Bugun 24 aprel, 2026 yil, juma.

  • APL
      • 23.04.2026 00:00
      • Bornmut
      • -:-
      • Lids
      • 23.04.2026 00:00
      • Byornli
      • -:-
      • Manchester Siti
      • 25.04.2026 00:00
      • Sanderlend
      • -:-
      • Nottingem Forest
      • 25.04.2026 16:30
      • Fulhem
      • -:-
      • Aston Villa
      • 25.04.2026 19:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 25.04.2026 19:00
      • Vest Xem
      • -:-
      • Everton
      • 25.04.2026 19:00
      • Vulverhempton
      • -:-
      • Tottenhem
      • 25.04.2026 21:30
      • Arsenal
      • -:-
      • Nyukasl
  • La-liga
      • 23.04.2026 00:30
      • Barselona
      • -:-
      • Selta
      • 23.04.2026 22:00
      • Levante
      • -:-
      • Sevilya
      • 23.04.2026 23:00
      • Rayo Valyekano
      • -:-
      • Espanyol
      • 24.04.2026 00:30
      • Real Ovyedo
      • -:-
      • Vilyarreal
      • 25.04.2026 00:00
      • Betis
      • -:-
      • Real Madrid
      • 25.04.2026 17:00
      • Alaves
      • -:-
      • Malyorka
      • 25.04.2026 19:15
      • Xetafe
      • -:-
      • Barselona
      • 25.04.2026 21:30
      • Valensiya
      • -:-
      • Jirona
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • -:-
      • Atletik Bilbao
  • Superliga
      • 23.04.2026 19:00
      • Navbahor
      • 1:1
      • So‘g‘diyona
      • 23.04.2026 19:00
      • Nasaf
      • 2:3
      • Lokomotiv
      • 23.04.2026 20:15
      • Dinamo
      • 2:2
      • OKMK
      • 24.04.2026 19:00
      • Xorazm
      • 0:2
      • Neftchi
      • 24.04.2026 19:00
      • Qizilqum
      • 2:1
      • Qo‘qon-1912
      • 24.04.2026 20:15
      • Bunyodkor
      • 1:3
      • Andijon
  • «A» Seriya
      • 24.04.2026 23:45
      • Napoli
      • -:-
      • Cremonese
      • 25.04.2026 18:00
      • Parma
      • -:-
      • Piza
      • 25.04.2026 21:00
      • Bolonya
      • -:-
      • Roma
      • 25.04.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Lechche
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Paxtakor 9 24
2 Neftchi 9 24
3 Navbahor 9 19
4 Bunyodkor 9 16
5 Buxoro 9 14
6 Lokomotiv 9 14
7 Nasaf 9 12
8 OKMK 9 12
9 Xorazm 9 12
10 Qizilqum 9 12
11 Surxon 9 11
12 Andijon 9 10
13 Qo‘qon-1912 9 8
14 Dinamo 9 8
15 So‘g‘diyona 9 6
16 Mash’al 9 0

O'tgan o'yinlar.

9-тур Surxon 2-1 Mash’al
9-тур Buxoro 0-1 Paxtakor
9-тур Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
9-тур Nasaf 2-3 Lokomotiv
9-тур Dinamo 2-2 OKMK
9-тур Xorazm 0-2 Neftchi
9-тур Qizilqum 2-1 Qo‘qon-1912
9-тур Bunyodkor 1-3 Andijon

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Leypsig»: Ijrochilar o‘zgaradi, falsafa o‘sha-o‘sha

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Germaniya Bundesligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Germaniya Superkubogi bellashuvi arafasida «RB Leypsig» yarim himoyachisi Dani Olmo yangi jamoadoshlari bilan maydondagi o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish haqida gapirgandi.

Keyin «Bavariya»ga qarshi bahsda xet-trikni amalga oshirdi va fantastik o‘yini bilan «Alyans-Arena» muxlislarining unini o‘chirdi.

Tabiiyki, Olmo Germaniya Superkubogining asosiy qahramoni bo‘lib, Myunxenga kelishi bilan sovrindor bo‘lishni orzu qilgan Xarri Keynni xafa qilgan bo‘lsa, ajabmas. Biroq «Bavariya»ni o‘z uyida emin-erkin to‘p surishiga imkon bermagan yolg‘iz u emas. Maydonga o‘zgacha shijoat bilan tushgan «novvoslar» chempionning har bir xatosidan unumli foydalanib, mezbonlarga o‘yin berishmadi.

Jamoa anchadan beri jadal rivojlanayotgan bo‘lsada, mavsum arafasida Yoshko Gvardiol, Kristofer Nkunku va Dominik Soboslaidan judo bo‘ldi. Ularning APL klublaridan joy olishgani esa bu nafaqat jamoa, balki Bundesliga miqyosidagi ulkan yo‘qotish ekanligini anglatadi. Ha, «Leypsig» muhim ijrochilarini yo‘qotdi, lekin Olmo qoldi. Aynan shu ispaniyalik futbolchi jamoadoshlarini tarkibning saviyasiga putur yetmaganligiga ishontirdi, ularning ruhiyatini ko‘tardi. «Lans»dan o‘tgan Lois Openda ilk kundan boshlab yaxshi taassurot qoldirdi. Nikolas Zeyveld va Benyamin Sheshko qardosh «RB Zalsburg»dan kelishdi, Xavi Simons «PSJ»dan, Fabio Karvalyu «Liverpul»dan ijaraga olindi.

Germaniyadagilarning ko‘pchiligi «RB Leypsig»ni yoqtirmaydilar, u amalga oshirayotgan manfaatli transferlar va shiddatli rivojlanish boshqalarning hasadini qo‘zg‘aydi. Lekin buning asosiy sababchisi bo‘lmish klub falsafasini tan olish va o‘rganishni istamaydilar. «Bavariya»ning sobiq hujumchisi Mario Gomes hozir «Red Bull Sokker»ning texnik direktori sifatida San-Paulu, Nyu-York va Leypsigdagi klublarga har tomonlama yordam beradi. Gomes qanday yumushlar bilan mashg‘ul? «Avvalo, biz o‘z aqidalarimizga rioya qilayotganimizga amin bo‘lishimiz lozim. Ikkita jamoaga duch kelganda, ularning qay biri «Red Bull»ga tegishli ekanligini aniqlay olishimiz kerak. Aynan shu asnoda o‘yinchilarni tanlab olamiz», - deydi Gomes. Iyun oyida San-Pauluda «RB Bragantino» klubi Marioning ko‘z o‘ngida mahalliy grand - «Flamengo» darvozasiga 4ta javobsiz gol urgandi: «RB» mukammal o‘yin ko‘rsatdi, biz yuqori pressing bilan raqibni qisib qo‘ydik. Bunday o‘yinni kutmagan raqib faqat olis uzatmalar bilan to‘p surdi. Bu o‘yin bizning to‘g‘ri yo‘lda ekanligimizni isbotladi».

Jamoa Myunxendagi Superkubok bahsida ham ustunligini namoyish etdi. Yuqori sur’at va hujumkorlik «Bavariya» uchun kutilmagan sinov bo‘ldi. «Mavsum startida biz qay tariqa «Bavariya»dek grandga jiddiy muammo yaratishimiz haqida gapirish qiyin. Lekin bio‘ o‘z uslubimizni yaratishga urinib ko‘ramiz. Uni albatta topishimiz kerak», - deydi Mario.

«Bavariya» va «Borussiya Dortmund» nemis futbolining uzoq yillik gegemonlari. Myunxen grandi qatorasiga 12-chempionlikka erishish niyatida. O‘tgan mavsumda bir qator qiyinchilikka duch kelgan bo‘lsada, baribir, liganing yetakchisi ekanligini isbotladi. Lekin «rekordmaystr» futbolchilari o‘rtasida o‘yin uslubiga oid ayrim tushunmovchiliklar ham yo‘q emas. Mana shu omil ularga qarshi bahsda muhim rol o‘ynashi mumkin. «RB Leypsig» - tarkibi muntazam ravishda o‘zgarib turadigan jamoa. Yevropaning badavlat klublari bo‘lajak yulduzlarni aynan shu jamoadan xarid qilishadi. Biroq klubdagi vaziyat doimo barqaror qolaveradi. Opendaga o‘xshagan o‘yinchilar ilk kundan boshlab o‘zlarini yangi tizimda erkin his etadilar.

«U bir necha oylar, ehtimol, yillardan beri skautlar e’tiborida turgandi. O‘tgan mavsumda esa ajoyib o‘yinlarni namoyish etdi. dunyoda saviyali o‘yinchilar juda ko‘p. Faqat biz ular orasidan falsafamizga mos keladiganlarini ko‘ra olishimiz lozim», - deydi Gomes.

«Bavariya»ni faqat bitta o‘yinda emas, balki 34ta bellashuv natijasiga ko‘ra mahv etish uchun shuning o‘zi yetarlimi?

«Ochig‘ini aytganda, ular mavsumni yuksak darajada o‘tkaza olsalar, bizda imkoniyatlar qolmaydi. Bizning asosiy g‘oyamiz - doimo ular bilan yonma-yon bo‘lish. Agar «Bavariya» qandaydir muammoga duch kelsa, «Dortmund» yoki biz undan foydalanishimiz lozim», - dedi Mario.

Olmo ham aynan shunday fikrda: «Jamoada qolishimning asosiy sababi ham shu. Maqsadim - parvozni davom ettirish. Mavsumni muvaffaqiyatli boshlash muhim ahamiyatga ega. Shuningdek, yil davomida barqarorlikni ta’minlash ham».

Klubda qanday o‘zgarishlar yuz berishidan qat’iy nazar, «RB Leypsig» barqarorlikni saqlab qolishga qodir ekanligini isbotlamoqda.

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 20:30, 10.09.2023. O'qildi: 1769 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Portu” klubi so'nggi 9 yilda jami 188 million evroga futbolchilar sotib olib, 550 million evroga ularni pullagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 6
2 Пахтакор Doston Hamdamov 6
3 Нефтчи Stipe Perisa 5
4 Сурхон Chinedu Stefan 5
5 Локомотив Temurxo‘ja Abduxoliqov 5
6 ОКМК Nodirbek Abdurazzoqov 3
7 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 3
8 Нефтчи Alisher Odilov 3
9 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
10 Нефтчи Zoran Marushich 3

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик