Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • APL
      • 19.04.2026 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 19.04.2026 18:00
      • Everton
      • -:-
      • Liverpul
      • 19.04.2026 18:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Sanderlend
      • 19.04.2026 18:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Byornli
      • 19.04.2026 20:30
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Arsenal
      • 21.04.2026 00:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Vest Xem
      • 22.04.2026 00:00
      • Brayton
      • -:-
      • Chelsi
  • «A» Seriya
      • 19.04.2026 15:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Torino
      • 19.04.2026 18:00
      • Verona
      • -:-
      • Milan
      • 19.04.2026 21:00
      • Piza
      • -:-
      • Jenoa
      • 19.04.2026 23:45
      • Yuventus
      • -:-
      • Bolonya
      • 20.04.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Fiorentina
  • Superliga
      • 19.04.2026 16:00
      • So‘g‘diyona
      • 2:3
      • Bunyodkor
      • 19.04.2026 18:15
      • Qo‘qon-1912
      • 0:0
      • Andijon
  • La-liga
      • 21.04.2026 22:00
      • Atletik Bilbao
      • -:-
      • Osasuna
      • 21.04.2026 22:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Valensiya
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 33 70
2 Manchester Siti 32 67
3 Man. Yunayted 33 58
4 Aston Villa 33 58
5 Liverpul 33 55
6 Chelsi 33 48
7 Brentford 33 48
8 Bornmut 33 48
9 Brayton 33 47
10 Everton 33 47
11 Sanderlend 33 46
12 Fulhem 33 45
13 Kristal Pelas 31 42
14 Nyukasl 33 42
15 Lids 33 39
16 Nottingem Forest 33 36
17 Vest Xem 32 32
18 Tottenhem 33 31
19 Byornli 33 20
20 Vulverhempton 33 17

O'tgan o'yinlar.

31-тур Vulverhempton 2-2 Arsenal
31-тур Bornmut 2-2 Man. Yunayted
31-тур Brayton 2-1 Liverpul
31-тур Fulhem 3-1 Byornli
31-тур Everton 3-0 Chelsi
31-тур Lids 0-0 Brentford
31-тур Nyukasl 1-2 Sanderlend
31-тур Aston Villa 2-0 Vest Xem
31-тур Tottenhem 0-3 Nottingem Forest

Navbatdagi o'yinlar.

21/03/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Giggz noxush ayblovdan xoli

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Kuchli alam va dog‘ qoldirgan jarayon. Uels futboli afsonasi Rayyan Giggz 2021 yili oila ichida, ya’ni mahbubasiga kuch ishlatganlikda ayblangan edi.

Bu ish bo‘yicha sud muhokamalari naq 2 yil davom etdi va yakunda «MYU» afsonasi mutlaq oqlandi. Oddiy aytganda, Uels prokuraturasi jinoiy ishni batamom yopdi. Sudya Xilari Menli e’lon qilgan qaror - «Giggz kiritilgan shikoyatning barcha bandlari bo‘yicha aybsiz». Lekin ushbu mashmasha Uels faxri uchun qimmatga tushgani tayin. Zero, u ayblov ortidan mamlakat milliy jamoasi bosh murabbiyi lavozimidan ayrildi va Yevro-2020 hamda JCH-2022 final bosqichidan quruq qoldi. Qisqasi, ko‘p cho‘kindisi bor baxtli yakun...

Sobiq yarim himoyachining shaxsiy advokati Kris Dou sud qaroriga oddiy munosabat bildirdi: «Janob Giggz o‘z sha’nini tozalash yo‘lida olib borilgan 3 yillik kurash nihoyat, samarali yakunlanganidan xursand. U hozir chuqur yengillik his qilmoqda va endi hayotini ham, faoliyatini ham begunoh inson sifatida qayta tiklash niyatida». Eslatish kerak, 2020 yilning noyabr oyida Giggz mahbubasi Keyt Grevill bilan mojaro tufayli terma jamoa bosh murabbiyi lavozimidan chetlashtirilgandi. Ayblov bo‘yicha ko‘ngilsiz voqea aynan noyabr oyi boshida, Giggzning shaxsiy uyida sodir bo‘lgan. O‘shanda Keyt xonim polisiyaga shikoyat bilan qo‘ng‘iroq qilgach, Rayyanni so‘roq uchun mahkamaga olib ketishgan. To‘g‘ri, keyinchalik uni garov puli evaziga qo‘yib yuborishdi. Polisiyaning dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, sobiq futbolchining mahbubasida yengil jarohat aniqlangan, ammo u shifoxonada yotishdan bosh tortgan. 

2021 yilning aprel oyida prokuratura Giggzga nisbatan rasman ayblov e’lon qildi. Ammo u birinchi ayblovdan keskin farqlandi. Binobarin, Rayan nafaqat Keyt Grevill, balki uning singlisini ham kaltaklaganlikda ayblandi. Shuningdek, 2017 yil dekabr - 2020 yil noyabr oralig‘ida Keytga zug‘um o‘tkazib, uni majburan yonida olib qolganligi aytildi. Xullas, «MYU» afsonasiga real 5 yillik qamoq jazosi xavf soldi. O‘sha yili aprel oyidayoq ilk sud jarayoni bo‘ldi, lekin Giggz aybni tan olmadi. Natijada uni keyingi sud majlisigacha tajovuz jabrlanuvchilari sifatida ko‘rsatilgan ayollar bilan aloqa o‘rnatmaslik sharti bilan garov evaziga qo‘yib yuborishdi.

Ish 2022 yilning yozida yangi bosqichga ko‘tarildi. Xususan, Giggzni ayblagan prokuror Piter Rayt go‘yoki, 2020 yilning noyabr oyida sodir bo‘lgan voqeliklar haqida batafsil gapirdi. Uning ta’kidlashicha, Rayyan va Keyt o‘rtasidagi o‘ziga xos janjal sobiq futbolchining xiyonati tufayli yuzaga kelgan. Giggz tortishuvlardan biri payti mahbubasiga boshi bilan ata­yin zarba bergan, natijada uning labi shishgan, ko‘karish paydo bo‘lgan. Qolaversa, Rayyan o‘sha janjalda Keytning singlisini tirsagi bilan urgan. Krevill xonim esa bir necha kundan keyin ishni yanada chigallashtirdi: «Rayyan meni do‘stlarimdan ajratib qo‘ydi, hattoki, oilam vakillari bilan uchrashishimga ham to‘sqinlik qilib keldi». Giggz esa barcha ayblovlarni qat’iy ohangda rad etishda bardavom bo‘ldi. U jumladan, 2020 yilning noyabr oyida polisiya uyiga bostirib kirganida, juda qo‘rqib ketganini aytib, qamoq davrini hayotidagi eng yomon tajriba sifatida tilga oldi. Uels faxri hattoki, sud majlislaridan birida yig‘lab yubordi. Keyinchalik ishga aloqadorlar ishtirokida tor doirada sud muhokamasi boshlandi, ammo tomonlar yakunda murosa ko‘chasiga kirishgani yo‘q. Shu asnoda ayblov bo‘yicha yakuniy sud majlisi muddati belgilandi - 2023 yil 31 iyul. Endi bunga hojat yo‘q, Giggz nihoyat, yengil nafas ola boshladi.

Ayblov oqibatlari katta bo‘ldi. Deylik, 2018 yili Uels milliy jamoasi boshqaruvini qo‘lga olgan, keyingisida Yevro-2020 final bosqichi yo‘llanmasini ta’minlagan Giggz qit’a birinchiligida ishlash baxtidan ayrildi. Vaholanki, u o‘z mamlakati bosh jamoasini turnirga zo‘r ishtiyoq bilan tayyorlayotgandi. Ammo zo‘ravonlik ayblovi oqibatida Uels futbol assosiasiyasi katta bosim ostida qoldi va Giggz faoliya­tini to‘xtatib turishdan o‘zga chora topolmadi. Uning o‘rnini esa Robert Peyj egalladi. Uelsliklar Yevro-2020dan keyin Peyj qo‘l ostida JCH-2022 yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritishdi. Bu vaqtda Rayyan rasman bosh murabbiy bo‘lib qolaverdi, ammo jamoa bilan birga emasdi. UFA faqat 2022 yilning yoziga kelib Giggz bilan hamkorlik rasman to‘xtatilganini e’lon qildi. Bu qaror oddiy izohlandi: «Giggzga bog‘liq mojarolar milliy jamoaning jahon chempionatiga qaratilgan tayyorgarlik ishlariga ta’sir o‘tkazmasligi kerak». Mana, hammasi ortda qoldi. Uels afsonasining shaxsiy hayoti va faoliyati endi qanday rivojlanishini esa vaqt ko‘rsatadi, albatta.

Aytgancha, 2021 yilning aprel oyida Giggz APL «Shon-sharaf» zaliga kiritilishi kutilgandi. Biroq inglizlar so‘nggi pallada uning o‘rniga Tyerri Anrini tanlashdi. Mirror nashrida yozilishicha, Rayyan ushbu qarordan mutlaqo «shok» holatiga tushgan.

A.ABDUVALIXO‘JAYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:32, 08.08.2023. O'qildi: 2913 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 23
2 Брентфорд Igor Tiago 21
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
4 Челси Joao Pedro 14
5 Брайтон Denni Uelbek 13
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 12
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 12
8 Астон Вилла Olli Uotkins 11
9 Ливерпуль Yugo Ekitike 11
10 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик