Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

O‘tkir Yusupov: “Mazkur o‘yinning qiymati biz uchun finalga teng”

Baho:
+ | -
OSIYO / Chempionlar ligasi / Saralash pley-offlari
Rukn: Intervyular
A A A

Xabaringiz bor, "Navbahor" Osiyo Chempionlar Ligasi (OCHL) saralash bosqichi doirasida safarda “Al-Vakra”ga qarshi maydonga tushadi. “Lochinlar” bo‘lajak bahsga Doxada astoydil tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

“Navbahor”ning Dohadagi ilk mashg‘uloti yakunlangach, jamoa sardori, tajribali darvozabon O‘tkir Yusupovdan bo‘lajak bahs borasida qisqa intervyu oldik.

— Jamoa sardori sifatida muhim o‘yin oldidan jamoadoshlaringizning kayfiyati, jamoaning ichki muhiti haqida nima deya olasiz?
— Bo‘lajak o‘yin oldidan biz – futbolchilarning kayfiyatimiz a’lo darajada. O‘z maydonimizda “Paxtakor”ga uchralgan mag‘lubiyatdan keyin jamoamizda ozgina tushkunlik paydo bo‘lgan edi.

Hudoga shukr, ayni paytda barchasi ortda qoldi va hammasini yengib o‘tdik. Jamoaning ichki muhiti ham yaxshi. “Al-Vakra”ga qarshi kechadigan o‘yinda barcha imkoniyatimizni ishga solib, Namangan ahliga quvonch bag‘ishlash, xursandchilik ulashishga harakat qilamiz.

— Odatda darvozabonlar uchun ko‘proq ximoyachilarning jismoniy va ruhiy  holatlari muhim sanaladi. Aytingchi, jamoadagi himoya chizig‘i vakillaridan bu borada ko‘nglingiz to‘qmi?
— To‘g‘ri aytdingiz, himoyachilar jamoaning asosiy qo‘rg‘oni hisoblanishadi. Himoyachilarimiz haqidagi fikrlarim ijobiy. “Navbahor”da yaxshi himoyachilar jamlanishgan. Davralar oralig‘ida serbiyalik tajribali futbolchi Filip Ivanovich  tarkibimizga qo‘shildi. U jamoamizning o‘yiniga yanada kirishib ketsa, menimcha, himoyamizda umuman muammolar bo‘lmasa kerak. Umid qilamanki, jamoamiz o‘yindan — o‘yinga o‘sadi va muxlislar ishonchini oqlashga intilamiz.

– “Al-Vakra” bilan bo‘ladigan bahs bitta o‘yindan iborat bo‘lganligi uchun bellashuv qo‘shimcha daqiqalar va hattoki penaltilar seriyasigacha borishi mumkin. Mabodo, o‘yin penaltilar seriyaasigacha boradigan bo‘lsa, bunga tayyormisiz?
— Bilasizmi, “Al-Vakra” ustidan g‘alaba qozonsak, “Navbahor” tarixida yangi sahifa ochganlar sifatida biz — futbolchilar ham tarixga kirish imkoniyatiga egamiz. Nafaqat men, balki barchamiz bo‘lajak bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Mazkur o‘yinning qiymati biz uchun finalga teng. Shuni inobatga olgan holda, ta’kidlamoqchimanki, birgina men emas, butun jamoa ertangi uchrashuvda zafar quchib, OCHL guruh bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga tayyor. Ushbu maqsadimizni amalga oshirish uchun oxirigacha kurashamiz.

So‘nggi so‘z o‘rnida shuni ta’kidlamoqchimanki, Namangan ahli futbol bilan hamnafas yashaydi. “Navbahor” g‘alaba qozonsa, ko‘plab xonadonlarda bayram bo‘ladi, mabodo, Xudo ko‘rsatmasin, aksi yuz bersa, bu muxlislarning kayfiyatlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Maqsadimiz yagona, jamoamiz ishqibozlarining xonadonlariga chiroyli g‘alabalarimiz bilan quvonch ulashish. Buni ro‘yobga chiqarish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz.

Har holda, yurtimizdagi eng yaxshi muxlislarga ega, futbolsevarlar viloyati jamoasi sharafini himoya qilayotganimizni yaxshi bilamiz. Umid qilamizki, muxlislar ham odatdagiday bizni qo‘llab-quvvatlab,  qo‘shimcha kuch va ruh bag‘ishlashadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:17, 21.08.2023. O'qildi: 2196 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Krishtianu Ronaldu o'zining professional faoliyati davomida to'qqiz marta qizil kartochka olib, maydonni erta tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик