Bugun 3 fevral, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 22 55
2 Real Madrid 22 54
3 Atletiko 22 45
4 Vilyarreal 21 42
5 Betis 22 35
6 Espanyol 22 34
7 Selta 22 33
8 Real Sosyedad 22 28
9 Osasuna 22 26
10 Alaves 22 25
11 Atletik Bilbao 22 25
12 Jirona 22 25
13 Elche 22 24
14 Sevilya 21 24
15 Xetafe 22 23
16 Valensiya 22 23
17 Rayo Valyekano 22 22
18 Malyorka 21 21
19 Levante 21 18
20 Real Ovyedo 22 16

O'tgan o'yinlar.

22-тур Espanyol 1-2 Alaves
22-тур Real Ovyedo 1-0 Jirona
22-тур Osasuna 2-2 Vilyarreal
22-тур Levante 0-0 Atletiko
22-тур Elche 1-3 Barselona
22-тур Real Madrid 2-1 Rayo Valyekano
22-тур Betis 2-1 Valensiya
22-тур Xetafe 0-0 Selta
22-тур Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad

Navbatdagi o'yinlar.

19/02/26 Levante - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mundialni uch marta qo‘lga kiritgan, XX asrning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan afsonaviy Pele haqida

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Futbol tarixidagi eng yaxshi o‘yinchilardan biri, tom ma’noda “futbol qiroli” Pele faoliyatida juda yorqin natijalar qayd etgan. 1940 yilning 23 oktyabrida tavallud topgan Pele bundan bir yil avval, 2022 yil 29 dekabr kuni 82 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Quyida “qirol”ning faoliyatiga oid eng yorqin vaziyatlar yodga olinadi.

1. Vunderkindning Jahon Chempionatidagi debyuti
Pele 17 yoshida o‘zining ilk Jahon Chempionatida ishtirok etdi. Shvesiyadagi mundialda (1958 yil) SSSRga qarshi o‘yinda debyutini o‘tkazadi (Braziliya 2:0 hisobida g‘alaba qozongan), birinchi golini esa chorak finalda Uelsga qarshi uchrashuvda uradi.

Yarim finalda esa Fransiya 5:2 hisobida taslim etildi. Pele esa o‘sha o‘yinda 3 ta golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa braziliyalik vunderkind mundiallar tarixidagi het-trik qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi. Finalda esa Shvesiya ustidan 5:2 hisobida g‘alaba qozongan Braziliya o‘z tarixida birinchi marta chempionlikni nishonlaydi. Finalda ham Pele ikkita gol muallifiga aylandi.

2. Bir o‘yinda 8 ta gol
Pele yoshligidanoq sermahsullik namoyish etgan. 1964 yil 21-sentyabr kuni braziliyalik afsona “Santos” safida “Botafogo” darvozasiga 8 ta gol uradi.

3. Jahon Chempionligini uch marta qo‘lga kiritgan yagona futbolchi
Pele futbolchi sifatida mundialda uch marta g‘alaba qozongan yagona futbolchi hisoblanadi. Shvesiya, Chili va Meksika braziliyalik futbolchi uchun sevimli mamlakatlarga aylanib ulgurgan. 1970 yilgi Jahon Chempionati finalida Braziliya terma jamoasi Italiyaga qarshi maydonga tushadi. Mexikodagi “Asteka” stadionida 110 ming muxlis yig‘iladi. Meksikalik muxlislar tribunada braziliyalik muxlislar bilan birgalikda Braziliyani qo‘llab-quvvatladi.

Lotin Amerikasi jamoasi 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. Pele gol urdi va ikkita assistni amalga oshirdi. O‘yindan so‘ng Peleni yopishi kerak bo‘lgan italiyalik himoyachi Tarchizio Burgnicha “O‘yindan avval u hamma kabi teri va suyakdan tashkil topgan deb o‘ylagandim. Afsus, adashgan ekanman”, — deb tan oldi.

4. Braziliyalik chaqmoq
O‘zining mehnatsevarligi evaziga Pele futbolda yuksak natijalarga erishgan. U faoliyatining eng yuqori nuqtalarida yengil atletikachilar kabi 100 metr masofani 10 soniyada bosib o‘tardi. Agar Pele hozirgi zamonda faoliyat olib borganda, Useyn Bolt bilan bemalol raqobatlashgan bo‘lardi. Afsonaning bo‘yi unchalik uzun bo‘lmagan — 173 santimetr uning ikki metr yuqoriga sakray olishiga xalaqit qilmagan. Buyuk hujumchi yengil atletika bo‘yicha Jahon chempionatlarida ishtirok etsa, oltin medalga da’vogarlik qila olardi.

5. “Santos” ramzi
Pele faoliyatining 18 yilini San-Pauluning “Santos” klubiga bag‘ishlagan. 1956 yildan to 1974 yilga qadar hujumchi “Santos” safida 1091 ta gol uradi. Klub tarixi ikkiga bo‘linadi: “Pelega qadar” va “Peledan keyin”. Afsona bilan birgalikda jamoa 5 marta Braziliya Kubogi, 2 marta Libertadores va 2 marta Mintaqalararo Kubok sohibiga aylanadi. 2014 yilda “Santos” Pele bilan uning obrazidan umrbod foydalanish bo‘yicha shartnoma imzolaydi. Endi jamoa va futbolchi bir butun.

6. 1000+
Pele — “1000” klubi a’zosi. U 21 yillik faoliyati davomida umumiy hisobda 1389 ta gol (ba’zi manbalarda 1281 ta deyiladi) urgan. Faqatgina avstriyalik hujumchi Yozef Bisan (1468) va germaniyalik Gerd Myuller (1461) braziliyalik futbolchidan ko‘proq gol urgan.

7. Pele kuni
1969 yil 19 noyabr Braziliya futboli tarixidagi muhim sanalardan biri bo‘lib qoldi. “Marakana” stadionida “Santos” “Vasko da Gama”ga qarshi o‘ynadi. Pele o‘sha uchrashuvda 1000-golini urdi. Shu munosabat bilan Braziliya aloqa vazirligi futbolchiga atalgan dunyodagi yagona pochta markasini yaratdi. Shundan buyon ko‘plab braziliyaliklar 19 noyabrni Pele kuni sifatida nishonlaydi.

8. XOQ versiyasiga ko‘ra eng yaxshi sportchi
1999 yilda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Peleni XX asrning eng yaxshi sportchilari top-5 ligiga kiritadi. Eng qizig‘i, braziliyalik futbolchi Olimpiada o‘yinlarida umuman ishtirok etmagan.

9. XX asrning eng yaxshi futbolchisi
Bir nechta yirik nashriyotlar Peleni o‘tgan yuz yillikning eng yaxshi futbolchisi deb e’tirof etadi. Braziliyalik futbolchi World Soccer, France Football, Guerin Sportivo, Placar kabi jurnallar talqiniga ko‘ra XX asrning eng yaxshi futbolchisi nomiga loyiq ko‘rilgan. Undan tashqari, Pele FIFA tomonidan tuzilgan “XX asrning ramziy jamoasi” tarkibiga kiritilgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 10:00, 31.12.2023. O'qildi: 1726 marta. Fikrlar: 4 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 22
2 Мальорка Vedat Muriki 14
3 Барселона Ferran Torres 12
4 Осасуна Ante Budimir 10
5 Барселона Robert Levandovski 9
6 Барселона Lamin Yamal 9
7 Вильярреал Alberto Moleyro 8
8 Барселона Rafinya 8
9 Бетис Kucho Ernandes 8
10 Сельта Borxa Iglesias 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.