Bugun 31 oktyabr, 2025 yil, juma.

  • «A» Seriya
      • 30.10.2025 00:45
      • Inter
      • 3:0
      • Fiorentina
      • 30.10.2025 00:45
      • Bolonya
      • 0:0
      • Torino
      • 30.10.2025 00:45
      • Jenoa
      • 0:2
      • Cremonese
      • 30.10.2025 22:30
      • Kalyari
      • 1:2
      • Sassuolo
      • 31.10.2025 00:45
      • Piza
      • 0:0
      • Lasio
  • Superliga
      • 30.10.2025 18:30
      • Dinamo
      • 3:1
      • Xorazm
      • 30.10.2025 18:30
      • Navbahor
      • 0:0
      • Nasaf
      • 31.10.2025 18:30
      • Sho‘rtan
      • -:-
      • OKMK
      • 01.11.2025 17:00
      • Andijon
      • -:-
      • Buxoro
  • La-liga
      • 01.11.2025 01:00
      • Xetafe
      • -:-
      • Jirona
  • APL
      • 01.11.2025 20:00
      • Byornli
      • -:-
      • Arsenal
      • 01.11.2025 20:00
      • Kristal Pelas
      • -:-
      • Brentford
      • 01.11.2025 20:00
      • Fulhem
      • -:-
      • Vulverhempton
      • 01.11.2025 20:00
      • Nottingem Forest
      • -:-
      • Man. Yunayted
      • 01.11.2025 20:00
      • Brayton
      • -:-
      • Lids
      • 01.11.2025 22:30
      • Tottenhem
      • -:-
      • Chelsi
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Nasaf 27 58
2 Neftchi 26 57
3 Paxtakor 26 52
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 26 46
6 OKMK 26 41
7 Navbahor 27 38
8 Qizilqum 26 32
9 So‘g‘diyona 26 31
10 Qo‘qon-1912 26 29
11 Surxon 26 28
12 Andijon 25 28
13 Buxoro 26 24
14 Xorazm 27 24
15 Mash’al 26 23
16 Sho‘rtan 26 12

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf

Navbatdagi o'yinlar.

31/10/25 Sho‘rtan - OKMK
01/11/25 Andijon - Buxoro
02/11/25 Neftchi - Surxon
02/11/25 Mash’al - Qo‘qon-1912
02/11/25 So‘g‘diyona - Qizilqum
03/11/25 Paxtakor - Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8151 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2857 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Samvel Babayan: “Navbahor” haqiqiy xalq jamoasi”

Baho:
+ | -
OSIYO / Chempionlar ligasi / Guruh bosqichi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Osiyo Chempionlar ligasi, 3-turidan o‘rin olgan “Navbahor” - “Nassaji Mazandaran” (2:1) o‘rtasidagi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida jamoa ustozi Samvel Vyacheslavovich Babayan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

- Assalomu alaykum! Barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Hammaga xayrli kun! Bugun “yangi Navbahor” tug‘ildi desak ham bo‘laveradi. Ushbu jamoa kurashish va g‘alaba qozonishni xohlaydi. Albatta, mazkur bellashuvdan oldin qiyin vaziyatda edik. Ushbu bahsdan oldingi matbuot anjumanida O‘zbekiston kubogi yarim finalidagi “over-taymlar”dan keyin jamoa qanday o‘yin ko‘rsatishi borasida savol berishgandi. Avvalo bugungi o‘yin uchun yigitlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Shogirdlarim bugun haqiqiy professional ekanliklari, “Navbahor”da nafaqat, klub bilan tuzilgan shartnoma yoki pul ishlash, balki, g‘oya, namanganliklar uchun futbol qanchalik muhim ekanligi, jamoamiz uchun qayg‘uradigan muxlislarga quvonch ulaashish, “Navbahor”ni doimo qo‘llab-quvvatlab kelayotgan viloyat hokimining ishonchini oqlash niyatida iroda, g‘alabaga bo‘lgan chanqoqlik, xarakterni namoyon etishdi. Buning esa qiymati yuqori.

Qaytaraman, bugun muxlislarga quvonch ulashishga harakat qiladigan “yangi Navbahor” dunyoga keldi. Shu bois, yigitlarga yana bir marta rahmat aytmoqchiman. Yana shuni ham ta’kidlamoqchimanki, bugungi bellashuv yana bir marotaba Chempionlar ligasida oddiy o‘yinlar bo‘lmasligini isbotladi. Ushbu musobaqada har bir jamoa ochko ishlash uchun maydonga tushadi. Bugungi o‘yinda joriy mavsumda ilk marotaba qo‘shimcha vaqtda g‘alaba to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldik. Bu esa mehnatlarimiz samarasi. Superliga va O‘zbekiston kubogi doirasidagi ayrim bahslarda ham garchi o‘yin, to‘p nazorati borasida ustunlik qilgan bo‘lsakda, ijobiy natijaga erisha olmagandik. Bugun esa harakatlarimiz o‘z samarasini berdi. “Navbahor”ni yurtimiz va Osiyoda top-jamoaga aylantirish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilamiz.

- Bugun ikki xil bo‘lim ko‘rdik. Birinchi 45 daqiqalikda jamoaning o‘yini qovushmadi. Birinchi bo‘limdan so‘ng, yigitlarga nima dedingiz? Ikkinchi savol: Jasurbek Yaxshiboyev bugun ko‘rinmadi, unga nima bo‘ldi?

- Maydonga tushmaganlarda jarohat bor va ular tiklanish maqlarini olib borishmoqda. Navbatdagi savolga to‘xtaladigan bo‘lsam, birinchi bo‘limni yaxshi boshladik, biroq hujumlarni yakunlashda muammolarga duch keldik. Keyin kutilmagan gol sodir bo‘ldi. Alamlisi, mehmonlarning yagona hujumi gol bilan yakunlandi. Shoshganimizdan uchrashuvning 20-daqiqasidan boshlab, to‘pni ham yaxshi nazorat qila olmadik. Ikkinchi bo‘limda esa reja bo‘yicha O‘runov va Sobirjonov orqali o‘yinni kuchaytirdik. Bugungi kunda tarkibimizda o‘yinni kuchaytira oladiganlar bo‘lgani juda muhim.

Ulkan ishtiyoq hamda muxlislarning qo‘llab-quvvatlashlari evaziga yigitlar bor imkoniyatlarini ishga solishdi. Futbolda faoliyat olib borish oson emas. Ammo shunday ajoyib lahzalar, insonlarga quvonch ulashish uchun ishlasang arziydi. “Navbahor” haqiqiy xalq jamoasi. Biz buni tushunib, his etib turibmiz. Ushbu so‘zlarni gapirishdan asosiy maqsad, “Navbahor”ga nafaqat Namangan, balki butun O‘zbekistonda muxlislik qilishmoqda.

Jamoamizning joriy mavsumda yana 8 ta o‘yini qoldi. Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ham bugungi bellashuvdan keyin, jamoamizni g‘alaba bilan tabriklab: “Yigitlar, biz maydonda kurashayotganingiz va harakat qilayotganingizni bilamiz. Muxlislarga zavq ulashishda davom etinglar”, deya ta’kidladi.

“Navbahor” keyingi bellashuvlarda ham ishqibozlarni xursand etishga intiladi.

- Birinchi bo‘lib, gol qo‘yib yuborib, keyin kambek amalga oshirish rejasi bormidi? Oston O‘runov nega zaxiradan maydonga tushdi?

- Ikkinchi bo‘limda o‘yiini kuchaytirish rejasi bor edi. Lekin o‘z darvozamizdan to‘p o‘tkazib yuborish rejamizdan o‘rin olmagandi. Ostonning asosiy tarkibdan o‘rin olmaganligiga esa jarohati borligi sabab bo‘ldi. O‘zbekiston kubogidagi yarim finaldan so‘ng, O‘runov biror marta mashg‘ulotda ishtirok etmadi. U jarohati bo‘lishiga qaramasdan borini berib o‘ynadi.

- Doniyor Abdumannopov O‘zbekiston kubogi yarim finali penaltilar seriyasidagi xatosi tufayli tushkunlikka tushib qolganmidi? Nega u bugun o‘zini ko‘rsata olmadi?

- Doniyor ikkinchi davrada bizga o‘tganidan so‘ng, jamoada ko‘p yordam berdi. U bugun ko‘p harakat qildi, balki, biroz hayajon ta’sir qilgan bo‘lsa kerak. Abdumannopov bugun ham yaxshi o‘yin namoyish etdi va unga e’tiroz yo‘q. Doniyor ayni paytda “Navbahor”ning muhim futbolchilaridan biri sanaladi.

- Toma Tabatadze hamda Yovan Jokich kelasi bahslarda ishtirok eta olishadimi? Temurxo‘ja Abduxoliqov bugun o‘z imkoniyati darajasida o‘yin namoyish eta olmadi. Ba’zi vaziyatlarda uning o‘rniga maydonga tushishga uringandek bo‘ldingiz... Bu haqda nima deya olasiz?

- Temurxo‘ja biz uchun muhim, tajribali futbolchi. U bugun yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Hujumlarni yakuniga yetkaza olmagan bo‘lsada, ko‘proq hujumlarni tashkil etishda qatnashdi. Abduxoliqov bugungi bahsda kamida 13 km. masofani bosib o‘tgan bo‘lsa kerak.

Davron Hoshimov haqida unutdingiz, u Turkiyada jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi va joriy mavsumda boshqa maydonga tushmaydi.

Toma Tabatadze va Yovan Jokichlar esa tiklanish jarayonida, ular bu mavsumda bizga yordam bera olishadi, deb o‘ylayman.

- Raqib jamoa ustozi Mehdi Rahmati matbuot anjumanida hakamning xatosi haqida ko‘p gapirdi. Bu haqda sizning fikringiz qanday?

- Men hakamlik haqida gapirishga o‘rganmaganman. Hakam o‘yinni juda yaxshi boshqardi. Simulyasiya va vaqt cho‘zishlarni joyida jazoladi. Ular har bir to‘xtatilish uchun kerakli vaqt qo‘shishadi. Esingizda bo‘lsa, “Al-Hilol” bilan bahsda referi 14 daqiqa qo‘shib bergan edi. Hamma o‘z ishini qilgani yaxshi. Menimcha, aybni o‘zidan izlash kerak. To‘g‘ri, ba’zida biz ham e’tiroz bildirdik.

Aytgancha, zaxiradagi hakam O‘zbekiston terma jamoasi taqdirini hal qilgan. Xitoydagi uchrashuvda penalti qo‘yib, bizni JCHdan mahrum qilgan. U oldimga kelib, to‘xtatilgan vaqt uchun keragicha daqiqa qo‘shilishini aytdi.

Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 07:05, 24.10.2023. O'qildi: 2570 marta. Fikrlar: 31 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Насаф Husayn Norchayev 14
3 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 Бунёдкор Luis Kachorri 8
7 ОКМК Xurshid G‘iyosov 8
8 Насаф Dragan Cheran 8
9 Навбаҳор Ruslan Jiyanov 8
10 Бунёдкор Imeda Ashortia 7

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.