Bugun 15 fevral, 2026 yil, yakshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Real Madrid 24 60
2 Barselona 23 58
3 Atletiko 23 45
4 Vilyarreal 23 45
5 Betis 23 38
6 Espanyol 24 35
7 Selta 24 34
8 Real Sosyedad 24 31
9 Osasuna 24 30
10 Xetafe 24 29
11 Atletik Bilbao 24 28
12 Sevilya 24 26
13 Alaves 24 26
14 Jirona 23 26
15 Elche 24 25
16 Malyorka 23 24
17 Valensiya 23 23
18 Rayo Valyekano 22 22
19 Real Ovyedo 23 19
20 Levante 22 18

O'tgan o'yinlar.

24-тур Elche 0-0 Osasuna
24-тур Espanyol 0-0 Selta
24-тур Sevilya 0-0 Alaves
24-тур Real Madrid 0-0 Real Sosyedad
24-тур Xetafe 0-0 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Real»ning mavsumoldi o‘yinlaridagi eng yaxshi futbolchilari aniqlandi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbolda takrorlanadigan narsalar juda ko‘p. Shulardan biri mavsumoldi bahslari hisoblanadi. Bu o‘yinlar tez-tez va dunyoning har qaysi burchagida o‘tkaziladi. 2023 yilning yozida jamoalar ko‘plab uchrashuvlarda ishtirok etdi. Biroq, «Real»ga nisbatan bunday deya olmagan bo‘lardik. Klub ikki marta o‘yin o‘tkazdi va o‘sha ikki bahs ham o‘ta jiddiy raqiblarga qarshi edi. Shunga qaramay, g‘alabaga erishildi. «Milan» va «MYU»ga qarshi o‘ynash hech qachon oson bo‘lmagan. Ammo madridliklar har ikki raqibdan haqli ravishda ustun keldi. Quyida ushbu o‘yinlarning eng yorqin vakillarini bilib olasiz.

Jud Bellingem

Futbol dunyosi hozir Bellingemni jiddiy kuzatmoqda. Muxlislar uning «Real»da qanday harakat qilishini kuzatishmoqchi. Negaki, «Borussiya Dortmund» va «Real» o‘rtasida ancha-muncha farq bor. Bellingemdan kutilmalar katta va bu futbolchiga bosim yuklaydi. Qolaversa, 20 yoshli ingliz yirik summada xarid qilindi. Agarda Bellingemning ikki o‘rtoqlik uchrashuvida qilgan harakatiga qarab baho beradigan bo‘lsak, u o‘zidagi bosimni nazorat qila olmoqda.
Bellingem bo‘ydor va Anchelotti jamoasining maydon markazida erkin harakat qiladi. Bu esa, o‘z navbatida futbolchiga bo‘shliqlardan foydalanishda katta imkon taqdim etadi. «MYU»ga qarshi kechgan bahsda u o‘ziga berilgan imkoniyatdan mohirona foydalandi va to‘pni ikki teginishda Andre Onana ustidan oshirib, darvozaga joyladi.

Federiko Valverde

Federiko Valverde o‘zining yarim himoyadagi ishlari bilan mashhur emas. Biroq, jamoada doimo samarali harakat qiladigan vakillardan biri sanaladi. Urugvaylik iqtidor buni «Milan» bilan o‘yinda yana bir bor namoyish etdi. Jamoasi 2 ta gol farqi bilan ortda qolib turganida, Valverdening ikkita uzoqdan bergan zarbasi hisobni tenglashtirdi. U jamoaga gollar hadya qiladi,  raqibdan to‘pni olib qo‘yishda faol va ko‘plab pozisiyalarda o‘ynashga qodir. Agarda «Real» to‘g‘ri xaridlarni amalga oshirsa, Valverde o‘ziga qulay bo‘lgan hududda o‘ynash imkoniga ega bo‘lardi.

Xoselu

Gapni ochig‘i, ushbu tanlov Xoseluning «MYU»ga qarshi urilgan qaychi uslubidagi goli sabab yuz berdi. Umuman olib qaraganda, «Real»dek jamoada Xoseluning porlash imkoniyati juda past. Uning o‘sha ajoyib goli esa, hujumchi bunga harakat qilayotganini anglatadi. Xoselu «Milan» bilan bahsda bir taym o‘ynadi. «MYU» bilan esa zaxiradan maydonga tushdi va o‘zini ko‘rsatdi. Afsuski, hali ham «Real» Karim Benzema o‘rnini egallay oladigan xaridni amalga oshirganicha yo‘q. Shu sababdan Xoseluga imkoniyatlar taqdim etilmoqda. Hujumchi esa yangi mavsumda, katta ehtimol bilan Karlo Anchelottining, ta’bir joiz bo‘lsa, «marhamat»idan umidvor bo‘lib yashaydi. Voqealar boshqa yo‘sinda ketishini ham inkor etib bo‘lmaydi, albatta.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: 90min.com
Kiritildi: 19:42, 29.07.2023. O'qildi: 3306 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 15
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 11
5 Барселона Robert Levandovski 10
6 Барселона Lamin Yamal 10
7 Сельта Borxa Iglesias 10
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 10
9 Вильярреал Alberto Moleyro 9
10 Барселона Rafinya 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.