Bugun 15 mart, 2026 yil, yakshanba.

  • «A» Seriya
      • 14.03.2026 00:45
      • Torino
      • 4:1
      • Parma
      • 14.03.2026 19:00
      • Inter
      • 1:1
      • Atalanta
      • 14.03.2026 22:00
      • Napoli
      • 2:1
      • Lechche
      • 15.03.2026 00:45
      • Udineze
      • 0:1
      • Yuventus
      • 15.03.2026 16:30
      • Verona
      • 0:2
      • Jenoa
      • 15.03.2026 19:00
      • Piza
      • -:-
      • Kalyari
      • 15.03.2026 19:00
      • Sassuolo
      • -:-
      • Bolonya
      • 15.03.2026 22:00
      • Komo
      • -:-
      • Roma
      • 16.03.2026 00:45
      • Lasio
      • -:-
      • Milan
  • La-liga
      • 14.03.2026 01:00
      • Alaves
      • 1:1
      • Vilyarreal
      • 14.03.2026 18:00
      • Jirona
      • 3:0
      • Atletik Bilbao
      • 14.03.2026 20:15
      • Atletiko
      • 1:0
      • Xetafe
      • 14.03.2026 22:30
      • Real Ovyedo
      • 1:0
      • Valensiya
      • 15.03.2026 01:00
      • Real Madrid
      • 4:1
      • Elche
      • 15.03.2026 18:00
      • Malyorka
      • -:-
      • Espanyol
      • 15.03.2026 20:15
      • Barselona
      • -:-
      • Sevilya
      • 15.03.2026 22:30
      • Betis
      • -:-
      • Selta
      • 16.03.2026 01:00
      • Real Sosyedad
      • -:-
      • Osasuna
  • APL
      • 14.03.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 0:1
      • Brayton
      • 14.03.2026 20:00
      • Byornli
      • 0:0
      • Bornmut
      • 14.03.2026 22:30
      • Chelsi
      • 0:1
      • Nyukasl
      • 14.03.2026 22:30
      • Arsenal
      • 2:0
      • Everton
      • 15.03.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:1
      • Manchester Siti
      • 15.03.2026 19:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Fulhem
      • 15.03.2026 19:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Aston Villa
      • 15.03.2026 19:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Lids
      • 15.03.2026 21:30
      • Liverpul
      • -:-
      • Tottenhem
  • O‘zbekiston superkubogi
      • 15.03.2026 19:30
      • Neftchi
      • -:-
      • Paxtakor
«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 27 67
2 Real Madrid 28 66
3 Atletiko 28 57
4 Vilyarreal 28 55
5 Betis 27 43
6 Selta 27 40
7 Espanyol 28 40
8 Real Sosyedad 27 35
9 Xetafe 28 35
10 Atletik Bilbao 28 35
11 Osasuna 27 34
12 Jirona 28 34
13 Valensiya 28 32
14 Rayo Valyekano 27 31
15 Sevilya 27 31
16 Alaves 28 28
17 Elche 28 26
18 Malyorka 28 25
19 Levante 27 22
20 Real Ovyedo 28 21

O'tgan o'yinlar.

28-тур Alaves 1-1 Vilyarreal
28-тур Jirona 3-0 Atletik Bilbao
28-тур Atletiko 1-0 Xetafe
28-тур Real Ovyedo 1-0 Valensiya
28-тур Real Madrid 4-1 Elche

Navbatdagi o'yinlar.

15/03/26 Malyorka - Espanyol
15/03/26 Barselona - Sevilya
15/03/26 Betis - Selta
16/03/26 Real Sosyedad - Osasuna
17/03/26 Rayo Valyekano - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

115 yil ichidagi dastlabki chetlatish

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Iste’folar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

9 sentyabr oqshomida Germaniya terma jamoasi Yaponiyadan yirik (1:4) hisobida yengilgach, bosh murabbiy Xans-Diter Flik o‘z lavozimidan chetlatildi.

Mutasaddilar yangi murabbiyni qidirish bilan band ekanliklarida, vaqtinchalik murabbiy Rudi Fyoller rahbarligida Bundestim Myuller va Sanening gollari evaziga Fransiyadek azaliy va kuchli raqibini mahv etdi.

Buni qarangki, murabbiy almashuvi 3 kun ichida o‘z samarasini berdi. Germaniya Yevro-2024ni qabul qilish tadorikini ko‘rmoqda, yozgacha rasmiy uchrashuvlarda ishtirok etmaydi. Shunday ekan, uning asosiy vazifasi - o‘rtoqlik uchrashuvlarida o‘zini sinab ko‘rish va turnirgacha yuksak saviyaga erishish. Bu o‘z-o‘zidan tushunarli. Lekin siz ilk bor qayd etilgan o‘ta kamyob faktga e’tibor berdingizmi? Flik - GFRG‘Germaniya futboli tarixida o‘z lavozimidan chetlatilgan dastlabki murabbiy! Shu paytgacha boshqa birorta mutaxassis muddatidan avval yoki o‘z xohishi bilan jamoani tark etmagandi. 1908 yildan beri. Yana bir ajablanarli fakt shuki, 115 yillik davr ichida Bundestimni atigi 10 nafar mutaxassis boshqargan. Keling, ularni eslab o‘tamiz.

Otto Ners (1926-1936)

Germaniya terma jamoasi tarixidagi dastlabki murabbiy. 1926 yilda boshqaruvga kelgan Otto jamoani asta,sekin qita yetakchilari safiga olib chiqdi. u muntazam ravishda Angliya futbol ligasi va Angliya Kubogi uchrashuvlarini o‘rgandi, Vittorio Posso va Jimmi Xogan kabi malakali mutaxassislardan maslahatlar olib turdi. Ners davrida Germaniya JCH,1930ni o‘tkazib yubordi, 1934 yilda o‘z debyutini bronza medallari bilan nishonladi: Belgiya va Shvesiyani yengdi, yarim finalda Yugoslaviyadan yengildi, 3-o‘rinni Avstriyadan tortib oldi. Nemis matbuotining ma’lumotlariga ko‘ra, Ners 1936 yil Olimpiadasidagi omadsizlikdan so‘ng jamoani tark etdi. xabarlar orasida murabbiyni iste’foga chiqarishdi, mazmunidagilari ham bor. Lekin ko‘pchilik manbalar uning o‘zi ketganligini tasdiqlaydi.

Zepp Xerberger (1936-1942, 1950-1964)

Terma jamoaga eng ko‘p ustozlik qilgan mutaxassis. U jami 20 yil jamoani boshqardi. Shu davr ichida terma jamoani avval assistent maqomida tajriba to‘plagan murabbiylar boshqarishiga asos soldi. Xerbergerning faoliyati Ikkinchi jahon urushi tufayli uzilib qoldi. JCH-1954dagi chempionlik va muxlislar orasida «Bern mo‘’jizasi» nomini olgan final uning eng yaxshi natijasi bo‘lib qoldi. 1964 yilda nafaqaga chiqqan Zepp o‘z o‘rnini yordamchisi Xelmut Shyonga berdi. Aslida, u Fris Valter nomzodini tanlagandi, federasiya Shyonni afzal ko‘rdi.

Xelmut Shyon (1964-1978)

Shyon birdaniga muvaffaqiyatlarga erishdi, lekin maksimal darajada emas: 1966 yilda finalga chiqqan bo‘lsa, 4 yildan keyin bronza bilan kifoyalandi. Keyin 1972 yilda Yevropa, 1974 yilda jahon chempionligini qo‘lga kiritdi. Ispaniyaning 2008-2010 yillardagi zafariga qadar Shyon qatorasiga qit’a va jahon miqyosida zafar quchgan yagona murabbiy maqomida yurdi. 1976 yilda kumush medallarga sazovor bo‘lgan murabbiy JCH-78ning 2-raundida o‘rtamiyona Avstriyani yenga olmadi. Shyon hanuzgacha terma jamoaning JCHlaridagi o‘yinlar soni (25) va g‘alabalari (16) bo‘yicha rekordchi murabbiy bo‘lib qolmoqda. Avstriyani yenga olmagach, ixtiyoriy ravishda jamoani tark etdi.

Yupp Derval (1978-1984)

Terma jamoadagi faoliyatini Yupp 22 uchrashuvni mag‘lubiyatsiz o‘tkazish bilan boshladi. GFR uning davrida 2,5 yildan keyin ilk mag‘lubiyatini tan oldi. Jumladan, Yevro-80ni ham mag‘lubiyatsiz o‘tkazib, g‘olib chiqdi. Derval Shyonning muvaffaqiyatini takrorlashga juda yaqin kelgandi. Biroq JCH-82 finalida Italiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bundestim Yevro-84da guruh bosqichidan chiqa olmagach, murabbiy iste’foga ariza berdi.

Frans Bekkenbauer (1984-1990)

1990 yil mundialidagi g‘alaba evaziga afsonaviy Bekkenbauer futbolchi va murabbiy sifatida jahon chempioni bo‘lgan sanoqli shaxslar safidan joy oldi. Undan avval Mario Zagallo va Didye Deshamlar shunday sharafga ega bo‘lishgandi. Frans 2ta imkoniyatdan foydalana olmadi: JCH-86 finalida Maradonaning jamoasini yenga olmadi (2:3), Yevro,88 yarim finalida Niderlandiya to‘sig‘idan o‘ta olmadi,1:2. Zafarli mundialdan keyin Bekkenbauer klub futbolida ishlashga qaror qildi.

Berti Fogts (1990-1998)

Bu murabbiy bosh jamoadan avval yoshlar termasini boshqargan edi. Uning davrida Bundestim Yevro-92ning kumush va Yevro,96ning oltin medallarini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 2 marta (1994, 1998) JCHlarining chorak finaliga chiqdi. Fogts - terma jamoa uchrashuvlaridagi o‘rtacha ochkolar bo‘yicha eng yaxshi (2,2) ko‘rsatkich sohibi. Taqqoslash uchun: Xans,Diter Flik 1,72 natija bilan faqat Erix Ribbekdan (1,5) yaxshiroq natijani qayd etgan. 1998 yil sentyabrida Fogts o‘z o‘rnini aynan Ribbekka bo‘shatib berdi.

Erix Ribbek (1998-2000)

Ribbek Bundestim bosh murabbiyi lavozimida bor-yo‘g‘i 2 yil ishladi. Uning nomzodini 1978 yilda ham muhokama qilishgan, yakunda Dervalni afzal ko‘rishgandi. Nihoyat, 20 yildan keyin unga jamoani ishonib topshirishganida, Erix 61 yoshda edi. Shu tariqa u Germaniya terma jamoasidagi eng keksa murabbiy maqomini oldi. Afsuski, Yevro-2000da «qariya»ga omad kulib boqmadi: Germaniya Portugaliya, Ang­liya va Ruminiyadan iborat guruhda so‘nggi o‘rinda qolib ketdi. Tabiiyki, turnirni barvaqt yakunlagan Ribbek jamoani tark etdi.

Rudi Fyoller (2000-2004)

Ribbekdan keyin shu paytgacha hech qaysi jamoada bosh murabbiy lavozimida ishlamagan Fyollerga mutasaddilar vaqtinchalik murabbiy sifatida ishonch bildirishdi. Ular «Bayer»dagi Kristof Daumni mo‘ljallashgandi. Biroq «dorishunoslar» ustozi narkotik moddalarga ruju qo‘yganligi oshkor bo‘ldi, Rudi esa o‘z vazifasini risoladagidek ado etayotgandi. Masalan, u Ispaniyani 4:1 hisobida mahv etdi. NFI uning vaqtinchalik shartnomasi muddatini uzaytirdi. Natijada Fyoller shogirdlari JCH,2002da finalgacha ko‘tarilib, Braziliyaga imkoniyatni boy berishdi. 2 yildan keyingi qit’a birinchiligida omad Rudidan yuz o‘girdi , jamoasi guruhdan chiqa olmadi.

Yurgen Klinsmann (2004-2006)

Bundestimning bosh murabbiyiga aylangan sobiq sardorni muxlislar unchalik xushlamay kutib olishdi. Boisi, u o‘zining ko‘p vaqtini rafiqasining vatani bo‘lmish AQSHda o‘tkazgandi. Keyinchalik u o‘z vazifasini Yoaxim Lyovga topshirib qo‘ygani, o‘zi faqat matbuot anjumanlarida ko‘rinish berishi, lekin o‘zini faol ishlayotgandek tutishi haqida gap,so‘zlar ko‘payib ketdi. Tez orada mish-mishlar bejiz emasligi isbotlandi - Klinsmann o‘rnini Lyov egalladi.

Yoaxim Lyov (2006-2021)

Yangi asrda Germaniya termasini aynan Lyov chinakam top,jamoa maqomiga olib chiqdi. 15 yil ichida u 3ta JCH, 4ta YECHda ishtirok etdi. Asosiysi - JCH-2014ning g‘olibligi, albatta. Lyov davrida Bundestim doimo favorit sifatida to‘p surgandi. Yoaxim o‘z jamoasi bilan 117 uchrashuvda g‘alaba nashidasini surdi - boshqa hech qaysi murabbiy yuztalik marrani zabt eta olmagandi. 2-o‘rindagi Xerberger hisobida 92ta g‘alaba bor. JCH-2018 va Yevro-2020dagi omadsizlikdan so‘ng Yoaxim terma jamoadagi faoliyatini to‘xtatdi: «15 yillik mas’uliyatli mehnatdan keyin tanaffus olish albatta, shart».

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:36, 26.09.2023. O'qildi: 3251 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 13
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Барселона Robert Levandovski 11
7 Сельта Borxa Iglesias 11
8 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 11
9 Атлетико Aleksandr Serlot 10
10 Райо Вальекано Xorxe De Frutos 10

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.