Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Maoshlar bo‘yicha ramziy jamoa tuzildi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Rekordlar
Rukn: Yangiliklar
A A A

Ilgari, deyarli barcha ko‘p maosh oluvchi futbol yulduzlari Yevropada o‘ynashgan, ammo bu ko‘rsatkich 2023 yilda sezilarli darajada o‘zgardi.

MLS va Saudiya Arabistonida faoliyat olib borayotgan Krishtianu Ronaldu, Lionel Messi, Karim Benzema, Neymar kabilar bugungi kunda Yevropaning eng katta nomlaridan-da ko‘proq pul ishlashmoqda. Ammo Yevropaning eng jozibali klublari hali ham mo‘may maoshlarni yulduzlariga berishga qodir. Planetfootball.com sayti ekspertlari «Ko‘hna qit’a»ning bugungi kundagi eng ko‘p maosh olayotgan futbolchilardan tashkil topgan o‘ziga xos ramziy jamoani tuzishdi.

Darvozabon: Manuel Noyer («Bavariya») - 21 million yevro

David de Xea o‘tgan mavsumda dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi darvozabon unvoniga ega bo‘lgandi, ammo o‘tgan mavsum oxirida «MYU» bilan mega shartnomasi tugaganidan keyin bu unvonni yo‘qotdi. Endi bu nomga Myunxenning «Bavariya» klubi darvozaboni Noyer ega chiqdi. U jamoasi bilan amaldagi shartnomasini 2022 yilda uzaytirgan edi. Nemis kiperi «Bavariya»da ketma-ket 11ta Bundesliga chempionligini, shu jumladan 2ta treblni qo‘lga kiritganini hisobga olsak, uni klub rahbarlari qo‘llab-quvvatlagani adolatli hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, Noyer 2023 yilda ta’tilda chang‘i uchayotganda oyog‘ini sindirib olgan va deyarli bir mavsumni o‘tkazib yuborgandi.

O‘ng qanot himoyachisi: Ris Jeyms («Chelsi») - 15,2

Todd Beylining «aristokratlar»i so‘nggi yillarda o‘zlarining eng qimmatli yulduzlarini sotishga moyil bo‘lib, so‘nggi yillarda moliyaviy «feyr-pley» bosh og‘rig‘idan qochish uchun deyarli 200 million funt sterling daromad qildi. Ammo ular ishongan «Kobxem» akademiyasi bitiruvchilaridan biri Jeyms bo‘lib, u o‘tgan yilning sentyabrida 6 yilga shartnomani uzaytirdi va shundan beri klub sardori etib tayinlandi.

Chap qanot himoyachisi: Lyuka Ernandes («PSJ») - 19

Himoyachilar orasida eng qimmat uch yozgi transferdan biri - Ernandes yoz boshida 40 million yevro evaziga «PSJ»ga o‘tdi. 2018 yili Fransiya termasi bilan jahon chempioni bo‘lgan himoya­chi Parijda 5 yillik shartnoma imzoladi va Serxio Ramos ketganidan keyin Luis Enrikening orqa chizig‘ini birmuncha mustahkamladi.

Markaziy himoyachi: Rafael Varan («MYU») - 20,6

Varan 2021 yilda «MYU»ga kelgan paytda jahon chempionati va 4ta Chempionlar ligasi chempioni bo‘lganini hisobga olsak, uning vakillari yuqori maosh olish uchun katta talabi borligi aniq edi. Albatta, «qizil iblislar» Varanga yaxshigina haq to‘laydi. 30 yoshli futbolchi Premyer-ligadagi eng ko‘p maosh oluvchi himoyachi hisoblanadi.

Markaziy himoyachi: David Alaba («Real») - 22,5

Varanda bo‘lgani kabi, Alabaning maoshi «Real»da uncha katta munozaralarga sabab bo‘lmadi. Avs­triyalik futbolchi «Bavariya» bilan so‘nggi mavsumida «trebl» yutgan va Ispaniya poytaxtiga erkin agent sifatida kelgani ko‘pchilikning yodida. Alaba o‘zining qadr-qimmatini isbotladi, chunki «Los Blankos» o‘zining debyut mavsumida ham La Liga, ham Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi. Ikkinchi yil nisbatan umidsizlikka uchradi, ammo u ushbu to‘plamni Qirollik kubogi bilan yakunladi. Bunday olib qaralganda uncha yomon emas.

Markaziy yarim himoyachi: Frenki de Yong («Barselona») - 37,5

«Barselona» so‘nggi bir necha yil ichida o‘z maoshlarini kamaytirishga harakat qildi, Lionel Messi, Jerar Pike, Serxio Buskets va Jordi Alba kabi uzoq yillik yuqori maosh oluvchilar jamoani tark etishdi. Ammo de Yongning yiliga 37 million yevro miqdoridagi ulkan maosh paketi sobiq prezident Xosep Mariya Bartomeu davridagi muvaffaqiyatsiz sarmoyalar sirasiga kiradi. Agar u Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tmasa, bu amaldagi kelishuv deyarli uning faoliyatidagi eng yuqori maosh bo‘ladi.

Markaziy yarim himoyachi: Kevin De Bryuyne («Manchester Siti») - 24,3

«Manchester Siti»ning belgiyalik pleymeykeri Premyer-liganing eng ko‘p maosh oluvchi futbolchisi hisoblanadi. U shuningdek, agenti bo‘lmagan kam sonli futbolchilardan biri. Futbolda eng zo‘rlaridan biri bo‘lganingdan keyin agent nega kerak?

Markaziy yarim himoyachi: Toni Kroos («Real») - 24,3

Kroos 33 yoshda bo‘lsa-da, yaqin kelajakda nafaqaga chiqishini o‘ylamayapti. Nemis yarim himoyachisi faoliyatini yuqori saviyada tugatishni va buning biror joyda zaxira o‘rindig‘ida qolib ketishini istamasligini aytdi. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida tugaydi va madridliklar o‘z yarim himoyasini keyingi avlod uchun Jud Bellingem, Eduardo Kamavinga va Aurelyen Tchuameni bilan tartibga solganini hisobga olsak, u faoliyatini tugatishi ajablanarli emas. Kroos «Los-Blankos»dagi uzoq yillik jamoadoshi, iyun oyida «Bernabeu»da bir yillik shartnoma imzolaganidan keyin kamroq maosh oladigan Luka Modrichdan oldin mazkur ro‘yxatga kiritildi. Tez orada esa Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi haqida xabarlar tarqalmoqda.

Hujumchi: Usmon Dembele «PSJ» - 36,3

«Barselona»ni tark etib, Mbappe bilan birga o‘ynash uchun Dembele Parijga ko‘chib o‘tdi. Albatta, Neymar qilgan ishni takrorlashi ham ehtimoldan yiroq emas.

Hujumchi: Xarri Keyn («Bavariya») - 25

Erling Xoland bilan ajoyib raqobat tashkil etgan hujumchi haligacha Angliya terma jamoasi sardori hisoblanadi. 30 yoshli futbolchi «Bavariya»ning 100 million yevro narx bilan transferlar rekordini o‘rnatdi va bir zumda Bundesliga tarixidagi eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylandi.

Hujumchi: Kilian Mbappe «PSJ» - 72

Ko‘pchilikning fikriga ko‘ra, hozirda dunyoning eng yaxshi futbolchisi, Mbappe Yevropaning top-5 ligalaridagi boshqa o‘yinchilardan deyarli ikki barobar ko‘p maosh oladi. U Saudiya Arabistonidan kelgan mo‘maygina takliflarni rad etdi. Vaholanki, agar u Yevropaning istalgan boshqa klubiga ko‘chib o‘tsa, maoshini kamaytirishga to‘g‘ri keladi. Hatto «Real Madrid» ham bunday maoshni to‘lay olmaydi.

R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:30, 11.12.2023. O'qildi: 3246 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик