Bugun 19 mart, 2026 yil, payshanba.

  • ECHL
      • 18.03.2026 01:00
      • Arsenal
      • 2:0
      • Bayer
      • 18.03.2026 01:00
      • Chelsi
      • 0:3
      • PSJ
      • 18.03.2026 01:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Real Madrid
      • 18.03.2026 22:45
      • Barselona
      • 7:2
      • Nyukasl
      • 19.03.2026 01:00
      • Bavariya
      • 4:1
      • Atalanta
      • 19.03.2026 01:00
      • Liverpul
      • 4:0
      • Galatasaroy
      • 19.03.2026 01:00
      • Tottenhem
      • 3:2
      • Atletiko
  • Superliga
      • 18.03.2026 19:15
      • Qo‘qon-1912
      • 2:1
      • Navbahor
      • 18.03.2026 19:15
      • Xorazm
      • 1:2
      • Bunyodkor
      • 18.03.2026 20:00
      • Qizilqum
      • 0:1
      • OKMK
      • 19.03.2026 16:00
      • Andijon
      • 2:0
      • Mash’al
      • 19.03.2026 18:15
      • Buxoro
      • 3:1
      • Dinamo
      • 20.03.2026 16:00
      • Neftchi
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 20.03.2026 17:00
      • Nasaf
      • -:-
      • Surxon
      • 20.03.2026 18:15
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Paxtakor
  • «A» Seriya
      • 20.03.2026 22:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Napoli
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Buxoro 4 10
2 Neftchi 3 9
3 Lokomotiv 3 7
4 Nasaf 3 7
5 Bunyodkor 4 7
6 Andijon 4 6
7 Navbahor 4 6
8 Paxtakor 3 6
9 Qizilqum 4 6
10 OKMK 4 4
11 Qo‘qon-1912 4 4
12 Xorazm 4 4
13 Dinamo 4 4
14 Surxon 3 1
15 So‘g‘diyona 3 1
16 Mash’al 4 0

O'tgan o'yinlar.

4-тур Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
4-тур Xorazm 1-2 Bunyodkor
4-тур Qizilqum 0-1 OKMK
4-тур Andijon 2-0 Mash’al
4-тур Buxoro 3-1 Dinamo

Navbatdagi o'yinlar.

20/03/26 Neftchi - Lokomotiv
20/03/26 Nasaf - Surxon
20/03/26 So‘g‘diyona - Paxtakor

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Eldor Shomurodov: «Hech qanday laqabim yo‘q - oddiy Eldorman!»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Yangi mavsumni «Kalyari»da boshlaydigan Eldor Shomurodov muxlisu mutaxassislar diqqat markazida turibdi.

 O‘zbek legionerining «A» seriyadagi debyuti yorqin chiqqan edi. «Jenoa»da to‘purarlik mahoratini namoyish qilib, katta klublar e’tiboriga tushgan Eldor Shomurodovning keyingi faoliyatida pasayish kuzatildi. «Roma» va «Spesiya»dagi davr o‘zbek hujumchisiga kutilgan muvaffaqiyatni keltirmadi. Endi «Kalyari»da, mashhur murabbiy Klaudio Ranyeri qo‘l ostida Eldorning faoliyatida keskin burilish bo‘lishi kutilmoqda. Shomurodov Tuttosport nashriga bergan intervyusida hozirgi holati va kelajakdagi rejalari haqida to‘xtalib o‘tdi.

- Eldor, «Roma» bilan xayrlashib, «Kalyari»dagi yangi sarguzasht sari qadam bosdingiz. Bu chekinish qanday boshlandi?

- Men bu jamoada, bu yerdagi yigitlar va murabbiy bilan o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Ta’til uzoq bo‘ldi, bir oyga yaqin hordiq chiqardik. Kelganimdan keyin dastlabki kunlar qiyin o‘tdi, lekin hozir hammasi ancha yaxshi va o‘zimni tetik his qilyapman. Chempionat boshlanishini intizorlik bilan kutyapman.

- Klaudio Ranyeri bilan terma jamoangizdan tanishsizlar. Nima deb o‘ylaysiz, u o‘zgarganmi?

- Bosh murabbiy Klaudio Ranyerining ta’siri juda yaxshi sezilyapti. Mavsum endi boshlanyapti. U mendan jismoniy holatim haqida so‘ragan edi. O‘zimni har taraflama yaxshi tomonga o‘zgartirishga harakat qilyapman.

- «A» seriyadagi debyut mavsumingiz ajoyib o‘tgandi. Hozir barcha sizning o‘sha paytdagi formangizga qaytish va hatto undanda yaxshiroq bo‘lishingizni kutishmoqda...

- Albatta, buni yaxshi tushunib turibman va birinchi navbatda «Jenoa»da o‘ynagan darajamga chiqib olishim kerak. Bu ruhiy tomondan muhim ahamiyat kasb etadi. O‘sha paytlari o‘zimni kuchli his qilardim, aniq maqsadlarim bor edi, o‘zimga ishonch kuchli edi. «Kalyari»da yana o‘sha holatga qaytishim uchun hamma narsa yetarli. Birinchi navbatda, tajribali va yaxshi tayyorgarlikka ega murabbiy bor. Asosiysi, klubda menga ishonishmoqda, yaxshi guruh to‘plangan, ularning ishtiyoqi baland. Ko‘p muxlislar yig‘in vaqtida ham bizlarni qo‘llab-quvvatlash uchun mashg‘ulotlarga kelishdi. Ular maydonda ham, mehmonxonada ham yonimizda. O‘tgan mavsumda jamoaning yuqori divizionga qaytishida muxlislarning muhim rol o‘ynaganini his qildim. Jamoada o‘zaro tushunish va bir biriga ishonch bor.

- Jamoaga moslashuv jarayonida murabbiydan tashqariya na kim ko‘proq yordam beryapti?

- Bu savolga Edoardo Goldaniga, deb javob beraman. Chunki uni «Jenoa»da o‘ynagan davrimdan yaxshi bilaman. Keyin jamoadagi katta o‘yinchilar ham ko‘maklashmoqda. Masalan, Pavoletti.

- Jamoadagi vazifangiz qanday bo‘ladi?

- Jamoa ikkita hujumchisi bilan o‘ynasa, menga ancha yengil bo‘ladi. Men har doim shu sxemada va darvozaga yaqin o‘ynaganman. Agar uch nafar hujumkor futbolchi bilan o‘ynasak, men chap qanotda qolishim kerak. To‘pni olib yurish va keng maydon bo‘ylab hujum uyushtirish uchun menga biroz vaqt kerak bo‘ladi. Bu endi boshqa masala.

- Bu yil qancha gol urmoqchisiz? O‘z oldingizga aniq marra qo‘yib oldingizmi?

- Asosiy maqsadim - «Kalyari»ga yordam berishdir. Har holda ular meni o‘z safiga qo‘shib oldi, demak, ishonch katta. Bunga javoban men ham jamoa muvaffaqiyatiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. Gollar soniga kelsak, o‘zimning mo‘ljalim bor, lekin uni sizlarga aytmayman.

- «Roma»da Mourinyoning talablari qanday edi?

- Joze Mourinyo bilan avvallari mening salohiyatim haqida gaplashganmiz. «Spesiya»ga ketishimdan oldin u menga ko‘p gol urishim kerakligi va jamoaga yordam berish uchun yanada kuchli bo‘lib qaytishim lozimligini aytdi. Bu yoz Mourinyodan hech qanday sado chiqmadi. Lekin u menga faqat g‘alabaga e’tibor qaratishni, doim g‘alaba haqida o‘ylashni, har qanday holatni g‘oliblik nuqtai nazaridan tahlil qilishni o‘rgatganini hech qachon unutmayman.

- «O‘zbek Messisi» laqabi qayerdan kelgan?

- Italiyalik jurnalistlar meni shunday atay boshlashgan. Lekin Lionel Messiga mening hech qanday aloqam yo‘q. Tana tuzilishim bo‘yicha ham, maydondagi o‘yin uslubim jihatidan ham o‘xshash joyimiz yo‘q. Messi bu Messi. Hozir mening hech qanday laqabim yo‘q - oddiy Eldorman.

- Unda kumiringiz kim?

- Bolaligimda Didye Drogba va Fernando Torres kumirim bo‘lishgan. Aynan ulardan nimalarnidir o‘rganganman va hujumchi sifatida harakatlarini tushunishga urinardim. Hozir esa, murabbiylar tomonidan taqdim etilayotgan harakatlar yo‘nalishlari qanday bo‘lishi kerakligi va o‘yin sxemalarini o‘zlashtirishga e’tibor qaratyapman. Ayniqsa, Klaudio Ranyeridan ko‘p narsa o‘rganaman.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 10.08.2023. O'qildi: 4604 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCHlarining oltitasida mezbon davlat g'alaba qozongan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 3
2 ОКМК Abror Karimov 2
3 Қизилқум Jambuli Jigauri 2
4 Пахтакор Doston Hamdamov 2
5 Пахтакор Piotr Pajishek 2
6 Динамо Firdavs Abdurahmonov 2
7 Локомотив Quvonchbek Abrayev 2
8 Насаф Sharof Muhitdinov 2
9 Андижон Martin Boakye 2
10 Навбаҳор Ruslanbek Jiyanov 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.