Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 26 57
2 Manchester Siti 26 53
3 Aston Villa 26 50
4 Man. Yunayted 26 45
5 Chelsi 26 44
6 Liverpul 26 42
7 Brentford 26 40
8 Everton 26 37
9 Bornmut 26 37
10 Nyukasl 26 36
11 Sanderlend 26 36
12 Fulhem 26 34
13 Kristal Pelas 26 32
14 Brayton 26 31
15 Lids 26 30
16 Tottenhem 26 29
17 Nottingem Forest 26 27
18 Vest Xem 26 24
19 Byornli 26 18
20 Vulverhempton 26 9

O'tgan o'yinlar.

26-тур Chelsi 0-0 Lids
26-тур Everton 0-0 Bornmut
26-тур Tottenhem 0-0 Nyukasl
26-тур Vest Xem 0-0 Man. Yunayted
26-тур Aston Villa 0-0 Brayton
26-тур Kristal Pelas 0-0 Byornli
26-тур Manchester Siti 0-0 Fulhem
26-тур Nottingem Forest 0-0 Vulverhempton
26-тур Sanderlend 0-0 Liverpul
26-тур Brentford 0-0 Arsenal

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Manchester Siti - Nyukasl
01/01/70 Tottenhem - Arsenal
01/01/70 Sanderlend - Fulhem
01/01/70 Kristal Pelas - Vulverhempton
01/01/70 Vest Xem - Bornmut
01/01/70 Nottingem Forest - Liverpul
01/01/70 Chelsi - Byornli
01/01/70 Brentford - Brayton
01/01/70 Aston Villa - Lids
01/01/70 Everton - Man. Yunayted

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Laporta bayonotining mag‘zi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Ispaniya La-ligasi
Rukn: Intervyular
A A A

U Ispaniya futbolida kuchli «madridizm» borligini ta’kidlamoqda.

«Barselona» prezidenti Joan Laporta navbatdagi «El-klasiko» oldidan Catalunya Radio mehmoni bo‘ldi. Taniqli funksioner shov-shuvli intervyusida so‘nggi vaqtlar Kataloniya klubi atrofida tarqalgan turli gap-so‘zlarga baholi qudrat izoh berdi. Barcamania.com sayti esa Laportaning eng e’tiborli 10ta bayonotini ajratib ko‘rsatdi.

Hakamlarga pora berish

- Hech narsani isbotlay olishmaydi, chunki bularning barchasi bo‘hton! Hech kim hakamlarga pul bermagan. Advokat sifatida shuni aytamanki, ayblovchilar qo‘lidan hech narsa kelmaydi. Barchasi «Barselona» uchun oqlov hukmi bilan yakunlanadi.

Poraxo‘rlik ayblovlari

- Enrikes Negreyra davlat xizmatchisi emas, boz ustiga, qonunbuzarlikning da’vo muddati allaqachon tugagan. Keling, ish sudga yetib boradimi yoki yo‘q - shuni kutaylik. Hozir esa «Negreyra ishi» shunchaki, sud muhokamalaridan oldingi bos­qichda. Professional advokatman va ayblovchilar nimagadir erisholmasliklarini ko‘ryapman.

Hokimiyat ichidagi  «madridizm»

- Poytaxtda, hokimiyatning eng yuqori doiralarida har doim ijtimoiy «madridizm» alomatlari sezilgan va ayrimlar «Negreyra ishi»dan foydalanib, klubimizni qoralashga urinishmoqda. Ta’sir kuchiga ega aksariyat rahbarlar Madriddan. Ayni payt ham «Barselona»ni beqaror holga solish bo‘yicha uyushgan kampaniya olib borilmoqda. Shaf­qatsiz va misli ko‘rilmagan kampaniya. Takrorlayman, futbolimiz tepasida o‘ta kuchli ijtimoiy «madridizm» mavjud. Oldin bu harakat bilan muvaffaqiyatli raqobatlashganmiz. Kimlardir «Barsa» yana yuksaklikka ko‘tarilishidan qo‘rqishadi. Chunki u hozir klub tarixidagi eng yaxshi prezident bilan olg‘a bormoqda.

«Negreyra ishi»da  shaffoflik

- Qaytaraman, hakamlarga texnik maslahat-xizmatlari uchun pul to‘ladik. Bu ish Gaspar davridan buyon davom etmoqda va ehtimolki, Nunyes rahbarligida ham shunday bo‘lgandir. Hammasi odatiy hol, boshqa klublar ham shunday yo‘l tutadi. Barchasi bank o‘tkazmalari va hisob varaqalari or­qali to‘langan. Deylik, ish yuzasidan 629ta hisobot va 42ta kompakt-disk taqdim etdik, bu faqat 3 yillik hujjatlardir.

Sobiq polisiya komissari Vilyarexo so‘zlari

- U g‘irt yolg‘onchi, allaqachon ustidan shikoyat yozganman. Agar Vilyarexo o‘z so‘zlaridan voz kechmasa, unga qarshi jinoiy ish ochishni talab qilaman, chunki bo‘hton yog‘dirish yaxshi emas. Takrorlayman, uning so‘zlari haqiqatga umuman to‘g‘ri kelmaydi - katta yolg‘on (Vilyarexo «Real» ham, «Barselona» ham hakamlarga pora bergani va Sandro Rosselni qamoqqa yetaklagan dalillarni Laportaning o‘zi tergov jarayoniga topshirganini ayt­gandi).

Rosselning chaqiruvi

- Barchasini katta va aqlli insonlardek hal qilamiz. Aslo yolg‘on gapirmayman. Yolg‘on ishlatib, do‘stimning yuziga qarash - bu kino. Ayblovlarda haqiqat yo‘qligini Rosselning o‘zi ham biladi. Yo‘q, janob Vilyarexo sirkida qatnashmayman, allaqachon bu sahifani yopganman. Rossel qamoqdan chiqqanidan keyin uning uyida birga tushlik qildik. Keyin quchoqlashib, o‘zaro kelishuvga erishdik, iliq munosabatlarni davom ettiradigan bo‘ldik (oldinroq Rossel klubning amaldagi prezidenti bilan alohida uchrashib, undan barchasi uchun tushuntirish so‘rashni xohlayotgani haqida xabarlar chiqqandi. Umuman olganda, Rossel, Bartomeu va Laporta birlashishi va barcha ayblovlarga qarshi yagona kuchga aylanishi kerak edi).

JCH-2030 finali

- Albatta, «Kamp Nou» 2030 yilgi jahon chempionati o‘yin­larini qabul qilishini istardim. Bu masalada allaqachon so‘rov yuborganmiz. Menimcha, kamida mundial yarim finalini olamiz, albatta. Chunki stadionimiz eng kattasi va barcha talablarga javob beradi, lekin ijtimoiy «madridizm» borligini unutmaslik kerak. Markaziy hokimiyat «Madrid» tarafida. Shunga qaramay, final huquqiga da’vogarmiz. Binobarin, «Kamp Nou» bunga loyiq, to‘g‘ri, hal qiluvchi bahs­ni bizga berishlari masalasida katta shubham bor.

Messiga hurmat

- Leoni alohida sharaflash masalasi kun tartibida bor, albatta. Umid qilamanki, 2024 yilning noyabri, ya’ni «Kamp Nou»ga qaytganimizda yoki 2026 yilning iyunida katta tadbir tashkil etamiz. 

Peres bilan aloqa

- Florentino bilan to‘g‘ri munosabatdamiz. Albatta, uning «El-klasiko»da ishtirok etishini istardim, chunki bu o‘yin futbol dunyosida eng sara shou sanaladi va har ikki jamoa vakillari stadiondan joy olishsa yaxshi bo‘lardi.

Felish va Kanselu kelajagi

- Agar shunday o‘ynashda davom etishsa, ularni olib qolishga harakat qilishimiz kerak, ammo barchasi Deku nima deyishiga ham bog‘liq. Hozirgi maqsadimiz - La Ligada g‘alaba qozonish, CHL, Ispaniya kubogi va superkubogida oxirigacha kurashish. Umuman, har doim Joau Felish kabi iqtidorlarga jiddiy qaraganman.

M. PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:56, 08.11.2023. O'qildi: 1954 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 22
2 Брентфорд Igor Tiago 17
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 13
4 Ливерпуль Yugo Ekitike 10
5 Челси Joao Pedro 10
6 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 10
7 Ман. Юнайтед Brian Mbemo 9
8 Брайтон Denni Uelbek 9
9 Ньюкасл Bruno Gimaraes 9
10 Астон Вилла Olli Uotkins 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.