Germaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan bahs «Frayburg» va «Bavariya» jamoalari uchun katta ahamiyatga ega edi. Har ikki jamoaga g‘alaba juda zarur edi, ammo jamoalar bir ochko bilan cheklanishdi.
Bahsning 12-daqiqasida mezbonlar himoyachisi Kristian Gyunter hiosbni ochgan bo‘lsa, 35-daqiqada myunxenliklar forvardi Matis Tel muvozanatni tikladi.
75-daqiqada Jamol Musiala "Bavariya"ni oldinga olib chiqqandi, biroq o‘yin tugashiga 3 daqiqa qolgani Lukas Xeler hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, Tomas Tuxel jamoasi yana ochko yo‘qotdi. «Bavariya» 54 ochko bilan jadvalda 2-o‘rnni egallab turibdi. Agar «Bayer» bugun g‘alaba qozonsa, oradagi farq 10 ochkoga yetadi.