Bugun 14 iyun, 2026 yil, yakshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 13.06.2026 06:00
      • AQSh
      • 4:1
      • Paragvay
      • 13.06.2026 23:59
      • Qatar
      • 1:1
      • Shveysariya
      • 14.06.2026 03:00
      • Braziliya
      • 1:1
      • Marokash
      • 14.06.2026 06:00
      • Gaiti
      • 0:1
      • Shotlandiya
      • 14.06.2026 09:00
      • Avstraliya
      • 2:0
      • Turkiya
      • 14.06.2026 22:00
      • Germaniya
      • -:-
      • Kyurasao
      • 15.06.2026 01:00
      • Niderlandiya
      • -:-
      • Yaponiya
      • 15.06.2026 04:00
      • Kot-d'Ivuar
      • -:-
      • Ekvador
      • 15.06.2026 07:00
      • Shvesiya
      • -:-
      • Tunis
      • 15.06.2026 21:00
      • Ispaniya
      • -:-
      • Kabo-Verde
      • 15.06.2026 23:59
      • Belgiya
      • -:-
      • Misr
«
»

Turnir jadvali

A - Guruhi

Jamoa O' O
1 Meksika 1 3
2 Janubiy Koreya 1 3
3 Chexiya 1 0
4 JAR 1 0

B - Guruhi

Jamoa O' O
1 Bosniya-Gertsegovina 1 1
2 Kanada 1 1
3 Qatar 1 1
4 Shveysariya 1 1

C - Guruhi

Jamoa O' O
1 Shotlandiya 1 3
2 Braziliya 1 1
3 Marokash 1 1
4 Gaiti 1 0

D - Guruhi

Jamoa O' O
1 AQSh 1 3
2 Avstraliya 1 3
3 Turkiya 1 0
4 Paragvay 1 0

E - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ekvador 0 0
2 Germaniya 0 0
3 Kot-d'Ivuar 0 0
4 Kyurasao 0 0

F - Guruhi

Jamoa O' O
1 Niderlandiya 0 0
2 Shvesiya 0 0
3 Tunis 0 0
4 Yaponiya 0 0

G - Guruhi

Jamoa O' O
1 Belgiya 0 0
2 Eron 0 0
3 Misr 0 0
4 Yangi Zelandiya 0 0

H - Guruhi

Jamoa O' O
1 Ispaniya 0 0
2 Kabo-Verde 0 0
3 Saudiya Arabistoni 0 0
4 Urugvay 0 0

I - Guruhi

Jamoa O' O
1 Fransiya 0 0
2 Iroq 0 0
3 Norvegiya 0 0
4 Senegal 0 0

J - Guruhi

Jamoa O' O
1 Argentina 0 0
2 Avstriya 0 0
3 Iordaniya 0 0
4 Jazoir 0 0

K - Guruhi

Jamoa O' O
1 Kolumbiya 0 0
2 Kongo DR 0 0
3 O‘zbekiston 0 0
4 Portugaliya 0 0

L - Guruhi

Jamoa O' O
1 Angliya 0 0
2 Gana 0 0
3 Panama 0 0
4 Xorvatiya 0 0

O'tgan o'yinlar.

1-тур Meksika 2-0 JAR
1-тур Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
1-тур Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
1-тур AQSh 4-1 Paragvay
1-тур Qatar 1-1 Shveysariya
1-тур Braziliya 1-1 Marokash
1-тур Gaiti 0-1 Shotlandiya
1-тур Avstraliya 2-0 Turkiya

Navbatdagi o'yinlar.

14/06/26 Germaniya - Kyurasao
15/06/26 Niderlandiya - Yaponiya
15/06/26 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06/26 Shvesiya - Tunis
15/06/26 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06/26 Belgiya - Misr
16/06/26 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06/26 Eron - Yangi Zelandiya
16/06/26 Fransiya - Senegal
17/06/26 Iroq - Norvegiya
17/06/26 Argentina - Jazoir
17/06/26 Avstriya - Iordaniya
17/06/26 Portugaliya - Kongo DR
18/06/26 Angliya - Xorvatiya
18/06/26 Gana - Panama
18/06/26 O‘zbekiston - Kolumbiya

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Valeriy Berezovskiy: "Andijon"ning juda yaxshi jamoa ekanligini ko‘rdik"

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar
A A A

“Andijon” hamda Qirg‘izistonning “Muras Yunayted” (2:2) jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvdan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Valeriy Berezovskiy bir qator savollarga javob qaytardi.

- Valeriy Yuryevich, o‘rtoqlik uchrashuvidan olgan taassurotlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.

- Avvalambor, rahbariyatimizga juda kerakli qarorni qabul qilishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bunday o‘yinlar orqali do‘stligimiz yanada mustahkamlanadi, bordi-keldimiz yaxshilanadi va do‘stona munosabatlarimiz bundan-da yaxshilanadi. O‘ylaymanki, ikkala davlat o‘rtasidagi munosabatlarning yaxshilanib borayotgani ikki tomon uchun ham foydali. Mana, xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi orqali ham bu narsa namoyon bo‘lmoqda. Biz ikki qardosh millat va ikki qardosh mamlakatmiz. Uzoq yillardan beri biz qo‘shni sifatida birga yashaymiz. Mana bunday o‘rtoqlik uchrashuvlari esa do‘stligimizni yanada mustaxkamlaydi. Sportning qator turlari, xususan futbolda ham qo‘shni davlatlar bilan hamkorlik qilish albatta uning taraqqiyotiga hissa qo‘shadi.

Oxirgi yillardagi o‘zbek futbolining yutuqlari va yurtingiz bilan hamkorlik qilish bizga albatta foyda keltiradi. Ayniqsa, o‘zbekistonlik yoshlar, U23, U20 terma jamoalarining yutuqlarini doimo kuzatib boramiz. O‘zbekistonda futbol yanada rivojlanyapti. Azaldan o‘zbek futboli o‘zining jozibadorligi bilan barchamizni maftun etib kelgan. Bunday o‘rtoqlik uchrashuvlaridan faqat xursand bo‘lamiz. Bu yerda bizni juda yaxshi kutib olishdi. Maydonning holati ham zo‘r. “Andijon”ni juda yaxshi jamoa ekanligini maydonda ko‘rdik. Ha, tushunaman, bu o‘rtoqlik uchrashuvi. Agar rasmiy o‘yin bo‘lganida balki ikkala jamoa futbolchilari boshqacha o‘yin ko‘rsatishlari mumkin edi. O‘ylaymanki, bugun har ikkala jamoa chiroyli o‘yin namoyish qildi. Bellashuv haqida nima deyishim mumkin? Birinchi bo‘limning dastlabki 30 daqiqasi bizning rejamiz asosida o‘tdi. Iloji boricha raqib o‘yinchilariga imkoniyat qoldirmaslikka harakat qildik. Ajoyib o‘ynab gol urishga muvaffaq bo‘ldik. Bizda tanaffus bo‘lgani sababli hozir mashg‘ulotlarimiz biroz kamaygan payt. O‘z navbatida “Andijon” ham yaxshi harakat qilib, muvozanatni tenglashtirishga erishdi. Ikkinchi raqam ostida o‘ynab raqibning bo‘sh hududlarini poylab qarshi hujumlarga e’tibor qaratdik. Yaxshi o‘ynadik, deya olaman. Baribir oz-moz kamchiliklar, individual xatoliklar ham ko‘zga tashlandi. Shunday bo‘lsa-da, o‘yindan va natijadan qoniqdim.

- Jamoalarning avvalgi birinchi uchrashuvidagi o‘yinni ham ko‘rgandim. Oldingi uchrashuvga nisbatan bu safar jamoangiz ancha yaxshi o‘ynadi. Bu borada sizning fikringiz qanaqa?

- Afsuski, bizni mamlakatimizda sizlarnikiga nisbatan sifatli maydonlar kam. Maydon sifati albatta o‘yinga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Hattoki, Jaloloboddagi o‘z maydonimizda bo‘ladigan uchrashuvlarda o‘ynashga ba’zi holatlarda qiynalamiz. Bishkekdagi “Spartak” maydonini ancha sifatli deyishim mumkin. O‘yinchilarim yaxshi maydon va yetarli sharoitlar bo‘lganida chiroyli o‘yin ko‘rsata oladilar. Ko‘ngildagidek maydon bo‘lsa, futbolchilarimiz ham yaxshi natijalarni qo‘lga kiritishiga ishonaman. Taklif qilishgani uchun katta rahmat. Biz bu uchrashuvdan nihoyatda mamnun bo‘ldik. Hamkorlik qilish orqali ko‘plab natijalarga erishishimiz mumkin va bunday hamkorlikdan boshimiz osmonga yetadi.

- Qirg‘izistonda futbol asta-sekinlik bilan rivojlanyapti. 5-6 yil avvalgiga nisbatan ancha rivojlanish bor...

- Albatta, bugungi kunda Qirg‘iziston futboli rahbariyati tomonidan bu sport turini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratilyapti. Bizda tajribali murabbiylar joriy qilinyapti va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilyapti. Xorijdan ham bir qator mutaxassislar jalb qilinyapti. Bu borada milliy terma jamoamiz ham asta-sekinlik bilan xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishmoqda. Gapingizga qo‘shilaman, to‘g‘ri yutuqlarimiz katta emas, ammo kichik bo‘lsa-da, o‘sha yutuqlarga erishilyapti.

- Sizga “Andijon” futbolchilaridan ko‘proq kimlarning o‘yini yoqdi?

-  Taktik, o‘yin tashkil qilish, jismoniy jihatdan o‘yinchilaringiz biznikiga nisbatan kuchliroq bo‘lishi mumkin. To‘g‘risi, asosan o‘zimizning futbolchilarni ko‘proq kuzatib bordim. Chunki ushbu uchrashuvda bizning o‘z vazifamiz bor edi. Yana bir bor ko‘rdimki, “Andijon” ajoyib jamoa ekan va bunga guvoh bo‘ldim. Bu jamoaning o‘yinlari hamda natijalarini kuzatib bordim. Jamoangizni hozirda turnir jadvalining 6-o‘rinda borayotganini ham bilardim. “Andijon” klubining natijalari bilan tanishib chiqdim. Yaqinda “Paxtakor”ni mag‘lub etdi. Oldingi yillarga nisbatan olib qaraganda, bu yil klubda o‘sish bo‘layotganini, jamoa quyida emas, balki peshqadamlarga asta-sekin yaqinlashib borayotganini ko‘rish men uchun yoqimli bo‘ldi. O‘ylaymanki, shunday tarzda ishlashni davom ettirsa, keyingi yillarda yuqori o‘rinlar uchun kurashadigan jamoaga aylanadi.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 08:46, 15.10.2023. O'qildi: 1019 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 АҚШ Folarin Balogan 2
2 Қатар Bualem Xuxiy 1
3 Мексика Xulian Kinyones 1
4 Мексика Santyago Ximenes 1
5 Босния-Герцеговина Yovo Lukich 1
6 Марокаш Ismoil Saybari 1
7 Бразилия Vinisius Junior 1
8 Чехия Ladislav Kreychi 1
9 Жанубий Корея Hvang In-Bom 1
10 Жанубий Корея Oh Hyon-Gyu 1

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик