Bugun 8 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Xoland ovi: katta klublar ishga tushdi. Ular "maxluq"ni qanday rom etishmoqchi?

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Transferlar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Erling Xolandning agenti, superyulduz "Manchester Siti"dan ketishi mumkin ekaniga ishora qildi. 23 yoshli hujumchi "shaharliklar" bilan birinchi mavsumni fantastik darajada yakunlagandi. U trebl sohibi bo‘lish bilan bir qatorda, bir nechta individual sovrinlarga ham ega chiqqan. Joriy mavsumda ham Xoland o‘z ishini davom ettirmoqda. Ayni damda norvegiyalik hisobida 17 ta gol mavjud. Garchand Xoland Manchester klubida ajoyib davrlarni boshdan kechirayotgan bo‘lsa ham, futbolchining agenti Rafaela Pimenta uning yangi klubga o‘tishini inkor qilmayapti. Yaqin kelajakda bu narsa sodir bo‘lishi mumkin.

Pimentadan Xoland kelajagi haqida so‘ralganida, mutaxassis shunday javob beradi: "Avvalo, shuni aytishim kerakki, Erling o‘z taqdirini o‘z hal qiladi. Doimo, unga tanlash imkoniyatini berganman. Xoland o‘zi va "Manchester Siti" uchun eng yaxshi yo‘lni tanlay oladi deb o‘ylayman. Qachonki, Xoland va uning klubi o‘zgarishlarga tayyor bo‘lganida, shunda nimadir sodir bo‘lishi mumkin. Erling o‘z faoliyati davomida jamoasiga doimo hurmatni saqlab keladi. O‘ylashimcha, bu narsa har ikki tomonda ham mavjud. Shubhasiz, "Manchester Siti" ham Xolandning qabul qilajak qarorlariga hurmat bilan qaraydi. Agarda kelajakda, uning fikri o‘zgarib qolgudek bo‘lsa, hammasi hurmat asosida yuz beradi. Ketish hamma tomonning roziligi bilan bo‘ladi".

Quyida Erling Xoland uchun da’vogar jamoalarga e’tiboringizni qaratmoqchimiz. Demak, boshladik.

"Real"

Yozda madridliklar Karim Benzeman bilan xayrlashdi. Hozirda uning o‘rniga Xoselu olib kelingan. Aslida mavsum boshlanishidan oldin Kilian Mbappe olib kelinishi kerak edi. Ammo bunday bo‘lmadi. Agarda Mbappe masalasi omadli yakunlanmasa, u holda "Real" e’tibori Xolandga qaratiladi. Madrid klubi norvegiyalik evaziga 200 million funt to‘lov qilishi mumkin. Yaqindagina Xolandning agenti Pimenta "Santiagu Bernabeu"ga tashrif buyurgandi. Bu esa mish-mishlarni yanada urchishiga sabab bo‘ldi.

"Barselona"

"Barselona" Xolandning Ispaniyadagi boshqa bir manziliga aylanishi mumkin. Levandovski 35 yoshdan oshdi. Shu sababli yaqin kelajakda unga o‘rinbosar kerak bo‘ladi. Xoland esa "Borussiya Dortmund"dayoq "Barsa" muxlisi ekanini yashirib o‘tirmagan. Shu sabab, hujumchi sevimli jamoasiga o‘ta oladi. Ammo "Barsa"ga bu uchun katta pul kerak. 

"Yuventus"

Agarda Xoland A seriyaga borishni istasa, u holda "Yuventus" u uchun eng yaxshi manzil bo‘ladi. Turin klubi hujumchini 2017 yildayoq sotib olishga harakat qilgan. Ammo, o‘shanda "Molde"ning 2 million funtlik talabi "Yuventus"ga og‘irlik qiladi. Agarda "Yuventus"da Xoland asosiy maqsad bo‘lsa, u holda bu uchun pul yig‘ish kerak. Bu pul esa Vlaxovich kabi yulduzlarni sotish orqali yig‘iladi.

"PSJ"

"PSJ" 2011 yil qatarliklarlar tasarrufiga o‘tkazilgan edi. Shundan beri Parij jamoasida yulduzlar to‘p suradi. Messi va Neymar ketdi, Mbappe ham tez orada jamoani tark etadi. Shunday vaziyatda Xoland uchun katta maydon hozirlanadi. "PSJ"ga pul muammo emas. Yagona narsa bu Xolandning xohishi Fransiyaga yo‘nalgan bo‘lishi kerak.

"Chelsi"

"Manchester Siti" o‘rniga Xoland uchun eng kutilmagan variant bu "Chelsi" bo‘ladi. Todd Boeli kelganidan beri bir dunyo pul sarflangan bo‘lsa ham, jamoa ishlari hech yurishmayapti. "Chelsi"da ham Xoland xaridiga yetadigan pul bor. Ammo futbolchini ko‘ndirish kerak. Bu esa oson ish bo‘lmaydi.

 

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: caughtoffside.com
Kiritildi: 11:11, 17.11.2023. O'qildi: 3696 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик