Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qozog‘iston UYEFAga o‘tib to‘g‘ri qilganmidi? Biz-chi?

Baho:
+ | -2
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

Qozog‘iston terma jamoasi kecha navbatdagi g‘alabaga erishib, Yevro-2024 final bosqichiga chiqish uchun real imkoniyat qarshisida qolgach, hamyurtlarimiz orasida turli bahslar paydo bo‘ldi - qozoqlar UYEFAga o‘tib to‘g‘ri qilganmi? Mana, biz Osiyoda qolib ham yirik musobaqalarga chiqa olmayapmiz, Qozog‘istonga esa, katta klublar, terma jamoalar mehmon bo‘ladi, mundialni o‘z stadionlarida o‘tkazishyapti, xullas.

To‘g‘risi, men ham bir paytlar UYEFAga o‘tish tarafdori edim. Balkim, hozir ham agar tanlov qarshisida qolsam, o‘sha fikrim o‘zgarmagan bo‘lsa kerak, ammo nazarimda, bu biroz oshirib yuborilgan. Ya’ni qozoqlarga qarab, nadomat chekib o‘tirishdan foyda yo‘q va kim nimaga erishgani haqidagi mulohazalar ham bahsli.

Ha, Daniyani yutish, Belgiyani yutish,  "MYU"ni yutish, "Atletiko" bilan durang o‘ynash, oniy bir yuqori hissiyotlar beradigan voqealar, har yili kuchli jamoalarni qabul qilish o‘ziga yarasha bayram ham. Ammo bilasizmi, o‘sha g‘alabaning ertasiga, kecha qo‘lga kiritilgan uch ochkoning kelajakdagi ta’siri qay darajada bo‘lganikin, eslaysizmi? Yoki o‘sha g‘alaba bilan birga uch ochko ham tugaganmi? Eronni safarda yutib kelib, turnir jadvaliga qarab, guruhdagi g‘oliblik imkoniyatlarini chamalab o‘tirish tuyg‘usi balkim ularga begonadir?

Futbol avvalo sport, unda kurash, raqobat bo‘lmas ekan, muxlisning joniga tez tegadi. Futbol yulduzlari yurtimizga tashrif buyurib, osonlik bilan g‘alaba qozonib ketishlaridan ko‘ra, teng raqobat sharoitidagi o‘yinlarni tomosha qilish baribir doimiy va barqaror emosiyani beradi, menimcha.

Tan olaman, OCHLda Saudiya klublarini xohladik, Neymar yo Benzemaning O‘zbekistonga kelishi katta voqea, to‘g‘ri, ammo agar bu voqealar har yili bo‘laversa, baribir, o‘sha "As Sadd" bilan tengma-teng o‘yinlarni sog‘inamiz, "Adelaida" bilan pley-off o‘yinlarini yaxshiroq bo‘lganini o‘ylay boshlaymiz, ishonavering.

Qozog‘iston Yevroga chiqishi uchun endi safarda Daniyani yo Sloveniyani yutishi kerak. Biz jahon chempionatiga chiqish uchun avvalo, Eron bilan o‘yinlarda ijobiy natija lozim. Qatar yoki Xitoyga qarshi o‘yinlar kutib turibdi balkim. Qaysi biri yaxshiroq? Birdaniga ayta olmasam kerak.

Shunisini aniq ayta olaman, Mundialning o‘zida o‘ynashimizdan ko‘ra, saralashdagi kurashlar men uchun qiziqroq. Chunki ikkinchisida kurash bor, jarayon bor, birinchisi o‘sha kurashning mukofoti xolos.

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 14:57, 11.09.2023. O'qildi: 4201 marta. Fikrlar: 29 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик