Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Futbolimiz xabarsizlik muammosi qarshisida

Baho:
+ | -
OSIYO / Saralash turnirlari / JCh saralash
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Milliy terma jamoamizning JCH-2026 yo‘lidagi har qaysi uchrashuvi biz uchun o‘ta muhim.

Shu bois muxlislar Srechko Katanes murabbiyligidagi futbolchilarimizning Turkmaniston terma jamoasiga qarshi safarda o‘tkazadigan uchrashuviga juda jiddiy e’tibor qaratishmoqda. Qarangki, milliy terma jamoamiz oldida yana kutilmagan muammo paydo bo‘ldi. Bu safargi muammo - sun’iy qoplamali maydonning nosozligi, sifati bilan bog‘liq.

Yaqindagina OKMK OCHL guruh bosqichidagi «Sepaxon»ga qarshi uchrashuvdan avval kutilmagan muammoga duch kelgandi. O‘sha «mandraj» sabab OKMK o‘z darvozasidan javobsiz to‘qqizita to‘p o‘tkazgandi. Tabiiyki, natija biror muxlisga yoqmadi. Bunday noxush natijaning sababi haqida barcha ham bosh qotirib o‘tirmaydi. Futbol olamidagi g‘avg‘o-to‘polonlararo biz nazarda tutayotgan sabablar bir zumda yo‘qlik qa’riga singib ketadi. Demoqchimizki, sabablar tezda unutiladi. Lekin natija tarixda qolaveradi. Bu mavzu OAVda ko‘p bora yoritilgan. Lekin amaliy samara hamon sezilmayapti. Boshqacha aytganda futbolimiz muhiti anomal holatlarga tayyor bo‘lolmayapti. Terma jamoalarimiz, klublarimiz va futbolchilarimiz qarshisida hech xayolga kelmagan muammolar bo‘y rostlamoqda. Vaqt o‘tgan sari muammolarning soni, turi o‘zgarib bormoqda. Avvallari klublarimiz va terma jamoalarimiz arab futboliga xos sun’iy vaqt cho‘zish, atayin shantaj uyushtirish kabi holatlardan aziyat chekishardi. Jahon futbolida shakllanib, mustahkamlanib borayotgan, ayniqsa, Osiyo futbolida chuqur ildiz otgan, umumiy qoidalarga zid keladigan shunday anomal holatlar borki, ular futbolchilarimizni beixtiyor muvozanatdan chiqaradi, asabiylashtiradi va yakunda natijalarga salbiy ta’sir o‘tkazadi. 

Xo‘sh, nima sababdan futbolimiz xalqaro uchrashuvlarda ro‘y beradigan anomal holatlarga qarshi oqilona yo‘l topolmayapti. Yodingizda bo‘lsa, JCH-2018 so‘nggi saralash bosqichida vakillarimiz Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi safarda bo‘ladigan uchrashuvga Xitoydan ming mashaqqat bilan yetib borishgandi. Bir o‘ylab ko‘rganmisiz: nima uchun milliy terma jamoamiz o‘shanda murakkab ahvolga tushib qolgan?

Hozir har kim bu masalada o‘z fikrini aytaveradi. Biroq sabablar ichra bitta sabab ustundir. Biz bu ustun sababni voqelikdan bexabarlik deb ataymiz. Anomal - fors-major holatlari hayotda uchrayveradi. Ulardan butkul xalos bo‘lish mumkin emas. Shunday ekan, ularni avvaldan bilish yoki ular haqida ma’lumotlarga ega bo‘lish, hech bo‘lmasa, bunday vaziyatlar bilan bog‘liq taxminiy xabarlarga ega bo‘lish mumkinmi?

Bizningcha, ijtimoiy tarmoqlararo to‘lib-toshib yotgan axborotlar ichra bunday xabarni topish u qadar qiyinchilik tug‘dirmaydi. Buning uchun kishida ijtimoiy tarmoqlardan oqilona va mohirona foydalanish uquvi va til borasida muammo bo‘lmasa bas. Afsuski, terma jamoalarimiz tarkibida ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalangan holda eng kichik xabarlarni ham ko‘zdan qochirmay o‘rganadigan, ularni mutasaddilar e’tiboriga havola qiladigan sinchkov va zukko mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmaydi. Taassuf bilan aytsak, biz hali-hanuz ijtimoiy tarmoqlarning, ularda uchraydigan fakt yoki feyk xabarlarning futbol taraqqiyotidagi ahamiyatini chuqur anglamayapmiz. Holbuki, futbol taraqqiyotida nainki faktlar, balki katta-kichik feyk xabarlar ham sezilarli ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin. Biz buni oldindan bilmaymiz. Hamma gap ijtimoiy tarmoqlarda tarqaladigan yuzlab feyk xabarlar orasidan o‘zimiz uchun muhim sanaladiganlarini saralab olishimiz va ularni tom ma’nodagi faktlar bilan solishtira bilishimizda.

Milliy terma jamoamizning JCH-2018 so‘nggi saralash bosqichidagi Janubiy Koreya futbolchilariga qarshi uchrashuvdan oldin Xitoyda noqulay ob-havo sharoitiga tushib qolishlarini avvalroq aniqlasa bo‘larmidi va o‘sha murakkab vaziyatdan oqilona chiqib ketish imkoni bormidi? Yoki «Sepaxon» OKMKni o‘z maydonida qabul qilolmasligi bilan bog‘liq muammo birdan yuzaga qalqib chiqdimi? Uni avvaldan bilib bo‘lmasmidi? Har ikki holatda ham bilish imkoni bor edi. Ammo biz ko‘nikkan, futbolimiz muhitida shakllangan tafakkur me’yorlari nuqtai nazaridan bu - imkonsiz holat. Bilish mumkinligi bilan bog‘liq mulohazamizni aytishdan avval yana bir jihatga e’tiboringizni tortmoqchimiz.

Barchamizga ma’lumki, hozir dunyo global o‘yinlar davriga qadam bosdi. Qayerda, qachon va qaysi sababga ko‘ra qanday voqea yuz berishini birov oldindan aniq aytolmaydi. Lekin feyk xabarlarni va faktlarni umumlashtira oladigan, ulardan tegishli va kutilmagan xulosalar chiqarishga qodir tafakkur sohiblarining farazlari hamisha insoniyatga asqotadi. Faqat hamma gap bu farazlarga o‘z vaqtida e’tibor qaratishda. Vaziyatdan kelib chiqib, ilg‘or intellektual tafakkur sohiblari ikki karra ikki - to‘rt ko‘rinishidagi faktlarga ham shubha bilan qarashga odatlanishmoqda. Qisqasi, dunyo shunday shubha aro yashashga ko‘nikmoqda, o‘zini shaylamoqda. Futbolimizda mana shunday bosqich, ya’ni har qaysi holatga avvaldan shubha bilan qaray olish pozisiyasi sezilmayapti. Ana, «Navbahor» va «Nasaf»ning OCHL guruh bosqichi safar uchrashuvlarida biror muammo ko‘zga tashlanmadi. Bu - har ikki jamoaning omadi. Omad esa har doim chopavermaydi. Shu bois kutlimagan holat bo‘ladimi yoki bo‘lmaydimi, bundan qat’iy nazar xalqaro uchrashuvlardan avval terma jamoalarimiz va klublarimiz ijtimoiy tarmoqlardagi feyk xabarlar yoki eng kichik faktlarni ham e’tibordan chetda qoldirmay o‘rganib chiqilishi maqsadga muvofiq. Bundoq o‘ylab qarasangiz, «Sepaxon» maydoniga o‘rnatilgan general haykali kutilmaganda vaziyatni o‘zgartirib yuborishi xayolining ko‘chasiga ham kirmaydi. Lekin Saudiya Arabistoni va Eron, shia va sunniy mazhablari o‘rtasidagi munosabatlarni, haykalga nisbatan diniy pozisiyani yaxshi biladigan mutaxassis ikki o‘rtada qandaydir munozarali vaziyat bo‘lishini oldindan aytish imkoniyatiga ega.

Mana, ijtimoiy tarmoqlarda avval Lamin Yamal va Robert Levandovski o‘rtasidagi mojaro bilan bog‘liq xabar tarqaldi. Keyin esa polshalik hujumchining sobiq jamoa­siga, ya’ni «Borussiya» (Dort­mund)ga qaytishi haqida ijtimoiy tarmoqlar bong urdi. Robertning o‘zi Yamal bilan o‘rtalaridagi mojaroni rad etdi. «Barselona» esa hozircha Levagolni qo‘yib yubormasligini bildirdi. Savol tug‘iladi: to‘rtta xabardan qaysi biri to‘g‘ri, qaysi fakt ishonarli va ishonarli faktni aniqlashning kimga qanday ahamiyati bor. Murakkab savol-a, to‘g‘rimi? Ha, murakkab. Lekin mazkur murakkab savolning taxminiy javoblari bor. O‘sha taxminiy javobni topa bilgan kishi - futbol olamida g‘olibdir hamisha! 

OCHL guruh bosqichining 4-turida «Paxtakor» «Ahal»ga qarshi sun’iy qoplamali maydonda to‘p surishi oldindan aniq edi. O‘shanda hech kimda «Nima sababdan sun’iy qoplamali maydonda o‘tkaziladi bu uchrashuv?» degan savol tug‘ilmadi. Holbuki, maydonning sun’iy ekanligining o‘ziyoq «Paxtakor» yoki O‘FAda shubha-gumon tug‘dirishi va bu masalada oldindan jiddiy izlanish va kuzatishlar olib borishi mumkin edi. Izlanish va kuzatishlar uchun asos - milliy terma jamoamizning Falastinda sun’iy qoplamali maydon muammosiga duch kelgani! Bizda asos bor edi. Lekin yana o‘sha muammo takrorlanarmidi degan xayolda bu masalaga e’tibor qaratilmadi. Milliy terma jamoamizning muhim rasmiy uchrashuvidan ikki kun oldin, boshimiz devorga borib urilgachgina bu mavzuda so‘zlayapmiz, delegasiyamiz muammoni hal qilishga intilmoqda. Vaholanki, noyabr oyi boshlarida, taxminan 3-4 noyabrda Ashxoboddagi «Ahal» to‘p suradigan sun’iy qoplamali maydon tarixi bilan qiziqilsa bo‘lardi...

Xullas, biz muammolar ortidan yurmasligimiz, aksincha, ularni oldindan bilishimiz va qarshi faktorlarni tayyorlashimiz darkor!

Ahadxon ABDUHAMITOV

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 10:35, 16.11.2023. O'qildi: 1369 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик