Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 25 56
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 25 39
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Brentford - Arsenal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ilkay Gyundogan: «Soyada o‘zimni qulayroq sezaman»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Ilkay Gyundogan - YECHLning amaldagi g‘olibi. Yana qudratli «Manchester Siti» sardori sifatida. Germaniyalik turkda futbolga nisbatan o‘zgacha qarashlar mavjud. Har holda, tajribali yarim himoyachi yangi mavsum oldidan Xosep Gvardiolaning mexanizm kabi ishlayotgan fantastik jamoasidan voz kechib, Xavi  tuzayotgan «Barselona»ga o‘tdi. «Futbolni chinakamiga yaxshi ko‘raman, ta’bir joiz bo‘lsa, to‘p bilan uxlaymay», - deydi Ilkay. U «Syudad Deportiva» matbuot markazida suhbat uchun belgilangan vaqtdan 5 daqiqacha oldin ko‘rinish berdi. Gyundogan ohista, lekin aniq gapiradi, nutqining ravonligi o‘yin uslubini eslatadi. Turkiyalik muhojirlar oilasida tug‘ilgan Ilkay endi Germaniya milliy jamoasini ham sardor rolida maydonga boshlab tushyapti. Xo‘sh, «Barselona» futbolchisining madaniyat, hayot, yetakchilik, murabbiylik va zamonaviy futbol marketingiga nisbatan qarashlari qanday?

- Sizni ijtimoiy integrasiya ramzi sifatida ko‘rsatish mumkinmi?

- Turk millatiga mansub germaniyalikman va bolaligimdan uyg‘un madaniyat dunyoqarashiga sodiqman. Hayotim davomida xilma-xil madaniyatlarga duch keldim va bu borada ma’lum tushuncham yo‘q emas. Binobarin, 7 yil Angliyada o‘ynadim, yashadim. Mana, yana yangi madaniy tajribaga duch keldim. Bu meni tabiatan yanada ochiqroq bo‘lish, boshqalardan ko‘proq o‘rganishga undaydi. Shu tariqa nafaqat atrofdagi odamlar, balki o‘zimni ham yaxshiroq tushunaman. Masalan, Germaniyada tug‘ilgan va faqat shu mamlakatda yashagan odamlar dunyoqarashi boshqacha. Turkiyada ham xuddi shunday. Demoqchimanki, umr bo‘yi o‘z mamlakatlaridan chiqmagan kishilar chet elliklarga xos madaniyatning ayrim jihatlarini tushunishda qiynaladilar. Menimcha, hayotda sayohatning o‘rni ham katta. Xususan, turli madaniyatlar bilan tanishish nuqtai nazaridan. Asosiysi, madaniyatlarni tushunsangiz, haqiqiy hayot ritmini bilib olasiz. Deylik, aqlli bo‘lmasligingiz mumkin, lekin dunyo hamjamiyatiga befarq qaramaysiz.

- Shaxsan sizda nemis va turk mentalitetlari ulushi qanday?

- Mentalitetimda nemislar tabiati mujassam: har kuni qattiq shug‘ullanishga moyilman, izchillik va qat’iy tartibga ham. Hamisha o‘zimni eng yaxshi tomondan ko‘rsatishga intilaman - muhim va katta ishlarda ham, ahamiyati pastdek ko‘rinadigan yumushlarda ham. Yana eng kichik detallar va intizomga jiddiy e’tibor qarataman.

- Qiziq, qat’iy tartib o‘zingizga yoqadimi?

- Ha, ko‘pincha. Mana faoliya­tim davomida ko‘plab turnirlarda g‘alaba nashidasini surdim: APL, Angliya kubogi, CHL... Qiziq tomoni, zafar nuqtasida dam olish va zavqlanish o‘rniga darhol yangi chaqiruv haqida o‘ylayman. Bu - takomillashish talabi. Ehtimol, kelajakda muvaffaqiyatlardan yetarlicha zavqlanmaganimdan afsuslanarman, lekin o‘zgarmayman, baribir. Mashg‘ulotlar masalasida ham xuddi shunday. Odatda har bir mashg‘ulot oldidan biroz asabiylashaman.

- Nahotki? Shu yoshda-ya...

- Ha, chunki mashg‘ulotlarga xuddi rasmiy o‘yindek yondashaman. Bordiyu, xatoga yo‘l qo‘ysam, asabiylik darajasi o‘z-o‘zidan oshadi. Qisqasi, har bir uzatmam to‘g‘ri chiqishi, barchasi mukammal bo‘lishi kerak. Har bir mashg‘ulotdan keyin nimani to‘g‘ri bajarganim, qayerda xato qilganimni obdon o‘ylayman.

- Sizda turk qonidan nima borligini ham ayta olasizmi?

- Kuchli tuyg‘u, jo‘shqinlik. Shaxsiy hayotda oilam va do‘stlarimga juda e’tiborliman.

- Futbolda ham serqirrasiz: «6-raqam», «8-raqam», «10-raqam», hattoki, «9-raqam» pozisiyalarida o‘ynashingiz mumkin.

- Agar barchasini umumlashtirsak, futbolchilar ikki toi­faga bo‘linishadi: gol va uzatmalar bilan o‘yin borishini o‘zgartiradiganlar hamda maydonda o‘zgacha nimadir ko‘rsatadiganlar. Oddiy aytganda, ikkinchi toifa vakillari jamoada ajralib turishni istashadi. Shuningdek, individual darajada uncha porlamaydigan, maydonda ko‘rinmaydigan futbolchilar ham bor. Agar siz jamoaning barcha a’zolari, hatto ajralib turadiganlardan ham so‘rasangiz, eng muhim «figura» sifatida aynan shu ko‘zga tashlanmaydigan ijrochilarni tilga olishadi. Zero, ular hamma uchun ishni osonlashtirish bilan ovora bo‘lishadi butun o‘yin davomida. Bunga Busketsni misol keltirish mumkin.

- Qanday muhitda o‘zingizni qulayroq his qilasiz: e’tbor markazidami yoki soyada?

- Menimcha, soyada. Shunisi ichki xarakterimga ko‘proq mos keladi. Qolaversa, kuchli e’tiborga muhtoj emasman. Qo‘limdan nima kelishi va kelmasligini yaxshi bilaman. Ajoyib ijrochiga aylanish uchun qanday yo‘l tutsangiz jamoaga yaxshi bo‘lishini bilishingiz shart. O‘ylashimcha, mustahkam va moslashuvchan futbolchiman, hattoki, bir maromda kechayotgan o‘yin davomida ham keskin o‘zgarishim mumkin. Har doim jamoa manfaati yo‘lida, albatta.

- Bu liderlik belgisimi?

- Ha, sokin yetakchilik. Maydonda diqqatni tortmasangiz yoki ovozingiz chiqmasa, sizni yetakchi sifatida ko‘rishmaydi. Men uchun esa yetakchi - bu jamoa maromi, o‘yin dinamikasini o‘zgartiradigan ijrochi. U baland ovozda baqirishi shart emas. Hayotda tinmay gapiradigan odamlar bor, lekin ularni hech kim tinglamaydi. Shuningdek, kam gapiradiganlar borki, ularning har bir so‘zlari inobatga olinadi. Qisqasi, lider atrofidagilarga ta’sir ko‘rsata olishi shart.

- Xo‘sh, sizni tinglashyaptimi?

- Odatda eng muhim jihat haqida gapiraman, shunda ham barchasiga to‘liq ishonch hosil qilganimda.

- Zamonaviy futbolda o‘yinni marketingdan ajratish mumkinmi?

- So‘nggi yillar ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilar soni katta ahamiyat kasb etmoqda. Deylik, yomon o‘ynashingiz mumkin, lekin kichik muvaffaqiyatli harakatingiz videosini qo‘ysangiz, odamlar sizni maqtashga tushishlari mumkin. Bu yangi avlod vakillari bilan bog‘liq: ular shunday narsalarni yoqtirishadi. Bitta chiroyli kadr tayyorlaysiz va odamlar og‘izlarini ochishadi... Lekin bu maydonda hech yordam bermasligi aniq.

- Manchesterliklar kelajakda buyuk murabbiyga aylanishingizni taxmin qilishmoqda.

- Takabburlikni yoqtirmayman, lekin murabbiylikka potensialim bor, menimcha. Qolaversa, faoliyatim davomida omadim ham kuldi: eng kuchli murabbiylar bilan ishladim. Gvardiola bilan 7 yil, Klopp bilan 4 yil, Tuxel bilan 1 yil - bu besamar ketmasligi kerak. Endi esa Xavi qo‘l ostida shug‘ullanyapman. Bunday shaxslar sizga qaysidir tomondan ta’sir ko‘rsatishlari tayin. Demoqchimanki, yaxshi murabbiy bo‘lish uchun ko‘p narsalarni ko‘rdim, lekin kelajakda shu yo‘nalish bo‘yicha yurishni xohlayotganimga hali 100 foiz ishonchim komil emas.

M.Po‘latov tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 25.10.2023. O'qildi: 1517 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.