘l kelganligini e’tirof etgan. Kroyff va Byelsadan ta’lim olgan Gvardiolaning bevosita izdoshlari ko‘p. Mareska «Lester»ni qutqarishga otlandi, Arteta APL toji uchun kurashda ustozini ancha qiynab qo‘ydi, Kompani «Byornli»ni elitaga olib chiqdi. endi u sobiq ustozi bilan uchrashadi. Erik ten Xagni ham unutganimiz yo‘q. U Xosep bilan «Bavariya»da hamkorlik qilgan. Xavi ham «Gvardiola akademiyasi» tarbiyalanuvchisi. Ted Lasso va Xabi Alonso kabi ko‘plab murabbiylar faoliyatida kataloniyalik mutaxassis muhim o‘rin tutadi. Gvardiola 2 yildan keyin «Manchester Siti»ni tark etishi mumkin. Ya’ni, JCH-2030 turniri arafasida qaysidir terma jamoani qabul qilishidan avval bir oz tanaffus olishni rejalashtirgan. Shayxlar Gvardioladan o‘z o‘rniga munosib o‘rinbosar tanlab berishini iltimos qilishlari aniq. Shunda Pep o‘z shogirdlaridan birini tavsiya etishi mumkin.

Buyuk murabbiyni topish buyuk futbolchini topishdan qiyinroq

Uzoqqa borishning hojati yo‘q. Rossiya murabbiylik maktabi chuqur inqiroz holatida. Chegaralar ochiq bo‘lishiga qaramasdan, 30 yil ichida birorta murabbiy xorijiy klub bilan YELda g‘olib chiqishga urinib ko‘rmadi. Gazzayev «MYU»ga yo‘l olmadi, Sluskiy va Karpin urinib ko‘rishdiyu, ishlari yurishmadi. Murabbiylar futbolchilarga nisbatan bir necha baravarga kam.

Sergey Bogdanovich Fransiya yoki Ispaniyaga ish axtarib bormaydi, «Spartak» va «Dinamo»ga esa navqiron xorijlik murabbiy keladi. Hatto o‘z an’analariga ega badavlat Angliyada ham britaniyalik buyuk murabbiy yo‘q, «Uch sherlar»ni Yevro-2020 finaliga olib chiqqan Sautgeyt ham buyuklarga tenglasha olmaydi. APLning murabbiylik saviyasini Klopp, De Zerbi, Arteta va Gvardiolalar oshirmoqdalar.

Xorijliklardan ilhom olgan murabbiy paydo bo‘lishi mumkinmi? Ular endigina 30dan o‘tishgan, nomdor klublarda ishlashga tayyor emaslar. Misol uchun Anrini olaylik. U fransiyalik buyuk mutaxassislar bilan ishlagan, Gvardiola jamoasida mashq qilgan, intellekti o‘rtachadan yuqori, futbolni yaxshi tushunadi. Ammo ayni pallada malakasiz murabbiy.

Lekin o‘zining metodik uslublarini boshqalar bilan o‘rtoqlashishga shay bo‘lgan Gvardiola bor. Xosep futbol olamiga kuchli ta’sir o‘tkazmoqda. Biron-bir jamoa uning «Siti»si kabi bosim o‘tkaza olmaydi. Biroq laterallarning xavbeklar bilan pozisiya almashtirishlari, dispetcherlarning qanotlar bilan hamkorliklari va Pepning insayd­lar orqali pressingga ta’siridan istagancha zavqlanish, ilhomlanish mumkin. Gvardiola futbolga zamonaviylik va yorqinlik baxsh etmoqda. Faqat bir narsada, aynan futboldagi qo‘rqoqlik, yuraksizlikda ayblashning umuman, iloji yo‘q. Gvardiola o‘z kasbdoshlariga ulkan ta’sir ko‘rsatdi. Yuqorida zikr etilganlardan tashqari, Maskerano murabbiylik kasbini egallashga urinib ko‘radi. «Bavariya» afsonalaridan biri tez orada maydon chetida paydo bo‘lsa, ajablanmaymiz. Vaqti kelib kamtarin Ibragimovich ham murabbiylikni tanlashi va Gvardiola uslubida faoliyat boshlashiga ham, albatta. Hozircha, diqqat markazida turganlarning ko‘pchiligi ispanlar. Mashhur «Tiki-taka» tizimidan yetishib chiqqan Xavi, Arteta, Alonso va hatto Luis Enrike ham yangi cho‘qqilarni zabt etishga tayyorlar.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 21:35, 11.07.2023. O'qildi: 6698 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 16
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 12
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Атлетико Aleksandr Serlot 9
10 Вильярреал Alberto Moleyro 9

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.