Bugun 2 oktyabr, 2025 yil, payshanba.

  • Elit OCHL
      • 01.10.2025 15:00
      • Vissel Kobe
      • 1:0
      • Melburn Siti
      • 01.10.2025 17:15
      • Shanghai Shenhua
      • 1:1
      • Ulsan Xyonde
  • OChL-2
      • 01.10.2025 15:00
      • Lion Siti Seylors
      • 4:2
      • Selangor
      • 01.10.2025 17:15
      • Bangkok Yunayted
      • 0:2
      • Persib
      • 01.10.2025 18:45
      • Andijon
      • 0:0
      • Al-Ahli Doha
      • 01.10.2025 18:45
      • Istiqlol Dushanbe
      • 2:0
      • Goa
      • 01.10.2025 21:00
      • Istiqlol
      • 0:1
      • Al-Muharraq
      • 01.10.2025 21:00
      • Al-Vihdat
      • 1:2
      • Al-Vasl
      • 01.10.2025 23:15
      • Xolidiya
      • 2:0
      • Arkadag'
      • 01.10.2025 23:15
      • Az-Zavra
      • 0:2
      • An-Nasr (SA)
      • 02.10.2025 12:45
      • Makartur
      • 3:0
      • Beyjing Guoan
      • 02.10.2025 15:00
      • Istern
      • 0:1
      • Tep Han Nam Din
      • 02.10.2025 15:00
      • Poxang Stilers
      • 2:0
      • Kaya–Iloilo
      • 02.10.2025 15:00
      • Tampines Rovers
      • 2:1
      • Pathum Yunayted
      • 02.10.2025 17:15
      • Kongan Hanoi
      • 3:0
      • Tay Po
      • 02.10.2025 17:15
      • Ratchaburi
      • 0:2
      • Gamba Osaka
  • ECHL
      • 01.10.2025 21:45
      • Qorabog‘
      • 2:0
      • Kopengagen
      • 01.10.2025 21:45
      • Yunion
      • 0:4
      • Nyukasl
      • 01.10.2025 23:59
      • Barselona
      • 1:2
      • PSJ
      • 01.10.2025 23:59
      • Monako
      • 2:2
      • Manchester Siti
      • 01.10.2025 23:59
      • Borussiya D
      • 4:1
      • Atletik Bilbao
      • 01.10.2025 23:59
      • Napoli
      • 2:1
      • Sporting
      • 01.10.2025 23:59
      • Vilyarreal
      • 2:2
      • Yuventus
      • 01.10.2025 23:59
      • Arsenal
      • 2:0
      • Olimpiakos
      • 01.10.2025 23:59
      • Bayer
      • 1:1
      • PSV
  • «A» Seriya
      • 03.10.2025 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Sassuolo
  • APL
      • 04.10.2025 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Fulhem
  • La-liga
      • 04.10.2025 00:00
      • Osasuna
      • -:-
      • Xetafe
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 23 52
2 Neftchi 23 48
3 Paxtakor 23 43
4 Dinamo 22 41
5 OKMK 23 40
6 Bunyodkor 23 39
7 Navbahor 23 36
8 Qizilqum 23 26
9 So‘g‘diyona 23 25
10 Andijon 22 25
11 Surxon 23 25
12 Qo‘qon-1912 23 23
13 Mash’al 23 23
14 Buxoro 23 21
15 Xorazm 23 20
16 Sho‘rtan 23 12

O'tgan o'yinlar.

23-тур Nasaf 2-1 Xorazm
23-тур Andijon 1-0 OKMK
23-тур Navbahor 1-0 Qizilqum
23-тур Qo‘qon-1912 2-2 Bunyodkor
23-тур Paxtakor 1-0 Surxon
23-тур Dinamo 2-0 Sho‘rtan
23-тур So‘g‘diyona 0-1 Neftchi
23-тур Mash’al 0-0 Buxoro

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 5549 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2379 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qoyalar orasidagi haftalik chempionat

Baho:
+ | -
YEVROPA / Stadionlar / Boshqa stadionlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Grenlandiya. Sayyoramizdagi eng yirik orol.

U Shimoliy Amerikaning shimoli-sharqiy yo‘nalishida, Shimoliy Muz okeani, Labrador va Baffin dengizlari oralig‘ida joylashgan. Mahalliy grenlandlar tilida Kalallit Nunaat deb ataladigan diyor «yashil yer» ma’nosini anglatadi. Mazkur nom Grenlandiyaning 81 foiz hududi muzlikka aylangan hozirgi davrga mutlaqo mos kelmaydi. Biroq olis o‘tmishda bu hudud yam-yashil o‘simliklar bilan qoplangan va uni kashf etgan skandinaviyalik dengiz sayyohi Erik Rijiy unga shunday nom bergandi.

Ana shu abadiy muzliklar oralig‘iga ham futbol yetib borgan. To‘g‘ri, u yerda faqat sanoqli kunlarda to‘p surish mumkin. Shu sababli, Grenlandiya chempionati bor-yo‘g‘i 1 hafta ichida bo‘lib o‘tadi. Taqvim ham o‘ta tig‘iz - bu yil 5 kun ichida 5ta uchrashuv o‘tkaziladi. Grenlandiyada tekis yer yo‘q, o‘simliklar ham yo‘q hisobida. Bundan tashqari, yilning 9 oyi davomida futbol o‘ynashning imkoni yo‘q. Chunki maydonlar 2 metrga yaqin qalinlikdagi qor ostida bo‘ladi. Yana bir muammo - aholi punktlarining bir-biridan juda yiroq joylashgani va oldindan bilib bo‘lmaydigan ob-havo sharoiti. Mazkur noqulayliklar hatto yoz faslida ham Grenlandiyaga safar uyushtirish imkoniyatiga monelik qiladi. Shunga qaramasdan, millionlar o‘yini orolda mavjud. Boz ustiga, tobora rivojlanib bormoqda: hozirda Grenlandiya aholisining 10 foizi futbol o‘ynaydi. 

2016 yilga qadar futbolchilar toshloq va qumloq maydonlarda to‘p surishgan, yiqilish og‘riqli, uchayotgan qum uyumlari qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirardi. Keyinchalik o‘yinchilarga sal bo‘lsada yordam beradigan vositani o‘ylab topishdi , uchrashuv arafasida maydonlarga suv sepadigan bo‘lishdi. Shu tariqa futbolchilar to‘pni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Darvozabonlar esa yanada murakkabroq vaziyatda edilar: o‘yin paytida jarohat va shikastlanishlar kamroq bo‘lishi uchun, maydonga ular bir necha qavat liboslar bilan tushadilar. 

2010 yilda FIFA prezidenti Zepp Blatter Kakortok shahrida Grenlandiyadagi dastlabki sun’iy qoplamali maydon qurish loyihasini tasdiqlagandi. 2021 yilga qadar yana 6ta to‘liq o‘lchamdagi sun’iy maydonlarni bunyod etish rejalashtirilgandi, hozir ularning soni 12taga yetgan. Daniya FA prezidenti Yesper Myollerning ta’biri bilan aytganda, «bu ulkan muvaffaqiyat». 

Stadionlarda tribunalar yo‘q - muxlislar qoyalarga joylashib, nafaqat futbol, balki ulkan aysberglar, ummon va unda sakrab turadigan kitlarni ham miriqib tomosha qiladilar. Naqadar go‘zal, maftunkor manzara, to‘g‘rimi. 

Kiyinish xonalari - yog‘och kulba yoki usti brezent bilan yopilgan chodirlar. Shu yil zaxiradagi o‘yinchilar uchun maxsus yog‘och o‘rindiqlar tayyorlandi. Futbol mavsumi atigi bir hafta bo‘ladi - iyul oyida avval regional bosqichda final bosqichida qatnashadigan 6ta eng yaxshi jamoa aniqlab olinadi. Joriy yil mavsumi 10-15 avgust oralig‘ida bo‘lib o‘tdi. Avvaliga dastlabki 4 kun ichida jamoalar (har kuni 3ta uchrashuv) o‘zaro kuch sinashdilar. Turnirning oxirgi kunida 5-6, 3-4 va 1-2-o‘rinlar sohiblari aniqlandi. 

Musobaqa Kakortok shahrida o‘tkazildi. Shaharda 3000dan ko‘proq aholi istiqomat qiladi. Ochig‘i, ularga omad kulib boqqan: mamlakatdagi boshqa birorta o‘zlashtirilgan hudud bu shaharchalik o‘simliklarga ega emas. Taajjubki, «Kakortok» «oq» ma’nosini beradi. 

Grenlandiyaliklar uchun futbol mavsumi - yilning asosiy voqeasi. Turnirga ular paromda, vertolyot yoki itlar qo‘shilgan aravalarda yetib keladilar. Ba’zan safar uchun bir necha kunni sarflashadi. Shaharga kelgan jamoalar pansionlar, maktablar va bog‘chalarga joylashib, polda yotadilar. Chempionatni yoritishga mahalliy TV va radio tarmoqlari jalb etiladi. Shifoxonalar kuchaytirilgan ish tartibiga o‘tadi, garchi ularga ortiqcha ehtiyoj bo‘lmasa ham. 

Jamoaga a’zo bo‘lish uchun 70 yevro badal to‘lash talab etiladi. Avgust oyiga qadar futbolchilar zallarda o‘ynashadi. Hozir orolda 39taga yaqin klub faoliyat yuritmoqda. Ular o‘zvaqtlarini yilning bosh turniriga tayyorlanish bilan o‘tkazadilar. Grenlandiyada professional futbolchilar yo‘q, lekin bor kuch,mahoratlarini o‘yinga sarflashadi. Ular uchun avgustdagi futbol haftasi, o‘ziga xos JCH. Chemion jamoa­ning har bir a’zosi mamlakat soprt assosiasiyasi tomonidan medal va baliq ovlash nayzasi bilan taqdirlanadi. Har qaysi jamoaning maxfiy tayyorgarlik ko‘rish uslubi bor: kimdir soat 11gacha uxlash bilan, bosh­qasi tyulen go‘shtini yeyish bilan kuch to‘plashga intiladi. Maydonda futbolchilar o‘zaro janjallashmaydilar, raqiblarini hurmat qiladilar. 

Grenlandiyaning grand jamoasi - V-67. To‘liq nomi Boldklubben af 1967. Aynan 1967 yilda tashkil etilgan klub 13 karra chempion. U yerda jamoalar nomining bosh harfi va joriy etilgan yilning oxirgi 2ta raqami bilan atashadi. Jumladan, 12 marta g‘olib chiqqan jamoa - N-48. Bu yilgi turnirda V-67, YE-54, K-33, N-45, G-44, I-79 klublari ishtirok etishdi. O‘yinlar o‘ta sermahsul bo‘ldi: I-79 - YE-54 - 14:1, V-67 - K-33 - 15:0 hisoblarida nihoyasiga yetdi. Finalda V-67 G-44 bilan kuch sinashib, 5:0 hisobida zafar quchdi va 14-chempionlikni nishonladi. 

Grenlandiyaning orzusi - JCHda ishtirok etish 

Orolliklar 1999 yildan beri xalqaro futbol orzusidalar: milliy terma jamoaning o‘sha paytdagi menejeri va g‘arbiy Germaniya terma jamoasining sobiq a’zosi Zepp Piontek UYEFAga a’zo bo‘lish uchun ariza berganligini aytgandi. Biroq Daniya FA o‘shanda rasman murojaat bo‘lganligini tan olmagan. Grenlandiyaning xalqaro arenaga chiqish yo‘lida 2ta to‘siq mavjud: uning Daniya qirolligi tarkibida ekanligi va FIFA talablariga javob beradigan stadionlarga ega emasligi. To‘g‘ri, mamlakat poytaxti, Nuuka shahridagi stadion 2016 yilda sun’iy qoplama bilan jihozlangan va FIFAning 2ta yulduziga sazovor bo‘lgandi. Islandiya terma jamoasining Yevro-2016 turniridagi yorqin ishtiroki va JCH-2018da to‘p surgani orolliularga ilhom bag‘ishladi - ularda qachondir mundial qatnashchisi bo‘lishga umid paydo bo‘ldi. 

Hozircha Grenlandiya mustaqil futbol assosiasiyalari Konfederasiyasi tarkibida. Shimoliy Kipr, Abxaziya, Tibet, Gavayya va boshqa terma jamoalar ham shu uyushma a’zolari. Grenlandiya UYEFAga o‘tishga urinib ko‘rgandi, lekin Daniya qandaydir sabablarga ko‘ra qarshilik ko‘rsatmoqda. Islandiya matbuotining xabarlariga ko‘ra, orolliklar endi KONKAKAF tarkibidan joy olish harakatini boshlab yuborishgan - unga avtonom hududga ega mamlakatlar o‘tishlari mumkin, bu variantga Daniya qarshilik qilmasligi mumkin. Orolliklar terma jamoasi to‘p surishi mumkin bo‘lgan variantlardan biri - Islandiya. Bu borada tomonlar kelishib olishgan. 

Grenlandiya terma jamoasi mutasaddilari hozir Daniyada kelib chiqishi orollik bo‘lgan futbolchilarni izlamoqdalar. Maqsad - 2025 yilgacha risoladagidek jamoani shakllantirish. Aynan shu yilda grenlandiya KONKAKAF a’zolari safidan joy olishi taxmin qilinmoqda.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:51, 02.09.2023. O'qildi: 1765 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 14
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 13
3 Насаф Husayn Norchayev 12
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 9
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 8
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
9 Машъал Humoyun Murtazoyev 7
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.