Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • -:-
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Torino
      • -:-
      • Yuventus
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • -:-
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • -:-
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • -:-
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • -:-
      • Kalyari
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Telbavor xarid – kibrmi yoki isrof?

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Zamonaviy futbol yulduzlari aqlga sig‘mas darajada ko‘p pul topishayotgani - ayni haqiqat.

Biroq ayrimlar banknot bilan muomala qilishni bilmaydilar yoki shunchaki, uning qadriga yetmaydilar. Boz ustiga, ko‘plab futbolchilar qimmatbaho buyumlar va ortiqcha dabdabaga juda o‘chlar. Bundaylarning asosiy shiorlari oddiy - «Ko‘rdingmi, mahkam ushla!» Qalloblar - diler va riyeltorlar esa futbolchilarning ishonuvchanliklaridan foydalanib, million-million dollar ishlaydilar. Ana, Krishtianu Ronaldu sotib olgan ko‘chmas mulklardan birining qiymati birdaniga 2 baravar arzonlashib ketdi.

Rossiyalik Kokorin va Mamayev bir kechaning o‘zida ichimliklar uchun 14 mln. rubl­ni ko‘kka sovurishgani doston bo‘lgandi. Vaholanki, ular mol-davlat bobida Ronaldu yaqiniga ham borolmaydilar. Umuman, futbolchilar giyohvand moddalar, spirtli ichimliklar va maishatbozlikka qancha sarflashlarini aniq hisoblash umuman imkonsiz. Lekin har yili millionlab yevro daryodek oqayotgani ta­yin. Futbolchilar shuningdek, aslida hech qachon amalga oshmaydigan «biznes»ni bahona qilib kelgan do‘stlari va yaqinlariga katta-katta qarz beradilar. Qisqasi, ularning katta miqdordagi va ko‘pincha bema’ni xarajatlarini bir necha toifaga ajratish mumkin. Birinchisi - ko‘chmas mulk. Ota-onasi yoki o‘zi uchun uy sotib olish mantiqan o‘rinli, albatta. Biroq 3ta qasr yoki mehmonxona uchun millionlarni sovurish isrofgarchilikdan o‘zga narsa emas. Misol uchun, Ronaldu Monte-Karloda 140 mln. yevroga olgan mehmonxonadan hanuz foyda ko‘rmagan. Jon Terri esa 50 «li­mon»dan ko‘proq mablag‘ini uylarga sarflagan. Ueyn Runi xarid qilgan uylarning har biri 20 mln. dollardan qimmat. Devid Bekxem anchadan buyon AQSHda istiqomat qilmoqda, Londondagi 50 «limon»lik qasri esa bo‘m-bo‘sh. Hayotlarining yarmini safarda o‘tkazadigan va 10talab yotoqxonaga ehtiyoj sezmaydigan yigitlarning qator-qator turar-joy sotib olishlari ajablanarli...

Sayohat baxtli insonlarga nasib etadigan o‘rinli xarajat toifasiga kiradi. Lekin dam olishning turlari juda ko‘p. Ronaldu restoranda tamaddi uchun 20000 yevroni choychaqaga sarflagan bo‘lsa, Neymar jarohatlanganidan foydalanib, kruizga yo‘l olgan. Sayohat yaxshi, biroq suv kemasida kazino bor, Neymar millionlarni boy berishi mumkin. Janluiji Buffon va Ueyn Runi ham millionlarni yutqazishgan, Gillespi naq 8 mln. funtga teng qarzga botgan. Yana qanchadan-qancha futbolchilar qimorda katta summa yo‘qotsalarda, hammasini yashirishga urinadilar.

Navbatdagi isrofgarchilik toifasi - transport vositalari. Messi va Ronalduning xususiy samolyotlari hech kimni ajablantirmaydi. Chunki ular milliarderlar. Lekin shvesiyalik Ibragimovich, uelslik Beyl, braziliyalik Neymar va fransiyalik Pog­ba ham o‘z havo kemalariga egalar. Ayniqsa, Pol ko‘pchilikdan ajralib turish, «krutoy jentlmen»lar safida yurishni yoqtiradi. Biroq samolyot hatto millioner uchun ham qimmatbaho manmanlik, xolos. Mana, Krishtianuga tegishli qanotli «tulpor» 65 «limon» «suvini siqqan», Messi esa 45 millionni havoga uchirgan. Ibragimovich samolyotga 26 million sarflagan, Neymar esa 22 million. Tabiiyki, samolyot o‘z-o‘zidan uchmaydi. Bir yoqda ekipaj a’zolarini ish haqi bilan ta’minlash masalasi... Neymarda navbatdagi model bilan parvoz qilish g‘oyasi tug‘ilganiga qadar butun ekipaj dam olib, kutadi, lekin maosh yozilaveradi. Braziliya­lik hatto qizaloqli bo‘lganidan keyin ham bu odatidan voz kechmadi.

Ronaldinyo, Kaka, Bekxem va Runida ham shaxsiy samolyot bor. Keyinchalik Xalk ular safidan joy oldi. Biroq jamoaviy sport vakilining uchrashuvlarga yakka tartibda, o‘z samolyotida parvoz qilishida ma’no bormi? Yo‘q, futbolchining shunday qilishiga hech kim ruxsat bermaydi. Xonanda Teylor Smit shunday yo‘l tutishi mumkin. Chunki gastrol safarida har kuni parvoz qilishiga to‘g‘ri keladi. Teylor xonim har yili 1 oy vaqtini samoda o‘tkazadi, bu - uning ishi. Futbolchining rafiqasi yoki ma’shuqasi uchun alohida samolyot - g‘irt bema’nilik. Ular biznes-toifada parvozga chiqishlari mumkin-ku.

Futbolga aloqador shaxslar orasida millionlarni san’at asarlariga sarflaydiganlar ham yo‘q emas. Masalan, Fabio Kapello rassomlik san’atini tanlagan, Messi esa kolleksiyaga qo‘yilgan «Ferrari» uchun 32 mln. yevrodan voz kechgan, uni istagan mahal qimmatroqqa pullashi mumkin. Lekin futbolchilar orasida yangi, bahosi pasayib borayotgan avtomobillarni xarid qilish odati ham avj olgan. Bunday «toychoq»larni katta chegirma bilan sotish mumkin, xolos. Bundanda yomonroq holat shuki, so‘nggi yillar futbolchilarni NFT (100000 yevrodan qimmatroq turadigan surat) va kripto-valyuta bilan chuv tushirishmoqda. Millionlab mablag‘lar aynan shu yo‘nalishda xazon bo‘lmoqda. Turli qallobliklardan «og‘zi kuygan» futbolchilar endi saroylar emas, shunchaki, qimmatbaho uylarni xarid qilishmoqda. Bu sohadagi muammo - futbolchilarning o‘tkir didli emasliklari. Masalan, eng mashhur me’morlardan biri Azar va uning rafiqasi bilan janjallashib qoldi. Belgiyalik gamburger shaydosi mutaxassisni uyga o‘zgarish kiritish uchun olib kelgandi. Ronaldu xarid qilgan uylarning dizayni ham talab darajasida emasdi. Didni esa pulga sotib olishning iloji yo‘q. Faqat liboslar dizaynerlariga rahmat aytish mumkin. Har holda, ular futbolchilarni to‘g‘ri yo‘lga boshladilar - Mbappe tengdoshlari Evra zamondoshlariga nisbatan modani yaxshiroq his etadilar. Patris vaqtida ajabtovur liboslari bilan «MYU»da chinakamiga kulgi bo‘lgandi.

Xarajatning salmoqli qismi - pulni ko‘kka sovurish. Deyarli barcha futbolchilarda behuda xarajat bor. Ular ichidan faqat sovg‘alarga ijobiy baho berish mumkin. Xoland «Borussiya» D. bilan xayrlashuv chog‘i klubning barcha a’zolariga soat ulashish uchun 500000 yevrodan voz kechgandi. Ronaldu esa sobiq agenti Mendeshga Gresiyadan 10 «limon»lik orolni to‘yona sifatida olib berdi. Ibragimovich Shvesiyadagi orolda ovchilik qilish va baliq tutish uchun 2,5 mln. dollardan voz kechdi. Messida 12 mln. dollarga baholangan yaxtasi, bor, Serxio Ramosga tegishli kemaning narxi - 6 mln. Biroq na Neymarning vertolyoti (11 mln. dollar), na futbolchilar kolleksiyalaridagi avtomobillarni o‘rinli xarid sifatida baholash mumkin.

Ronaldinyo va Kafu millionlardan judo bo‘lishdi, «Liverpul»ning sobiq vakili Riise va vaqtida Angliya terma jamoasi darvozasini ham qo‘riqlagan Jeyms topganlaridan ko‘proq mablag‘ni ko‘kka sovurishdi, marhum Maradonaning qarzi 50 millionga yetganida, u bankrot holatini tan olgandi. Endi shubhali shaxslar jahon futbolini sotib olishga urinmoqdalar. Superliga loyihasi tashkilotchilari real daromadga asoslanmagan 15 mlrd. yevroni tarqatish niyatidalar. Ish haqining oshirilishi futbolchilarni aqlliroq qilib qo‘ymagani ularning behuda xarajatlaridan ko‘rinib turibdi. Agar futbolchiga 1 mln. o‘rniga 10 mln. bersangiz, u o‘zini barchasini lotereyada yutib olgandek tutadi. Bema’ni xaridlar festivali davom etaveradi. Chunki maosh klublarning real daromadiga asoslangan emas. Shu masalani ijobiy hal etish vaqti keldi, aks holda, jahon futboli ligalardagi bankrotlik holatlariga duch kelishi mumkin.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:50, 12.02.2024. O'qildi: 2903 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик