Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

SSKA futbolchisi: "Fayzullayev 30 kg o‘zbekcha palov olib keldi"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Legionerlarimiz / Yutuqlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Moskvaning SSKA klubi yarim himoyachisi Ivan Oblyakov "harbiylar" jamoasiga yangi kelgan hamyurtimiz Abbosbek Fayzullayev haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Avgust oyida Fayzullayev O‘zbekistonning “Paxtakor” klubidan SSKAga o‘tgan bo‘lsa-da, sentyabr oyda “qizil-ko‘klar” safida oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

— Jamoaga yangi kelgan Abbosbek Fayzullayev sentyabr oyida SSKAning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. U qanday qabul qilindi? Iste’dodni darhol payqadingizmi?

- Birinchi mashg‘ulotlardan buni aytish qiyin edi va unga vaqt kerak edi. Keyin u moslashdi, biz uni yaxshi qabul qildik, u bilan muloqot qilamiz, u yaxshi yigit. Uning yaxshi fazilatlari bor, hayotda kamtarin, lekin futbol maydonida uning ko‘p harakat qilayotganini, mehnat qilayotganini ko‘rish mumkin. U jamoaga yordam beradi, albatta.

— Mashg‘ulotlardan biriga 30 kilogramm o‘zbek palovini olib kelgani rostmi?

- Ha, yaqinda shunday payt bo‘ldi. Biz mashg‘ulot o‘tkazayotgan edik, qayerdandir palov buyurdi. Ular ulkan qozon palov olib kelishdi, shuning uchun hammamiz mazali tushlik qildik" - dedi Oblyakov "KP Sport" nashriga bergan intervyusida.

Joriy mavsumda 20 yoshli Abbosbek Fayzullayev SSKA safida 9ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 1ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali yarim himoyachining narxini 2 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 20:56, 13.10.2023. O'qildi: 12861 marta. Fikrlar: 2 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Agar Eybar va Vilyarreal shaharlari aholisini qo'shib "Kamp Nou"ga joylashtirsa, stadionda yana 20 mingdan ortiq bo'sh joy qoladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик