Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Portugaliyada yangi Ronaldu, Ispaniyada esa "Barselona" orzusi bor. Yoshlar o‘rtasida Yevro-2023ning asosiy yulduzlari

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yoshlar jamoalari o‘rtasidagi turnirlarning yozgi mavsumi yakuniga yetdi. Italiya yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati finalida mag‘lub bo‘ldi, ammo baribir kuboksiz qolmadi ular Yevro U-19 ni oldilar.

Ushbu turnirda bor-yo‘g‘i sakkizta jamoa ishtirok etdi, Ispaniya, Portugaliya va Italiya yuqori o‘rinlardan jol oldi. Bu jamoalar tarkibida eng umidli o‘yinchilar kelgan, ammo unchalik mashhur bo‘lmagan jamoalarda ham ochilishlar mavjud.

Ugo Feliks - 19 yosh, vinger, Portugaliya terma jamoasi

Joauning ukasi terma jamoa sardori va yetakchisi. U uchta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi - gol+pas bo‘yicha birinchi o‘rinni Ribeyro va Barbera bilan bo‘lishdi. U hujumning ikkala qanotida harakat qilib, vaqti-vaqti bilan Karlos Borxes bilan pozisiyasini o‘zgartirib turdi. U har doim ham to‘p bilan xayrlashishga shoshilmaydi. Ikki oyoq bilan o‘ynash qobiliyati uni oldindan aytib bo‘lmaydigan o‘yinchiga aylantiradi.

Rodrigo Ribeyro - 18 yosh, qanot hujumchisi, Portugaliya terma jamoasi

Rodrigo guruh bosqichida Italiyaga qarshi o‘yinda 1+1 natijani qayt etdi, ammo finalda bu ko‘rsatkich takrorlana olmadi. Hujumchining ko‘p qirraliligi unga o‘yinning turli ssenariylariga moslashish imkonini beradi. Ribeyro har doim ham darhol o‘yinga tushavermaydi, lekin u tushganda bir zumda Portugaliyaning hujumdagi asosiy quroliga aylanadi. Norvegiya bilan o‘yinda ham shunday bo‘ldi: dastlabki 20 daqiqa ko‘rinmadi, keyinroq dubl qayd etib, golli uzatmani amalga oshirdi.

Samuel Vignato - 19 yosh, vinger, Italiya terma jamoasi

Samuyel chap qanotda Luis Xasa bilan ajoyib juftlik hosil qildi. Aynan ular Italiyani chempionlikka olib kelishdi. Vignato turnirda ikkita gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi. Qanot hujumchisi yo‘q joydan imkoniyatlar yaratadi.

Luis Xasa - 19 yosh, yarimhimoyachi, Italiya terma jamoasi

“Yuventus” tarbiyalanuvchisi italiyaliklar tarkibida gol+pas bo‘yicha eng yaxshi bo‘ldi – 1+4. Lui - jamoaning asosiy dvigateli: u tashabbusni o‘z qo‘liga oladi, to‘pni oldinga yetkadi. Hujumga e’tibor qaratish va doimo o‘yinni kuchaytirish uchun imkoniyat izlaydi. Italiyalik futbolchi to‘pni ajoyib nazorat qiladi, shu tufayli u jamoaning himoyadan chiqib ketishiga yordam beradi.

Ivan Fresneda - 18 yosh, Ispaniya terma jamoasi

Ushbu turnirda eng ko‘p e’tibor qozongan futbolchi. Fresneda Yevro U-19ning eng qimmat futbolchisi: Transfermarkt himoyachini 15 mln yevroga baholamoqda.

Ivan o‘zini yo‘qotmadi. Himoyada ishonchli o‘ynadi, pozision hujumlarda yordam berdi. Top-klublar ispaniyalik futbolchini qishdan beri o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. O‘shanda "Arsenal" va "Borussiya D" transferga eng yaqin bo‘lgan bo‘lsa, endi "Barselona" va "Milan". “Valyadolid” bilan shartnomada tovon puli 20 million yevroni tashkil etadi, ammo klublar bu summani kamaytirishga harakat qilmoqda.

Turnirning asosiy kashfiyotlari

Jarek Gaserovski - 18 yosh, markaziy himoyachi, Ispaniya terma jamoasi

Jarek yarim finalda ispanlarni yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi va butun turnirni ishonchli o‘tkazdi. "Valensiya" tarbiyalanuvchisi birinchi pasni a’lo darajada o‘tkazdi va sheriklarini himoya qildi. Italiya bilan o‘yinda bir necha bor xavfli zarbalarga olib kelishi mumkin vaziyatlar jamoani qutqardi.

Stefanos Simas - 17 yosh, hujumchi, Gresiya terma jamoasi

Stefanos Norvegiya bilan o‘yinda ikkita gol urdi, ammo Gresiya baribir mag‘lub bo‘ldi - 4:5. Simas kuchli va harakatchan hujumchi ekanligini ko‘rsatdi. Italiya matbuoti "Milan" va “Salernitana” gresiyalik bilan shartnoma imzolash uchun kurashayotganini yozmoqda.

Kimlar top-klublarga o‘tib ulgurdi?

Turnir davomida 18 yoshli italiyalik yarimhimoyachi Cher Ndur “PSJ”ga yo‘l oldi. Futbolchi “Benfika”ning asosiy jamoasida imkoniyatni kutmay, erkin agent sifatida ketdi.

Robert Levandovskining vorisi deb atalgan Viktor Barbera "Barselona"ni tark etib, "Bryugge" klubiga o‘tdi. Viktor 4ta gol bilan Yevro U-19 turnirining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. U o‘zi uchun vaziyat yarata oladi, to‘psiz yaxshi o‘ynaydi.

“Barselona” “Vilyarreal”ga o‘tgan Ilyos Axomashni yo‘qotdi. Uning uchun “Lids”, “Arsenal” va “Milan” uzoq vaqt kurashdi, ispaniyalik bu klublarning birinchisiga o‘tishga ham yaqin qolgandi, biroq jamoaning Chempionshipga tushib ketishi hammasiga xalal berdi.

Kiritildi: 17:41, 18.07.2023. O'qildi: 5144 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.