Bugun 10 iyun, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

Navbatdagi o'yinlar.

01/01/70 Lids - Byornli
01/01/70 Arsenal - Fulhem

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Toshkentdagi qit’a chempionati Osiyo og‘ir atletikachilariga Olimpiada reyting ochkolarini taqdim etadi

Baho:
+ | -
SPORT
Rukn: Yangiliklar
A A A

Joriy yilning 2-10 fevral kunlari poytaxtimizda og‘ir atletika bo‘yicha qit’a chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi.

Yurtimizda tashkil etilayotgan 2024 yilning ilk nufuzli sport musobaqasiga tayyorgarlik ishlari qanday olib borilmoqda? Ushbu qit’a chempionatida qancha mamlakatning necha nafar sportchisi “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari reyting ochkolari uchun kurash olib boradi?

O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Azamat Sharipovning bildirishicha, Osiyo og‘ir atletikachilari uchun “Parij-2024” Olimpiadasining so‘nggi reyting musobaqasi hisoblangan mazkur nufuzli musobaqada 34 ta mamlakatning 250 nafardan ziyod sportchilari ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

Osiyo chempionati yilning eng muhim xalqaro musobaqasi bo‘lgani sababli mamlakatimizda tashkil etilayotgan musobaqani kuzatib borish uchun O‘zbekistonga Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi rahbariyati, Osiyo og‘ir atletika federasiyasi ijroiya qo‘mitasi a’zolari, Xalqaro antidoping agentligining 4 nafar eksperti kelishi kutilmoqda.

Toshkent sport maydonida o‘tadigan musobaqalarni “Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi a’zolari, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi mutaxassislari onlayn kuzatib borishi ham bu yilgi qit’a chempionatining nufuzi nechog‘li balandligidan, jahon sportining yetakchi mutaxassislari nigohi mamlakatimizga qaratilayotganidan dalolat.

Xo‘sh, tarkibida Olimpiya o‘yinlari, jahon va qit’a chempionatlarining g‘oliblari Ruslan Nuriddinov, Akbar Jo‘rayev, Rustam Jangaboyev, Doston Yoqubov, Muhammadqodir Toshtemirov kabi mahoratli sportchilarni jamlagan O‘zbekiston milliy terma jamoasi qit’a chempionatiga qanday tayyorgarlik ko‘rmoqda?

– Toshkentda o‘tadigan bu galgi qit’a chempionati oldingi musobaqalardan o‘z mavqei bilan alohida ajralib turadi. Unda “Parij-2024” Olimpiadasi reyting ochkolari o‘ynalishi terma jamoamiz uchun katta mas’uliyat yuklaydi, albatta. Hozirda tayyorgarlikni belgilangan reja asosida olib bormoqdamiz. Toshkent musobaqalarida qatnashadigan asosiy tarkib bilan qit’a chempionati oldidan so‘nggi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarida qatnashish uchun Ozarbayjon poytaxti Bokuga yo‘l olmoqdamiz. U yerdagi mashg‘ulotlarimiz 4 fevralga qadar davom etadi. Ayollar terma jamoamiz esa chempionatga tayyorgarlikni Chirchiqda davom ettiradi. Chempionatda ishtirok etadigan asosiy tarkibni musobaqa boshlanishi oldidan e’lon qilamiz, — deydi milliy terma jamoa bosh murabbiyi Bahrom Mendiboyev.

Mazkur chempionatning har jihatdan yuqori saviyada o‘tishini ta’minlash uchun dunyoning bir qator davlatlaridan 40 nafardan ziyod og‘ir atletika hakamlari, mutaxassislari, ekspertlar Toshkent sport maydonlarida xizmat ko‘rsatishi belgilangan.

Yana bir e’tiborli jihat, qit’a chempionatining so‘nggi kunida poytaxtimizda Osiyo og‘ir atletika federasiyasining navbatdagi kongressi, ijroiya qo‘mita yig‘ilishi, murabbiylar va hakamlar seminarlari tashkil etiladi. Aynan mazkur tadbirlarda Osiyo og‘ir atletika federasiyasining keyingi to‘rt yillik faoliyatiga daxldor bo‘lgan muhim qarorlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Manba: uzwf.uz
Kiritildi: 12:46, 08.01.2024. O'qildi: 1138 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик