Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 24.05.2026 00:00
      • Betis
      • 2:1
      • Levante
      • 24.05.2026 00:00
      • Jirona
      • 1:1
      • Elche
      • 24.05.2026 00:00
      • Xetafe
      • 1:0
      • Osasuna
      • 24.05.2026 00:00
      • Malyorka
      • 3:0
      • Real Ovyedo
      • 24.05.2026 00:00
      • Real Madrid
      • 4:2
      • Atletik Bilbao
      • 24.05.2026 00:00
      • Valensiya
      • 3:1
      • Barselona
      • 24.05.2026 00:00
      • Alaves
      • 1:2
      • Rayo Valyekano
      • 24.05.2026 00:00
      • Selta
      • 1:0
      • Sevilya
      • 24.05.2026 00:00
      • Espanyol
      • 1:1
      • Real Sosyedad
      • 25.05.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 5:1
      • Atletiko
  • «A» Seriya
      • 24.05.2026 18:00
      • Parma
      • 1:0
      • Sassuolo
      • 24.05.2026 21:00
      • Napoli
      • 1:0
      • Udineze
      • 24.05.2026 23:45
      • Verona
      • 0:2
      • Roma
      • 24.05.2026 23:45
      • Cremonese
      • 1:4
      • Komo
      • 24.05.2026 23:45
      • Lechche
      • 1:0
      • Jenoa
      • 24.05.2026 23:45
      • Milan
      • 1:2
      • Kalyari
      • 25.05.2026 00:45
      • Torino
      • 2:2
      • Yuventus
  • APL
      • 24.05.2026 20:00
      • Brayton
      • 0:3
      • Man. Yunayted
      • 24.05.2026 20:00
      • Byornli
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 24.05.2026 20:00
      • Kristal Pelas
      • 1:2
      • Arsenal
      • 24.05.2026 20:00
      • Fulhem
      • 2:0
      • Nyukasl
      • 24.05.2026 20:00
      • Liverpul
      • 1:1
      • Brentford
      • 24.05.2026 20:00
      • Manchester Siti
      • 1:2
      • Aston Villa
      • 24.05.2026 20:00
      • Nottingem Forest
      • 1:1
      • Bornmut
      • 24.05.2026 20:00
      • Sanderlend
      • 2:1
      • Chelsi
      • 24.05.2026 20:00
      • Tottenhem
      • 1:0
      • Everton
      • 24.05.2026 20:00
      • Vest Xem
      • 3:0
      • Lids
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

«Liverpul» dunyodagi eng «ilmiy» Kloppga nevrologlar va astronavtlar murabbiyi yordam bermoqda

Baho:
+ | -
YEVROPA / Klublar / Yangiliklar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Yanvar oyi oxirida “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp ruhiy charchoq sababli jamoani tark etishini e’lon qilgandi.

Bir necha kundan so‘ng Britaniyaning nufuzli The Times nashri mersisaydliklar allaqachon ma’lumotlar tahlili asosida o‘z murabbiyini izlayotgani haqida xabar qildi — xuddi shunday yondashuv 2015 yilda klubda qo‘llanilgan va ular Kloppni yangi murabbiy sifatida tanlagandi. Amerikaning Fenway Sports Group (FSG) sport investisiya kompaniyasi egasi 2010 yilda “qizillar”ni sotib olganidan beri tadqiqot va raqamlar asosida tayinlovlarni amalga oshirib kelmoqda.

Klopp har doim maosh borasida arab milliarderlari homiylik qilayotgan “Siti” bilan raqobatlasha olmaydigan “Liverpul” o‘ziga xos yo‘llar izlashga harakat qilayotganini ta’kidlab keladi. Bular jumlasiga ilg‘or texnologiyalardan foydalanish, startaplar va olimlarning yordami kiradi.

Saloh va Milner uchun bosh kiyimi, Liga Kubogi g‘olibligi

Joriy mavsumda “Liverpul” APL peshqadamlaridan biri bo‘lib turibdi, bundan tashqari ular allaqachon bitta sovrinni qo‘lga kiritdi – fevral oyi oxirida jamoa Liga kubogi finalida “Chelsi”ni mag‘lub etdi (1:0). Ular bu g‘alabaga qo‘shimcha vaqt oxirida urilgan g‘alaba to‘pi evaziga erishdi. Agar londonliklar penaltilar seriyasiga qadar yetib borishganida ham bu ularga g‘alabani naqd qila olmasligi mumkin edi.“Liverpul” bu holatda neyrobiologiya bilan shug‘ullanadigan Germaniyaning Neuro11 kompaniyasi xodimlarining maslahatiga murojaat qilar edi. O‘yin oldidan mutaxassislar jamoasi “Liverpul” futbolchilariga raqib futbolchilarining penalti tepish qobiliyatlari haqida ma’lumot berishdi.

“Bizning asosiy e’tiborimiz sport ko‘satkichlarining keyingi chegaralarini ko‘rib chiqishdir”, — deb tushuntirdi Neuro11 asoschilaridan biri doktor Niklas Hausler. Futbolning jismoniy tomoni tugadi. Bu yigitlar ajoyib formada. Keyingi qadam – to‘g‘ridan-to‘g‘ri miya mashg‘ulotlari. Bu yerda biz fanni asos qilib olamiz”.

Nemis nevrologi Hausler va uning do‘sti va biznes sherigi Patrik Hantchke Neuro11 ni 2019 yilda Posdamda asos solgan edi, ularning maqsadi sportchilarning samaradorligini oshirish va ish faoliyatini yaxshilash, shuningdek, ilg‘or texnologiyalar, startaplar va olimlar yordamida optimal ruhiy salomatlikka erishishga yordam berish.

Ularning usullari basketbol, ​​golf, dart va kamondan otishda muvaffaqiyat qozondi, ammo Niklas va Patrikning aynan futbolchilar uchun ishlab chiqqan mashg‘ulotlar dasturi Kloppda qiziqish uyg‘otdi. Klopp doim shunday inovasion yangiliklarga qiziqish bildiradi. Nemis murabbiyi avvalroq autdan to‘pni maydonga otish bo‘yicha mutaxassis Tomas Gronnemarkdan foydalangan, shuningdek, o‘yinchilar bilan nafas olish mashqlari ustida ishlash uchun syorfer Sebastyan Shtyudtnerdan ham foydalangan. Neuro11 rahbariyatining bilimi va yondashuvi Yurgenni hayratda qoldirdi, uning yordamida u “Liverpul”ning standartlardan foydalanish natijalarini yaxshilashga qaror qildi.

Global pandemiya davrida hamkorlik to‘xtadi, ammo 2021 yilning yozida murabbiy olimlarni yodga oldi va ularni Fransiyaning Evian shahridagi mavsumoldi yig‘inida bir nechta mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun taklif qildi. Muhammad Saloh, Trent Aleksandr-Arnold, Jeyms Milner va Harvi Elliott ma’lumotlarni to‘plash va individual ravishda moslashtirilgan dasturlarni yaratish uchun boshlariga elektrodlar biriktirilgan bosh kiyimlarini kiyish uchun ko‘ngilli nomzodlar bo‘lishdi. Oradan olti oy o‘tib, “Liverpul” Liga Kubogi finalida “Chelsi”ni qiyin kechgan penaltilar seriyasida mag‘lub etdi.

Penaltidan foydalana olmagan yagona futbolchi “aristokratlar” darvozaboni Kepa Arrizabalaga bo‘ldi. Ammo uning hamkasbi Kevin Kelleher aniq edi. Hantchke Kelleher zahiradagi darvozabon bo‘lgani va finalda o‘ynashi aniq bo‘lmagani uchun hamkorlik qilishdan bosh tortganini esladi. Yakunda u baribir rozi bo‘ldi va boshidagi kichik moslama bilan penalti tepishni o‘zi alohida mashq qildi.

“Biz ba’zi jihatlar bilan faxrlanamiz, ammo bizda qilinadigan ishlar ko‘p”,— dedi Hantchke The Athletic nashriga. — Bu juda katta jumboq va biz katta jumboqning kichik bir qismimiz."

Neuro11 jamoasida, hatto, astronavtlar uchun suvga sho‘ng‘ish bo‘yicha instruktor ham mavjud

35 yoshda bo‘lgan Hausler va Hanschke 10 yoshida “Kyoln”ning sobiq bosh direktori Volfgang Loos tomonidan Quyi Saksoniyaning Bramshe shahrida tashkil etilgan futbol lagerida tanishganlaridan beri do‘st bo‘lib qolishgan. Keyin hayot ularni butunlay boshqa yo‘nalishlarga olib ketdi. “Patrik har doim mendan yaxshiroq o‘yinchi bo‘lgan, Mening ota-onam diplomat, shuning uchun men Bonnda nevrologiya bo‘yicha magistr darajasini olishdan oldin Kanadada yashab, o‘qib, dunyo bo‘ylab sayohat qildim. Keyin men psixologiya va nevrologiya fanlari bo‘yicha doktorlik darajasini oldim va miyaning maqsadlarga erishishda qanday ishlashi, muammolar va yo‘qotishlarda hamda tavakkal qilishdagi miyani ishlashi haqida bir nechta maqolalar chop etdim.

Hanschke o‘sha paytdagi Bundesliga klubi “Energie Cottbus”ning yoshlar akademiyasiga qo‘shildi, ammo asosiy tarkibga kirmasdan jamoadan ketdi. Oxir-oqibat u biznesni o‘rganishni boshladi va bir vaqtda Germaniyada yarim professional tarzda futbol o‘ynadi.

“Mening Bundesligada yoki ikkinchi divizionda qatnashadigan ko‘plab do‘stlarim bor edi va men ular bilan mashg‘ulotlarda nima yetishmayotgani haqida gaplashdim’, — deydi Hanschke. — Nik PHD dissertasiyasini tamomlagandan so‘ng, men u bilan qahva ichish uchun uchrashdim va u professional sportda nevrologiya sohasida qilayotgan ishlarining ulkan salohiyati haqida suhbatlashdim. Men birgalikda g‘ayrioddiy bir narsa qilishimiz mumkinligini his qildim”.

Hausler bunga “Leypsig”da va Germaniya futbol assosiasiyasi bilan bir oy ishlagan vaqtida amin bo‘ldi. Hamkor do‘stlar o‘yinchilarning ruhiy holati va samarador ish faoliyatini yaxshilash uchun butun mashg‘ulot va tahlil tartibini ishlab chiqdilar. Ular Neuro11 miya mashg‘ulotlari deb atashdi. Patrik va Niko Bonn universiteti bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi va Germaniya hukumatidan moliyalashtirish uchun ariza berishdi va olishdi. Ular neyrobiologiya, futbol va biznes sohasidagi tajribani uyg‘unlashtirishga muvaffaq bo‘lishdi.

2022 yilda Kyolndagi Germaniya sport universiteti bitiruvchisi va astronavtlar uchun suvga sho‘ng‘ish bo‘yicha instruktor Fabian Shtaynberg ularning jamoasiga qo‘shildi. U turli xil tashqi omillarning sportchilar psixologiyasiga ta’siri haqida ilmiy maqolalar yozadi.

Neuro11 xodimlari stress ta’sirida o‘yinchilarning ruhiyati, ayniqsa, standart vaziyatlardan foydalanish va penaltilarni tepish yoki qabul qilish oldidan yomonlashishini aniqladi. Futbolchilar o‘tmishdagi xatolarni esga oladi va o‘yinchi o‘zini yo‘qotib ushbu imkoniyatdan foydalanishiga shubhalar paydo bo‘ladi. Futbolchilarning 85% ga yaqini bu ta’sirga duchor bo‘ladi va olimlarning vazifasi o‘yinchilarning bunday daqiqalarda maksimal konsentrasiyaga erishishlarini ta’minlashdir. Neuro11 mutaxassislari sportchilarning xotirjamlikni saqlashlari mumkin bo‘lgan vositalarni tahlil qiladilar — buning uchun ular, masalan, ma’lum bir raqamlar kombinasiyasini baland ovozda takrorlashdan foydalanadilar. Biroq, olimlarning barcha texnologiyasi va yondashuvlari sir saqlanadi.

“Liverpul” o‘tgan mavsumda burchak to‘plaridan birorta ham gol o‘tkazib yubormadi

Klopp olimlar nafaqat futbolchilar psixologiyasini yaxshilash va turli muammolarni hal qilishning yangi usullarini topishayotganidan balki Yurgen ularni taklif qilgan asl vazifani a’lo darajada bajarayotganidan mamnun. Neuro11 yordamida “Liverpul” standartlarni amalga oshirishda fantastik darajaga yetdi – 2022/2023 yilgi mavsumda mersisaydliklar APLda standartlardan 17 ta gol urishdi va bu ko‘rsatkich bo‘yicha ligada birinchi bo‘lishdi. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda “Tottenhem” va “Brentford” (har biri 16 tadan gol), uchinchi o‘rinda “Arsenal” (15 ta), to‘rtinchi o‘rinda “Manchester Siti” (14 ta) joylashgan. “Qizillar” standartlardan urgan 17 ta goldan 11 tasini burchak to‘pidan urgan, faqat “Arsenal” va “Tottenhem”da  bunday gollar ko‘proq — 13 tadan. E’tiborli jihati, o‘tgan mavsum davomida Klopp shogirdlari burchak to‘pidan birorta ham gol o‘tkazib yubormadi.

“Liverpul”da zamonaviy texnologiyalar katta rol o‘ynashini nafaqat Klopp biladi – 2018 yilda rahbariyat xodimlarga yangi bo‘lim – jamoaning tadqiqot bo‘yicha direktori lavozimini joriy qilgan edi. Bir yil oldin bu yo‘nalishni Harvard’dan zarrachalar fizikasi bo‘yicha doktorlik darajasiga ega bo‘lgan Uilyam Spirman boshqargan. Olim 2015 yildan 2017 yilgacha Hudl (tashkilot sport seleksiyasi va istiqbolli o‘yinchilarni aniqlash sohasida yetakchilardan biri bo‘lgan Wyscout platformasiga egalik qiladi) tahliliy kompaniyasida ishlagan vaqtida fizika va futbol o‘rtasida ko‘plab o‘xshashliklarni topdi.

O‘z faoliyatida subatomik zarralarning o‘zaro ta’sirini o‘rganish bo‘yicha mutaxassis zarralarning xatti-harakatlarini va ularning kosmosning ma’lum bir nuqtasiga ta’sirini bashorat qilish uchun matematik modellardan foydalangan. Va o‘shanda Spirman futbol ma’lumotlariga asoslangan shunga o‘xshash modelni yaratdi — u zarralar va zaryadlar o‘rniga o‘yinchilar va to‘pdan foydalandi. “Liverpul” Uilyamning ishlanmalarini istiqbolli deb hisobladi va uni jamoaga taklif qildi. Yangi direktor ma’lumotlar analizi bo‘yicha olimlar, tahlilchilar va dasturiy ta’minot muhandislari guruhini tuzdi, ular ma’lumotlardan xodimlarni ishga olish va o‘yinlarni tahlil qilish kabi sport operasiyalarida yordam berish uchun foydalanadilar.

“Futbolda gollar nisbatan kam uchraydi, shuning uchun biz gol urishimiz mumkin bo‘lgan joylarga qanday borishni aniqlashga harakat qilyapmiz. Biz buni uddalayapmiz, shekilli”, — deydi Spirman g‘urur bilan.

Erkin G‘aybullayev tarjimasi

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:50, 12.03.2024. O'qildi: 1181 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик