Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ramosdan Azargacha yoxud "ozod qush"ga aylangan mashhur futbolchilar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ayni vatqda jamoasiz qolgan futbolchilar ham yetarlicha topiladi. Biz esa, yozgi transferlar oynasida erkin agentga aylangan mashhur futbolchilar haqida tanishtirib chiqamiz.

David De Xea

De Xea yaqindagina "ozod qush"ga aylandi. Uning "Manchester Yunayted" bilan shartnomasi 30 iyunga qadar amalda edi. Tomonlar shartnomani uzaytrish borasida kelisha olmadi, garchi davrozabon mish-mishlarga ko‘ra maoshini qisqartirishga ham tayyor edi. 32 yoshli futbolchi klub iltimosiga ko‘ra erkin fgentga aylandi. De Xea "Manchester Yunayted"dagi 12 yillik faoliyatdan so‘ng o‘ziga yangi klub izlashga majbur. Ammo professional davrozabon uchun bu unchalik muammo bo‘lmasligi mumkin. Yakuniga yetgan mavsum APLning eng yaxshi darvozaboni uzoq vaqt ishsiz yurmaydi.

Football news - Paper Round: Solskjaer aims to give David de Gea and  Anthony Martial new deals - Eurosport

Isko

Isko anchadan beri erkin agent bo‘lib kelgan. 2022 yil oxirida futbolchi "Sevilya"ni tark etdi va shundan beri klubsiz. Ajablanarlisi shundaki, unga biror jamoadan taklif kelib tushmagan. Bo‘lgan taqdirda ham uni rad etgan. Qishda unga Bundesliga klublari xaridor edi. "Leypsig" va "Union" jamoalari Iskoni safiga qo‘shib olishga tayyor edi. Ammo u Germaniyaga bormadi. Oxirgi xabarlarga ko‘ra, 31 yoshli yarim himoyachi "Rayo Valyekno" bilan kelishuvga erishgan, lekin hali rasman e’lon qilinganicha yo‘q. Balki Isko boshqa klublardan takliflarni kutayotgandir, lekin "Rayo Valyekano" ham yaxshi variant.

Ex-Real Madrid star Isco unemployed and training at home after snubbing  multiple transfer offers | The Sun

Jordi Alba

Alba yakuniga yetgan mavsum oxirida "Barselona"ni tark etgandi. Ko‘pchilik 34 yoshli himoyachining keyingi manzili "Inter Mayami" deb bilmoqda. Eslatib o‘tamiz, AQSH klubiga Jordining eski jamoadoshlari Messi va Buskets o‘tgan edi. Ammo Alba transferi borasida rasman e’lon qilinganicha yo‘q. Himoyachiga ayni vaqtda Yevropa klublaridan ham takliflar bor. Futbolchi hali bir qarorga kelganicha yo‘q.

Jordi Alba : « Le problème, ce n'était pas moi » - Espagne - Barcelone - SO  FOOT.com

Jessi Lingard

Lingard 2022 yilning yozida "Manchester Yunayted"ni tark etgach, "Nottingem Forest" bilan 1 yillik shartnoma imzolagandi. "O‘rmonchilar" APLda qolish uchun kurash olib bordi va "qizil iblislar"dan kelgan futbolchi "Nottingem"ga hech qanday yordam bera olmadi. 30 yoshli yarim himoyachi yakuniga yetgan mavsum APLda 17 ta o‘ynda maydonga tushib gol ura olmadi, ammo Liga Kubogi doirasida 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. O‘tgan yili Lingardga da’vogarlar ko‘p edi. Bu yozda futbolchiga xaridorlar juda kam.

David Beckham does ex-Man Utd star Jesse Lingard a favour as free agent  trains with Inter Miami following Rooney snub | The Sun

Xames Rodriges

So‘nggi vaqtlarda Xames tez-tez klubini o‘zgartirib turibdi. 2020 yilda "Everton"ga, 2021 yilda "Al Rayyan"ga, 2022 yilda "Olimpiakos"ga o‘tdi va 2023 yilda erkin agentga aylandi. Gresiya chempionati doirasida 31 yoshli yarim hmioyachi 17 ta o‘yinda 5 ta gol va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Kolmbiyalik futbolchi Yevropada faoliyatini davom ettirmoqchi. Keyingi vaqtlarda unga birorta taklif bo‘lmagan. Ammo Yaqin Sharqda unga bir qancha xaridorlar bor.

James Rodríguez: no aprende, este sería su nuevo equipo en Europa | Balón  Latino

Eden Azar

2019 yilda "qaymoqranglilar" uni "Chelsi"dan 115 million yevroga sotib olganini hisobga olsak, Azarning transferi "Real" uchun eng omadsiz xaridlardan biri sanaladi. 4 yil davomida "Qirollik klubi" safida jami bo‘lib, bor-yo‘g‘i 76 ta o‘yin o‘tkazib 7 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Madrid jamoasi belgiyalikdan butunlay boshqacha o‘yin kutishgandi. Hamkorlik shu darajada muvaffaqiyatsiz bo‘ldiki, tomonlar shartnoma muddati tugamasdan xayrlashdi. 32 yoshli futbolchi faoliyatini yakunlashi haqida mish-mishlar bor. Shu bilan birga, Azarning o‘zi ham yuqori saviyada o‘ynash uchun kuch va ishtiyoq borligini ta’kidladi.

I'd retire if I was Eden Hazard, he's one of Real Madrid's biggest flops of  all-time' - Gabby Agbonlahor advises Chelsea hero to end career now |  talkSPORT

Serxio Ramos

Ramos so‘nggi 2 mavsumni PSJda o‘tkazdi. 37 yoshli himoyachi jamoasidagi ishonchli futbolchiga aylandi. Serxio "Sevilya"ga qaytish niyati borligini aytdi, ammo "nevionlar" uni sotib olmoqchi emas. Klub o‘z tarbiyalanuvchisini hurmat qiladi, lekin jamoaga qaytarishni rejalashtirmayapti. Shuningdek, futbolchiga "Inter Mayami" qiziqish bildirgani haqida xabarlar bor. U yana Messi bilan jamoadosh bo‘lishi mumkin.

Sergio Ramos poised to team up with Benzema and Ronaldo in Saudi Arabia -  Pulse Sports Nigeria

Aleksis Sanches

Aleksis yakuniga yetgan mavsumni "Marsel"da o‘tkazdi va jamaosining Chempionlar ligasiga chiqishga katta hissa qo‘shdi. 34 yoshli hujumchi yakuniga yetgan mavsum Liga1 da 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Qolaversa, u avval Fransiya chempionatida o‘ynamagan. Ayni vaqtda "Marsel" va Sanches o‘rtasida yangi shartnoma borasida muzokaralar olib borilmoqda. Agar shartnoma yangilanmasa, u erkin agentga aylanadi.

Lionel Messi and Cristiano Ronaldo among only four players in world  football above level of ex-Arsenal and Manchester United star Alexis Sanchez  | talkSPORT

Diyego Kosta

Kosta faoliyati davomida ko‘plab klublarda o‘ynadi. 2021 yilning avgustida Diyego "Atletiko Mineyro"ga o‘tdi va Yevropaga qaytmaydigandek ko‘rindi. Ammo 2022 yil sentyabrida "Vulverxempton"dan taklif oldi hamda braziliyalik u yerda erkin agent sifatida o‘ynadi. 34 yoshli hujumchi o‘tgan mavsumda APLda 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan. Albatta, Kosta klub umidlarini oqlay olmadi. shuning uchun u yana erkin agentga aylandi. Aleksisga o‘xshab, Diyego istasa yangi klub topa oladi, ammo ispaniyalik faoliyatini tugatish haqida ham o‘ylamoqda.

These are the games Diego Costa will miss for Wolves following red card in  Brentford draw - Birmingham Live

Yozgi transferlar oynasi hali yopilmadi va yuqorida sanab o‘tilgan "ozod qushlar" o‘ziga yangi klub topish imkoniyatiga ega. Buyog‘ini vaqt ko‘rsatadi. Ko‘ramiz, kuzatamiz...

Manba: footballhd
Kiritildi: 20:05, 13.07.2023. O'qildi: 2388 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Shu paytgacha 16ta davlat JCHni o'zida qabul qilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик