Bugun 5 iyun, 2026 yil, juma.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Turk futbolidagi rekord transfer

Baho:
+ | -
YEVROPA / Transferlar / Rasman tasdiqlangan
Rukn: Yangiliklar
A A A

Sasha Boe - «Bavariya» debyutanti. Fabrisio Romanoning ma’lumotiga ko‘ra, «Galatasaroy»ning 23 yoshli o‘ng qanot  himoyachisi uchun myunxenliklar 30+5 mln. yevrodan voz kechishdi.

O‘tgan mavsumda «Bavariya»da o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasi muammolardan xoli edi. Nussair Mazraui va zarur pallada maydonga tushadigan Jashua Kimmixdan tashqari, Benjamen Pavar, Yosip Stanishich va Joau Kanselular ham to‘p surishdi. Biroq mavsum yakuniga yetgach, fransuzni «Inter»ga sotib yuborishdi, Xorvatiya vakilini «Bayer»ga ijaraga berishdi, ijarada o‘ynagan portugaliyalikni esa «Manchester Siti»ga qaytarishdi.

Joriy mavsumda o‘ng qanot himoyasini nazariy jihatdan 4 nafar futbolchi yopishi mumkin edi. Hozircha bu to‘rtlik jamoaga faqat ruhan madad berishga qodirlar:

** Nussair Mazraui - ixtisosi bo‘yicha o‘ng qanot himoyachisi. Dekabrda jarohat olgan bo‘lsada, Afrika Kubogi turniriga yo‘l oldi va Tomas Tuxelning nafratini qo‘zg‘adi: «Ajabtovur vaziyat. U ish haqini klubdan oladi, unda shartnoma bor, u esa hamon salomatligini tiklash mashqlari bilan ovora». Marokash terma jamoasi turnir favoritlaridan sanalishiga qaramay, turnirni erta tark etdi...

** Buna Sarr - ixtisosi bo‘yicha o‘ng qanot himoyachisi. Dekabr oyida xochsimon payidan jarohat oldi, mavsum yakunigacha safga qaytishi gumon.

** Konrad Laymer - zarurat tufayli o‘ng qanot himoyachisi pozisiyasida o‘ynashi mumkin bo‘lgan (o‘ynagan) markaziy yarim himoyachi. Mushaklari shikastlanishi oqibatida 1,5 oyga safdan chiqdi, yordam bera olmaydi.

** Joshua Kimmix - vaqti-vaqti bilan o‘ng qanot himoyasida to‘p surgan markaziy yarim himoyachi. Uning yelkasi shikastlangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bir nechta o‘yinlarda maydonga tusha olmaydi. Laymer va Kimmix jarohat olishlaridan avval ham o‘ng qanotni kuchaytirish lozimligi ma’lum edi: bu futbolchilar markaz uchun kerak edilar. Sarr muxlislar ermagiga aylandi, Mazraui tez-tez jarohat oladigan bo‘lib qoldi.

Nazariy jihatdan o‘ng qanotni «Bavariya» nishonida turgan Fikayo Tomori, Radu Dregushin yoki Ronald Arauxo bilan to‘ldirish mumkin edi. Biroq ular ham markazda to‘p suradigan o‘yinchilar.

Kerakli ixtisosdagi o‘yinchini transfer darchasi yopilishidan (1 fevral) avval xarid qilish talab etilgandi. Jeremi Frimpong («Bayer»), Nordi Mukiyele («PSJ») va Kiran Trippyerlar transferlari ko‘rib chiqildi. Trippyer masalasida tomonlar «Bavariya» foydasiga kelishuvga erishgandilar. Biroq tez orada «Nyukasl» Kiran uchun katta mablag‘ talab qilgani sababli transfer amalga oshmadi.

Turk futboli uchun tarixiy kun

Shu paytgacha mahalliy chempionatda bunchalik qimmat transfer bo‘lmagandi. Jenk Tosunning rekordi 6 yil umr ko‘rdi. Turk futbolchisining APLdagi faoliyati avvalgi rekordchi bo‘lmish bosniyalik Balichning La Ligadagi ishtiroki kabi unchalik yurishmadi. Asrlar almashuvi davrida 21 mln. yevroli transfer Turkiya chempionati uchun kutilmagan hodisa edi. Biroq «Real»da Balich ishonchni oqlay olmadi: boshlang‘ich tarkibdagi 3ta o‘yin, bitta gol, jarohatlar. Lekin YECHL Kubogi sohibi. Tez orada Balich Turkiyaga qaytdi.

Top-sotuvlar beshligi aynan 2023/24 yillar mavsumida ikki bor o‘zgardi. Hozir Boe yangi jamoaga o‘tdi, undan avvalroq Arda Gyuler «Real»ga yo‘l olgandi. To‘g‘ri, turk o‘g‘loni yanvarda «qirollik klubi»dagi debyutini nishonladi. Yirik transferlarning aksariyati (6ta) «Fenerbaxche»da amalga oshirildi. Turkiyaning qolgan top-klublari yetakchi o‘nlikda kam ko‘rinish beradilar.

Sasha Boe kim?  Tennis bilan  shug‘ullangan va  Kamerunga hech qachon bormagan

Boe bolaligida tennis bilan shug‘ullangan va mohir tennischiga aylanishi mumkin edi. Biroq yakunda jamoaviy sportni tanladi va «Renn» tizimida tahsil ola boshladi. 18 yoshida Sasha Liga 1da ilk bor maydonga tushdi. «Dijon»dagi 1 yillik ijaradan keyin uni «Galatasaroy» 5,65 mln. yevroga xarid qildi. Lekin jarohat tufayli debyutini nishonlay olmadi.

Keyingi mavsumda Boe Turkiya chempionatida zafar quchdi, 178 sm.li bo‘yi bilan havodagi yakkakurashlarda g‘olib chiqqan yetakchi 20likdan joy oldi. Raqibdan to‘pni tortib olish bo‘yicha 3 nafar futbolchi Sashadan yaxshiroq natijaga erishdi, himoyachilar o‘rtasida aldamchi harakatlar borasida 5-o‘rinni egalladi.

Turkiyadagi 3-mavsumida YECHL bilan tanishgan Boe «Kopengagen»ga gol urdi, «Bavariya» bilan kuch sinashdi va ikkala uchrashuvda Leroy Sanega qarshi to‘p surdi. Ayniqsa, Istanbuldagi bahsda eng yaxshi o‘yinchilar safida bo‘ldi: to‘pni raqiblaridan tortib oldi, xavfli vaziyatlarni yaratdi, darvoza tomon zarbalar yo‘lladi, garchi Keynning gol urishiga qarshilik ko‘rsata olmagan bo‘lsa ham. Turk futboli bo‘yicha bosh ekspert Elvin Kerimov Boening faoliyatini ertakka qiyosladi: «1,5 yil avval «Galatasaroy»ning o‘ng qanotidagi 3-raqamli himoyachi «Bavariya» o‘yinchisiga aylanganiga ishonish qiyin».

Voqea qay tariqa  ro‘y berdi?

2022 yil yozida «Galatasaroy»da murabbiy almashdi - Okan Burukka o‘yinchilar haqida ma’lumot bergan Domenik Torrent Boe bilan hamkorlikni to‘xtatishni tavsiya etgandi. Jamoaning mavsumoldi tayyorgarligida Sasha ishtirok etmadi: oilaviy sabablarga ko‘ra, (nogironlar aravasida yuradigan buvisi yonida bo‘lib) 19 yoshlilar jamoasida shug‘ullandi. Biroq 2022/23 yillar mavsumi arafasida ikki nafar o‘ng qanot himoyachisi jarohat olishdi. Shu sababli start bellashuvida Boe maydonga tushishga majbur bo‘ldi. Keyinchalik futbolchi shunday degandi: «1-bo‘limni juda yomon o‘tkazdim. Tanaffusda o‘zimga o‘zim shunday dedim: «Yo 2-bo‘limda bor kuchingni berasan, yoki yana U-19ga yo‘l olasan». Va himoyachi o‘sha o‘yinning eng faollaridan biri bo‘ldi: 5ta yakkakurashda g‘olib chiqdi, 2 marta raqib uzatmasini ilib oldi, 4ta havodagi kurashni o‘z foydasiga hal qildi va aniq uzatmalar borasida yuqori ko‘rsatkichni ko‘rsatdi. Natija - asosiy tarkibdan doimiy o‘rin, chempionlik va YECHL yo‘llanmasi.

Boe Fransiyada tug‘ilgan bo‘lsada, aslida kamerunliklar ajdodidan. U avvalgi AK va JCH-2022 saralashida Kamerun terma jamoasining dastlabki ro‘yxatiga kiritilgandi. Lekin Sasha Fransiya yoshlar termasi bilan Yevro-U21 turnirida o‘ynashni afzal ko‘rdi. Biroq jarohat olgani sababli, bu jamoa zayavkasidan ham chetda qoldi.

Sodiq SOBIR tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:07, 15.02.2024. O'qildi: 3962 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Lionel Messi Argentina terma jamoasi safida debyut o'yinida maydonga tushganidan so'ng 44 soniya o'tib qizil kartochka olib maydonni tark etgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик