O‘zbekiston Superligasining 23-turida OKMK 28 oktyabr, shanba kuni “Andijon” maydoniga safar qildi.
Uchrashuvning 18-daqiqasida olmaliqliklar futbolchisi Xurshid G‘iyosov VAR yordamida belgilangan penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va Mirjalol Qosimov jamoasi g‘alaba qozondi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng OKMK ochkolari sonini 39 taga yetkazdi va 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Andijonliklar 34 ochko bilan 6-pog‘onadan joy olgan.
Superliga, 23-tur
28-oktyabr, shanba
“Andijon” – OKMK 0:1
Gol: 0:1 — 18 Xurshid G‘iyosov (penalti).
“Andijon”: 72. Igor Litovka, 5. Abdulvohid Gulyamov, 8. Farhodbek Bekmuratov (9. Levan Arveladze, 34), 10. Ilhomjon Abdiganiyev (11. Sardor Abdunabiyev, 68), 13. Sardorbek Azimov (19. Suxrob Berdiyev, 68), 15. Vladimir Bubanya, 26. Muhammadkarim Toirov, 28. Islombek Mamatkazin, 66. Ilhomjon Alijonov (22. Shahboz Erkinov, 86), 94. Armin Boshniyak (14. Abdurahmon Komilov, 68), 99. Rubin Hebay.
OKMK: 1. Botirali Ergashev, 29. Vitaliy Denisov, 3. Sardor Rahmonov, 15. Oybek Rustamov, 2. Akramjon Komilov, 4. Mirjamol Qosimov, 17. Sanjar Tursunov, 19. Muhammadanas Hasanov, 14. Mirjahon Mirahmadov (24. Murat Ermatov, 90+4), 10. Xurshid G‘iyosov (7. Dilshodbek Ahmadaliyev, 89), 27. Martin Boake.