Bugun 9 aprel, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 5 15
2 Bunyodkor 6 13
3 Paxtakor 5 12
4 Navbahor 6 12
5 Nasaf 6 11
6 Buxoro 5 10
7 Lokomotiv 6 8
8 Xorazm 6 8
9 Surxon 6 8
10 Dinamo 6 7
11 Andijon 6 6
12 Qo‘qon-1912 6 6
13 Qizilqum 5 6
14 OKMK 6 5
15 So‘g‘diyona 6 2
16 Mash’al 6 0

O'tgan o'yinlar.

6-тур Lokomotiv 1-1 Xorazm
6-тур Mash’al 0-1 Bunyodkor
6-тур Andijon 0-1 Navbahor
6-тур Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
6-тур OKMK 1-1 Surxon
6-тур Dinamo 2-1 So‘g‘diyona

Navbatdagi o'yinlar.

09/04/26 Neftchi - Paxtakor
09/04/26 Buxoro - Qizilqum

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yevropaning top-5 ligalarida qishki chempionlik nimadan darak?

Baho:
+ | -
YEVROPA
Rukn: Yangiliklar
A A A

Futbol atrofida qiziqarli hisob-kitoblar juda ko‘p. Jumladan, turli davrlar natijalarini o‘zaro taqqoslash keng tarqalgan.

Qiziq, 2023 yilni Yevropaning kuchli 5ta ligasi turnir jadvalida karvonboshi maqomida yakunlagan klublarda joriy mavsum chempion bo‘lish imkoniyati qanday? Championat.com sayti ijodkorlari aynan shu masalaga qiziqib, oxirgi 8 yilda qishki liderlar mavsumni qanday yakunlashganini ko‘rib chiqishdi. Xo‘sh, Yevropaning kuchli ligalarida qishki chempion qanchalik tez-tez «oltin» yutgan?

APL - «LIVERPUL»

Angliyada 2015|2016 yillar mavsumidan buyon qishki chempion 8ta holatdan 5tasida yetakchilikni qo‘ldan chiqarmadi. Ya’ni yangi yilni 1-o‘rinda qarshi olgan jamoalar 62,5 foiz holatda taxtdan tushmagan. Shu nuqtai nazardan qarasak, «Arsenal»ning qoqilishidan unumli foydalangan «Liverpul»da imkoniyat ko‘proqdek, lekin chempionlik kurashida «Manchester Siti»dek nahang borligini unutmaslik kerak.

LA LIGA - «REAL»

Oxirgi 8 mavsumga qarasak, Ispaniyada qishki chempion atigi 1ta holatda bosh sovrindan mosuvo qoldi yakunda. Gap 2020 yilni La Liga peshqadami sifati qarshi olgan «Barselona» haqida ketmoqda. Xullas, Ispaniya Primerosida qishki peshqadamning yakunda g‘alaba qozonish ehtimoli 87,5 foizga teng 8 yillik tahlil bo‘yicha.

«A» SERIYA - «INTER»

Italiyada vaziyat boshqacha. Oxirgi 8 yilda «A» seriyaning qishki chempioni atigi 50 foiz holatda skudetto sohibiga aylandi. Oddiy aytganda, 2015|2016 yillar mavsumidan buyon yangi yilni peshqadam sifatida qarshi olgan klublar 4ta holatda o‘z mavqeini saqlab qololmadi finishga qadar.

BUNDESLIGA - «BAYER»

Germaniya chempionati bu borada ancha barqaror. Ya’ni oxirgi 8 mavsumda qishki pesh­qadam atigi 2 holatda o‘z mavqeni boy berdi. Aniqroq aytsak, «Borussiya» D. (2018|2019) va «RB Leypsig» (2019|2020) oraliq marradagi holatini finishgacha saqlab qololmadi. Demak, Bundesligada 75 foiz holatda qishki chempion yakunda «Kumush lagan» egasiga aylandi.

LIGA 1 - «PSJ»

Fransiyada ham qishki chempionning oltin medal yutish ko‘rsatkichi 75 foizga teng. Faqat 2 mavsumda oraliq davr yetakchisi Liga 1-da yakuniy g‘alabani tantana qilolmadi: «Nissa» va «Lion». Qisqasi, «PSJ» oxirgi 8 yilda o‘z mavqeini biror marta boy bermadi.

O.ATABOYEV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:55, 10.01.2024. O'qildi: 2027 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Нефтчи Stipe Perisa 4
2 Сурхон Chinedu Stefan 4
3 Пахтакор Doston Hamdamov 3
4 Нефтчи Alisher Odilov 3
5 Динамо Firdavs Abdurahmonov 3
6 Нефтчи Zoran Marushich 3
7 Бухоро Shahzodbek Ubaydullayev 2
8 ОКМК Abror Karimov 2
9 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 2
10 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 2

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик