Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL. 4-turning eng foydali o‘yinchilari. Statistik tahlil

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Statistik ma’lumotlarga tayangan holda APL 4-turidan o‘rin olgan bahslarda faol bo‘lgan futbolchilar xususida so‘z yuritamiz. Bunda o‘yinchilar maydondagi pozisiyalariga ko‘ra zarba yo‘llash, himoyaviy harakatlar, paslar, hujumdagi ishtirok hamda yakkakurashlardagi faollikka nisbatan baholanadi. Bunda 20dan 100gacha bo‘lgan shkalada natijalar hisoblanadi. 

1. Evan Fergyuson – («Brayton» – «Nyukasl»)

Ketma-ket uchinchi haftadirki, «Brayton» o‘yinchisi bu ro‘yxatda yetakchilik qilmoqda (Solli March «bo‘rilar»ga qarshi bahsda, Paskal Gross esa «Vest Xem»ga qarshi o‘yinda reytingda birinchi o‘rinni egalladi) va bu safar ham ajablanarli emas.

«Brayton»ning iste’dodlarni aniqlash xususiyati bir muncha vaqtdan beri ma’lum edi. Evan Fergyuson – Irlandiya Respublikasi hujumchisi «Nyukasl» ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabada xet-trik qayd etdi.

Fergyuson 18 yosh 318 kunligida Maykl Ouen, Robbi Fauler va Kris Bart-Uilyamsdan keyin Premyer-liganing bir o‘yinida uchta gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi. Fergyuson bor-yo‘g‘i to‘rtta zarba berishga urinib ko‘rdi, ularning barchasi nishonga aniq bordi, uchtasi gol bo‘ldi, Poup ulardan faqat bittasini qaytara oldi. 0.8 XGdan 3 ta gol yaratish shunchaki super. Shuningdek, u 18 ta pasdan 17 tasini (94,4%) aniq amalga oshirdi va to‘qqizta dueldan 7 tasida (77,8%) g‘alaba qozondi. Uning kelajagi porloq ko‘rinmoqda.

2. Son Xyon Min – 99,7 («Byornli» – «Tottenxem»)

Mavsumning dastlabki haftalarida Risharlison «shporlar» uchun Xarri Keynning o‘rnini to‘ldirishi taxmin qilgan edi, ammo Son Xyon Min bu borada yetakchilikni o‘z qo‘liga oldi.

«Shporlar»ning yangi sardori ushbu o‘yinda chapdan o‘rtaga o‘tkazildi va Anje Postekoglu shogirdlari 5:2 hisobida g‘alaba qozondi. Son xet-trik qayd etdi.

Son klassik xet-trik qayd etdi – u gollarni boshi, o‘ng va chap oyoqlarida urishga muvaffaq bo‘ldi. Buning ustiga gollarning har biri uchun 24 daqiqa ketdi. 

Uning Premyer-ligadagi to‘rtta xet-trigidan uchtasi safarda («Byornli», «Aston Villa» va «Sautgempton»ga qarshi o‘yinlarda) qayd etilgan. U Premyer-ligadagi so‘nggi uchta o‘yinida APLga chiqqan jamoalarga qarshi beshta gol urgan.

3. Erling Xoland – 97,1 (Manchester Siti – «Fulxem»)
Shanba kuni Erling Xoland ham xet-trik qayd etdi. Uning uchun bu deyarli odatiy ishga aylangan. Norvegiyalik futbolchi «Fulxem»ga qarshi o‘yinda (5:1) yana uchta gol urdi, ya’ni u Premyer-ligada atigi 39 ta o‘yinda 51 ta golda ishtirok etdi (42 gol, 9 golli uzatma). Bu bilan Erling «Nyukasl» va «Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Endryu Koulning rekordini yangiladi (43 o‘yin) va 50 lik dovonga eng tez yetib borgan futbolchiga aylandi.

Xoland Premyer-ligadagi beshinchi xet-trigini qayd etdi, ularning beshtasi ham «Etihad» stadionida sodir bo‘ldi. U bitta stadionda 5 va undan ortiq xet-trik qayd etgan futbolchilar beshligiga kirdi. Bungacha bu ishni uddalaganlar quyidagilar: Serxio Aguero («Etihad»da to‘qqizta), Tyerri Anri («Hayberi»da sakkizta), Alan Shirer («Evud Park»da yettita), Robbi Fauler («Enfild»da oltita).

U to‘pga bor-yo‘g‘i 17 marta teginishiga qaramay, o‘yinni uchta gol bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi, ulardan faqat to‘rttasi «Fulxem» jarima maydoniga to‘g‘ri keldi.

4. Pedro Netu – 93,1 («Kristal Pelas» – «Vulvz»)

Pedro Netu uchun bir necha yil og‘ir kechdi, 2021 yilda tizzasidagi og‘ir jarohatdan tuzalib, keyingi yili to‘pig‘idan jarohat oldi. U maydonga tushishi mumkin bo‘lgan vaqt ichida formasini tiklash uchun kurashayotgani tushunarli, ammo yakshanba kuni u «Selhurst Park»da ajralib turdi.

Afsuski, «Kristal Pelas»ga «bo‘rilar» 3:2 hisobida mag‘lub bo‘lgani uchun uning harakatlari behuda bo‘ldi. Neto o‘yinda uchta imkoniyat yaratdi va «bo‘rilar»ning ikkala golini urgan Xvan Xi Chan hamda Mateus Kunyaga assistentlik qildi.

Faqatgina «Pelas» a’zosi Eberechi Eze (to‘rtta) o‘yinda undan ko‘ra ko‘proq imkoniyat yaratdi, Neto mehmonlar safida eng ko‘p zarba berishga harakat qildi (uchta) va ochiq zonadan sakkizta to‘pni kroos amalga oshirdi – o‘yindagi eng ko‘p. 

5. Markus Reshford – 92,4 («Arsenal» – «Manchester Yunayted»)

Bu «Arsenal» muxlislariga yoqmasa kerak, lekin ha, Markus Reshford yakshanba kuni «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvda maydondagi eng yuqori baholangan futbolchi bo‘ldi.

Mikel Arteta shogirdlari 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgan bo‘lsada, asosiy statistika Reshfordning ustunligiga ishora qilmoqda.

Garchi «Yunayted» o‘yinning ko‘p qismini orqada o‘tkazgan bo‘lsada, murabbiy Reshforddan unumli foydalana oldi, Angliya terma jamoasi futbolchisi jamoasining 10 ta zarbasidan beshtasiga mualliflik qildi, shu jumladan, Kristian Eriksen unga ajoyib uzatmani amalga oshirgandan so‘ng birinchi golni chiroyli tarzda urdi.

U hujumkor harakatda eng ko‘p ball ishladi (to‘qqizta) – zarba berish – 5 ta, vaziyatlar yaratish – 1 ta, zarbaga imkon yaratish – 3 ball.

Manba: Opta
Kiritildi: 19:09, 04.09.2023. O'qildi: 1528 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик