Bugun 14 may, 2026 yil, payshanba.

  • La-liga
      • 13.05.2026 00:30
      • Osasuna
      • 1:2
      • Atletiko
      • 13.05.2026 22:00
      • Espanyol
      • 2:0
      • Atletik Bilbao
      • 13.05.2026 22:00
      • Vilyarreal
      • 2:3
      • Sevilya
      • 14.05.2026 00:30
      • Alaves
      • 1:0
      • Barselona
      • 14.05.2026 00:30
      • Xetafe
      • 3:1
      • Malyorka
      • 14.05.2026 22:00
      • Valensiya
      • -:-
      • Rayo Valyekano
      • 14.05.2026 23:00
      • Jirona
      • -:-
      • Real Sosyedad
      • 15.05.2026 00:30
      • Real Madrid
      • -:-
      • Real Ovyedo
  • APL
      • 14.05.2026 00:00
      • Manchester Siti
      • 3:0
      • Kristal Pelas
      • 16.05.2026 00:00
      • Aston Villa
      • -:-
      • Liverpul
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 36 91
2 Real Madrid 35 77
3 Vilyarreal 36 69
4 Atletiko 36 66
5 Betis 36 57
6 Selta 36 50
7 Xetafe 36 48
8 Real Sosyedad 35 44
9 Atletik Bilbao 36 44
10 Rayo Valyekano 35 43
11 Sevilya 36 43
12 Osasuna 36 42
13 Valensiya 35 42
14 Espanyol 36 42
15 Alaves 36 40
16 Elche 36 39
17 Malyorka 36 39
18 Levante 36 39
19 Jirona 35 39
20 Real Ovyedo 35 29

O'tgan o'yinlar.

36-тур Selta 2-3 Levante
36-тур Betis 2-1 Elche
36-тур Osasuna 1-2 Atletiko
36-тур Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
36-тур Vilyarreal 2-3 Sevilya
36-тур Alaves 1-0 Barselona
36-тур Xetafe 3-1 Malyorka

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05/26 Jirona - Real Sosyedad
15/05/26 Real Madrid - Real Ovyedo

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Qishki bozor ramziy jamoasi!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Yangiliklar
A A A

APL klublari jarohatlar epidemiyasi avj olgani bir pallada, o‘z maqsadlariga yetish uchun qishda bir nechta xaridlarni amalga oshirishi turgan gap.

Shuning uchun Yevropada, xususan Angliyada yanvar oyi juda ham qizg‘in kechishi kutilmoqda. Thesun.co.uk sayti quyida ehtimoliy  transferlar asosida tuzilgan ramziy terma jamoani taqdim etadi. Undan ko‘plab yulduzlar va ularning yangi manzillari joy olgan.

David De Xea

«MYU»ning sobiq darvozaboni yozdan beri klubsiz yuribdi. De Xea haftasiga 350 ming funt maosh olar edi. Ammo klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishilmadi. Shu sababli, u erkin agentga aylangan. Hozirda 33 yoshli posbon xizmatlariga «Nyukasl» va «Barselona» qiziqish bilan qaramoqda. Negaki, har ikki klubning asosiy darvozabonlari uzoq muddatga safdan chiqqan.

Denzel Dyumfris

Dyumfris o‘tgan mavsum porlay boshladi. U «Inter»ni YECHL finaliga yetib borishida juda katta mehnat qilgandi. O‘ng qanot himoya­chisi uchun talabgorlar ko‘p ekani aytilgan. Ular ichida «MYU», «Chelsi» va «Tottenxem» bor. Dyumfris narxi esa 43,5 million funt­ga teng.

Jan-Kler Todibo

Todibo fransuz futbolining kelajakdagi yorqin yulduzi sifatida ko‘rilgan. Uning «Nissa»dan ketish ehtimoli juda baland. Negaki, 23 yoshli himoyachi allaqachon katta klublar radariga tushgan. Todibo ayni damda 39 million funtga baholanmoqda. Unga da’vogarlarning eng jiddiysi bu «MYU»dir. Agarda «qizil iblislar» boshiga Retkliff kelsa, Todibo transferi reallikka aylanadi. Lekin so‘nggi xabarlarga ko‘ra, «Tottenxem» ham yosh himoyachi uchun kurashga qo‘shilgan.

Antonio Silva

Silva 20 yosh bo‘lishiga qaramasdan, allaqachon «Benfika» mudofaasida muhim figuraga aylanib ulgurdi. Uning narxi ayni damda 85 million funtga teng. Silva uchun «Manchester Yunayted» eng yirik da’vogar va u uchun belgilanadigan narxni to‘lab berishga tayyor.

Alfonso Devis

Kanada terma jamoasi a’zosi dunyoning eng yaxshi chap qanot himoyachisi sanaladi. U uzoq yillik davrdan keyin, «Bavariya»ni tark etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. 25 yoshli futbolchiga Myunxen klubi taklif etgan yangi bitim shartlari yoqmayapti. Hozirda Devisga «Real», «Manchester Siti» hamda «Liverpul» qiziqish bilan qaramoqda.

Jota

«Al-Ittihod» vingeri boshidan og‘ir davr­lar kechmoqda. Negaki, portugaliyalikni Nunu Eshpiritu Santu asosiy tarkibdan chiqarib tashlagandi. Sobiq «Seltik» futbolchisi yana Yevropaga qaytishni istamoqda. Unga «Tottenxem» da’vogar sanaladi. Angelos Postekoglu Jotani o‘z jamoasida ko‘rishni istaydi.

Duglas Luis

Luis «Aston Villa»ning maydon markazida muhim figura hisoblanadi. Ayni damda u o‘z jamoasi bilan fantasik natija qayd etmoqda. Braziliyalik yarim himoyachiga «Arsenal» qiziqish bildirgan. U tez orada Deklan Rays bilan birlashishi mumkin.

Joau Palinya

«Arsenal» tomonidan kuzatilayotgan yana bir yarim himoya vakili bu Palinyadir. Portugaliyalik futbolchi yozda «Bavariya» tomonidan sotib olinishiga bir bahya qolgan edi. Ammo bu ish amalga oshmadi. Yanvar esa Palinyaga katta klubga o‘tish borasida yana bir imkon beradi.

Pedru Netu

Netu «Vulverxempton»dagi eng foydali futbolchilardan biridir. Aniqrog‘i, jarohat olguniga qadar shunday edi. Portugaliya terma jamoasi a’zosi 10ta APL o‘yinida 8ta assist va 1ta gol urishga erishgan. «Arsenal» Netu uchun kurashda mavjud. Yanvar oyida to‘pchilarning uzoq muddatli orzusi amalga oshishi mumkin.

Ayvan Touni

Tounining o‘tgan mavsumda olgan taqiqi 17 yanvar kuni o‘z nihoyasiga yetadi. Shu sababli ko‘pgina klublar 27 yoshli hujumchini sotib olishni o‘ylamoqda. 70 million funtga baholangan hujumchi hozirda «Chelsi» va «Tottenxem» nishonida turibdi.

Viktor Osimxen

Osimxen 2022|23 yilgi mavsumda «A» seriyani eng yaxshi to‘purar sifatida yakunlagandi. U 26ta gol bilan «Napoli»ni mamlakat chempioniga aylantirgan. Hozir esa 25 yoshli hujumchi jamoadan ketishi mumkin. 120 million funtga baholangan futbolchini «Chelsi» sotib olishi taxmin qilingan. Negaki, «Chelsi»dan o‘zga hech bir jamoa bunday miqdordagi summani to‘lash istagida emas.

 R.IBROHIMOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:54, 18.01.2024. O'qildi: 5164 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 22
3 Осасуна Ante Budimir 17
4 Барселона Ferran Torres 16
5 Барселона Lamin Yamal 16
6 Реал Мадрид Vinisius Junior 15
7 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 15
8 Сельта Borxa Iglesias 14
9 Атлетико Aleksandr Serlot 13
10 Барселона Robert Levandovski 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик