Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Everton - Manchester Siti

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

45 yilda ilk marta biror Maldinisiz...

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yangi mavsumda «Milan» tizimida afsonaviy Maldinilar sulolasining biror vakilini ko‘rmasak kerak.

Shu bilan klub hayotida naq 45 yil davom etgan an’ana xotima topdi. Qay­g‘uli. Ayniqsa, Maldinilar sulolasi vakillarining o‘yinlaridan sehrlangan «Milan» muxlislari uchun juda qayg‘uli.

Shu yoz boshida Paolo Maldini «Milan» texnik direktori lavozimidan iste’foga chiqarildi, 10 iyul kuni esa uning o‘g‘li Daniel «Empoli»ga yuborildi - ijara safari. Xullas, jamoada 1978 yili boshlangan Maldinilar sulolasi yurishi uzildi. Oddiy aytganda, «Milan» oxirgi 45 yil badaliga mavsumni ilk marta Maldinilar oilasining biror vakilisiz boshlaydi.

Alohida fakt: «Milan»ning 123 yillik tarixining deyarli yarmida Maldinilar sulolasi imzosi bor. Aniqroq aytganda, bu oila vakillarining klubdagi faoliyati davomiyligi jami 60 yilni tashkil etadi. 2021 yilning yanvarida Maldinilar oilasining «Milan» libosidagi o‘yinlari soni 1000taga yetgandi. Sulola yurishi afsonaviy Chezare Maldini bilan boshlangan. 1954 yili futbolchi sifatida «Milan» libosini kiygan katta Maldini keyinchalik klub murabbiyi va texnik direktori rolida ishladi. Maldinilar sulolasi natijasida eng katta ulash afsonaviy sardor Paolo hisobiga to‘g‘ri keladi, albatta. 10 yoshida klub tizimiga kirgan o‘rtancha Maldini «San Siro»da yorqin iz qoldirdi. Deylik, Paolo futbolchilik faoliyati davomida Yevropa Chempionlar kubogi turnirining o‘zida 5 marta g‘olib chiqdi. U keyinchalik jamoa rahbariyati vakili sifatida ham skudetto sohibiga aylandi. 

Paoloning futbolchilik fao­liyati yakunlaganidan so‘ng sulolaning «Milan»dagi yurishi davomiyligini uning o‘g‘illari uzaytirishdi. Avvaliga otasi va bobosidan o‘rnak olgan Kristian markaziy himoya­chi rolini tanladi, biroq unga asosiy jamoa safida maydonga tushish nasib etgani yo‘q. Vaholanki, Kristian Primavera jamoasida sardor maqomiga ko‘tarilgandi. 27 yoshli futbolchi avvalgi mavsumni «C» seriyada, «Lekko» safida o‘tkazdi, to‘g‘ri, atigi 3ta o‘yin­da qatnashdi. Jamoa mavsum yakunida yuqori divizionga ko‘tarildi, ammo 1 iyul kuni Kristianga javob berildi. Paoloning kenja o‘g‘li Danielning faoliyati nisbatan qiziqroq tus olmoqda hozircha. U yarim himoyachi sifatida o‘ynashni xohladi va hattoki, skudetto sohibiga ham aylandi. Daniel avvalgi mavsum «Spesiya»da ijara muddatini o‘tadi - 20ta o‘yinda 3ta gol. Mana, «Milan» rahbariyati 21 yoshli yarim himoyachiga yana ehtiyoj sezmadi va uni iqtidorlarni yangi saviyaga olib chiqishni yaxshi biladigan «Empoli»ga berdi - yana ijara safari. Demak, Danielda hali jonajon klubiga qaytish imkoniyati bor. Chunonchi, uning shartnomasi 1 yilga mo‘ljallangan. To‘g‘ri, «Empoli» mavsum yakuniga qadar kichik Maldini transferini to‘liq sotib olishi mumkin, «Milan»da esa uni qayta olish huquqi bor.

MALDINILAR SULOLASI «MILAN»DA

Chezare Maldini

Futbolchi - 1954-1966 yillar

Murabbiy - 1971-1974 yillar

Texnik direktor/murabbiy - 1998-2003 yillar

Paolo Maldini

Futbolchi - 1978-2009 yillar

Texnik direktor - 2018-2023 yillar

Kristian Maldini

Futbolchi - 2004-2013, 2014-2016 yillar

Daniel Maldini

Futbolchi - 2010-2022 yillar

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:06, 09.08.2023. O'qildi: 2210 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик