Bugun 28 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

"Chelsi" yoz bo‘yi jami 323 million funtga sotib olgan futbolchilaridan ayrildi. Ulardan tuzilgan ramziy terma jamoa bilan tanishing!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

"Chelsi" ko‘plab yulduzlari bilan xayrlashmoqda. Allaqachon klubga o‘n millionlarga tushgan yulduzlar jamoani tark etib ulgurdi. Sotilgan futbolchilar rahbariyat uchun 323 millionga tushgan edi. Quyida ulardan tuzilgan jamoani havola etamiz.

Darvozabon: Eduar Mendi

2022-23 yilgi mavsum "Chelsi"ga o‘ta og‘ir keldi. Shuningdek, Eduar Mendiga ham. Ammo u o‘z cho‘qqisida butun dunyoni lol qoldira olgandi. 2020 yilning sentyabrida Mendi jamoaga qo‘shib olinadi. 2021 yilda u YECHL g‘olibi bo‘ladi. Afsuski, Mendini Yevropada boshqa ko‘rmaymiz. Negaki, u "Al-Ahli" bilan yiligi 10 million funtlik shartnomaga imzo chekkan.

Markaziy himoyachi: Sesar Aspilikueta

Jamoaga 11 yillik xizmatlaridan keyin, Aspi ketishga qaror qildi. O‘z vaqtida ispaniyalik himoyachi APLning eng zo‘ri edi. Uni muxlislar sog‘inishi aniq. 33 yoshli futbolchi 2012 yilda 7 million funt evaziga xarid qilinadi. Aytish mumkinki, Aspilikueta o‘ziga sarflangan pullarni to‘liq oqlay oldi. Endi uning yangi manzili "Ateltiko" bo‘ladi.

Markaziy himoyachi: Kalidu Kulibali

Aspilikueta haqida aytilgan gaplarni Kulibaliga ham ishlata olmaymiz. Himoyachi o‘tgan yozda "Napoli"dan 33 million funt evaziga sotib olinadi. U "Al-Hilol"ga 20 millionga sotib yuborildi. "Chelsi" esa bu xariddan hech qanday foyda ko‘rmagan edi.

O‘ng qanot himoya: Dyujon Sterling

Sterling 2017 yilda jamoada debyutini o‘tkazadi. O‘sha paytda murabbiylar uni yorqin kelajak kutayotganini aytadi. Yosh himoyachi orada to‘rt mavsum ijarada yurdi. "Chelsi" asosiy tarkibiga kira olmagach, 23 yoshli futbolchi "Reynjers"ga sotib yuborildi.

Chap qanot himoya: Baba Raxman

Gana terma jamoasi a’zosi "Chelsi"da 8 yilni birga o‘tkazdi. Shu davr mobaynida Raxmanga faqat 23 marta maydonga tushish imkoniyati berildi xolos. 2015 yilda himoyachi 22 million funtga xarid qilinadi. Boshqalar singari, Raxman ham vaqtini asosan ijaralarda o‘tkazdi. U yaqindagina "PAOK" safiga yo‘l olgandi.

Yarim himoyachi: Tyemue Bakayoko

Bakayoko "Monako"ning gullab-yashnagan, 2016-17 yilgi mavsumida jamoa bilan birga edi. U Kilian Mbappe, Bernardu Silva, Fabinyo va Joau Moutinyolar bilan bir jamoada harakat qilgan. Afsuski, yarim himoyachi boshqa sheriklari kabi omadli emasdi. "Chelsi" uni 40 million funtga sotib oladi. Bu pullar esa o‘zini oqlamadi.

Yarim himoyachi: Mateo Kovachich

Kovachich haqida uning sobiq murabbiyi Tomas Tuxel shunday deydi: "Odamlarga ochiq, xushchaqchaq va samimiy yigit. Uni hammamiz yaxshi ko‘ramiz. Men Kovachichni "Real"dagi davridan beri kuzatib kelaman. Uning iste’dodiga tan berganman".
Xorvatiya terma jamoasi a’zosi yaqindagina "Manchester Siti"ga ko‘chishni amalga oshirgan edi.

Yarim himoyachi: N'Golo Kante

Uni shunchaki yaxshi ko‘rish kerak. Kante "Chelsi" uchun nima yaxshi bo‘lsa, hammasini qildi. Ta’riflash uchun uning birgina "Lester"dagi ishlarini eslash kifoya. "Chelsi"da esa bu narsa qaytarilgandi.

O‘ng qanot hujum: Kristian Pulishich

2019 yilda 58 million funtga sotib olingan hujumchi, bor-yo‘g‘i 20 million evaziga sotildi. "Milan" AQSH terma jamoasi a’zosi bilan shartnoma tuzdi. Hamma Pulishichning bu ko‘chishini omadli bo‘ladi deb hisoblamoqda. Ketish har ikki tomon va futbolchining o‘ziga ham yaxshilik keltirdi. Biz ham Pulishichga Italiyadagi sarguzashtlarida omad tilaymiz.

Chap qanot hujum: Meyson Maunt

Bu sotuv hali ham jamoa muxlislarini xafa qilmoqda. Maunt "Chelsi" uchun 195 ta o‘yinda maydonga tushib, gollar va assistlarni amalga oshirgan. Ketishi haqida futbolchining o‘zi shunday deydi: "Bilaman, bundan xurand bo‘lmaysizlar. Ammo hozir shunday qilishim kerak". Maunt evaziga "MYU" 60 million funt to‘lab beradigan bo‘ldi.

Hujumchi: Kay Xavers

"Chelsi" muxlislari Xaversdan YECHL finalida gol urgani uchun bir umr minnatdor bo‘ladi. Afsuski, futbolchi oxirgi paytlarda qiynaldi. Klub uni sotishi kerak edi. "Arsenal"dan yaxshi taklif keldi. 2020 yilda 71 million funtga olingan Xavers, 65 millionga qayta sotildi. Germaniya terma jamoasi a’zosi esa APLdagi faoliyatini davom ettiradi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: planetfootball.com
Kiritildi: 10:31, 14.07.2023. O'qildi: 4970 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Jon Terri APL tarixida eng ko'p gol urgan himoyachi hisoblanadi - 39ta gol.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик