Bugun 2 aprel, 2025 yil, chorshanba.

  • La-liga
      • 01.04.2025 00:00
      • Selta
      • 1:1
      • Las-Palmas
  • APL
      • 01.04.2025 23:45
      • Vulverhempton
      • 1:0
      • Vest Xem
      • 01.04.2025 23:45
      • Arsenal
      • 2:1
      • Fulhem
      • 02.04.2025 00:00
      • Nottingem Forest
      • 1:0
      • Man. Yunayted
      • 02.04.2025 23:45
      • Brayton
      • -:-
      • Aston Villa
      • 02.04.2025 23:45
      • Sautgempton
      • -:-
      • Kristal Pelas
      • 02.04.2025 23:45
      • Manchester Siti
      • -:-
      • Lester
      • 02.04.2025 23:45
      • Nyukasl
      • -:-
      • Brentford
      • 02.04.2025 23:45
      • Bornmut
      • -:-
      • Ipsvich
      • 03.04.2025 00:00
      • Liverpul
      • -:-
      • Everton
      • 04.04.2025 00:00
      • Chelsi
      • -:-
      • Tottenhem
  • Superliga
      • 02.04.2025 19:30
      • Paxtakor
      • -:-
      • Mash’al
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Liverpul 29 70
2 Arsenal 30 61
3 Nottingem Forest 30 57
4 Chelsi 29 49
5 Manchester Siti 29 48
6 Nyukasl 28 47
7 Brayton 29 47
8 Fulhem 30 45
9 Aston Villa 29 45
10 Bornmut 29 44
11 Brentford 29 41
12 Kristal Pelas 28 39
13 Man. Yunayted 30 37
14 Tottenhem 29 34
15 Everton 29 34
16 Vest Xem 30 34
17 Vulverhempton 30 29
18 Ipsvich 29 17
19 Lester 29 17
20 Sautgempton 29 9

O'tgan o'yinlar.

30-тур Vulverhempton 1-0 Vest Xem
30-тур Arsenal 2-1 Fulhem
30-тур Nottingem Forest 1-0 Man. Yunayted

Navbatdagi o'yinlar.

16/04/25 Nyukasl - Kristal Pelas

So'rovnoma

  • O‘zbekistonning qayeridansiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 20051 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Afsonalar yuzma-yuz o‘tirishgan payt...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Mashhurlar / Moziy yulduzlari
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Bavariya»ning afsonaviy darvozaboni Zepp Mayer 28 fevral kuni 80 yillik yubileyini qarshi oldi

 E’tiborlisi, u shu xursandchilik vaqti jamoaning amaldagi kiperi Manuel Noyer bilan birga o‘tirib, kecha, bugun va ertangi kun haqida rosa chaqchaqlashdi. «Bavariya» rasmiy sayti jurnalisti esa bunday qulay fursatdan foydalanib, o‘tmish va bugungi kun qahramonlarini sinxron ravishda suhbatga tortdi.

- Zepp, Zebenershtrassedagi hozirgi shart-sharoitlarni ko‘rganingizda, biroz hasad qilasizmi?

Zepp Mayer: - O, vaqtida darvoza hududini o‘zim belkurak bilan qordan tozalardim, maroqli mashg‘ulot... Qishda ba’zan yer muzlab, o‘ta qattiq bo‘lib qolardi. O‘sha payt «Bavariya» tizimida xokkey jamoasi ham bor edi. Esimda, xokkey darvozaboni jihozlari bilan mashg‘ulot o‘tashimga ham to‘g‘ri kelardi. Menga eng yoqmagani - tizza va tirsak yostiqchalari. Nihoyatda dag‘al matohdan ishlangan shu himoya vositalarini butun hafta davomidagi mashg‘ulotlarda taqib olishga majbur bo‘lardim. Yoqimli tomoni, o‘yin vaqti yostiqchalarsiz o‘zimni xuddi pat kabi yengil his etardim.

- Manuel, Zepp Mayerning o‘yinlari bilan nechog‘li tanishsiz?

Noyer: - Tabiiyki, o‘yinlarini ko‘rmaganman, lekin ko‘plab klassik chiqishlarini videoto‘plamlardan yaxshi bilaman. Shuning barobarida Zepp­ning darvozabonlar murabbiyi sifatidagi uslublari men uchun ikkinchi manbaga aylandi keyinchalik. Ya’ni bolaligimda Mayer yozgan kitobni ko‘p marta o‘qib chiqqanman. Unda turli mashqlar ko‘rsatilgan. Xullas, o‘sha kitobni hamisha yonimda olib yurardim. Otam ham meni ko‘pincha shu kitobda ko‘rsatilgan mashqlar asosida shug‘ullantirardi. Ayniqsa, yosh kiperlar uchun juda kerakli manba, unga qarab, darvozabonlikning birinchi sirlarini o‘rganasiz, misol uchun, to‘pga qanday tashlanish va to‘g‘ri yiqilishni.

Mayer: - Darvozabonlar murabbiyi rolida hamisha mashg‘ulotlarda xilma-xillikni imkon qadar oshirishga intilardim. Zero, o‘zim vaqtida bunday tarzda shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lmaganman. O‘sha vaqt bosh murabbiy shunchaki, navbatdagi mash­g‘ulotdan yarim soatcha oldin kelishim kerakligini aytardi. Ba’zan esa jamoaviy mashg‘ulotdan keyin yana yarim soat qolishimizni so‘rardi. Keyin oddiy dastur bo‘yicha ishlardim - 100 metrga sprint, fitnes-mashg‘ulotlar... Tamom.

Noyer: - Yo‘q, bunaqasi bizning zamonga umuman to‘g‘ri kelmaydi.

Mayer: - Shunday. Chorak soat davomida faqat o‘ng tarafga tashlan, keyin chap tomonga, so‘ngra 20 marta qarsak chalgan holda yuqori va pastga sakra. Albatta, bunaqasi hozir aslo yordam bermaydi. 1984 yili «Bavariya»da, 1988 yildan terma jamoa­da darvozabonlar murabbiyi bo‘lib ishlaganimda, hammasi qiziqarli tus olishini ta’minlashga chog‘landim. Axir bitta oddiy mashqni 30 marta beparvo bajarishdan ko‘ra, 5-6 marta diqqat bilan qaytarish yaxshiroq. Deylik, muayyan o‘yin davomida darvozangga 30 marta bir xil zarba berishmaydi. Murabbiylik faoliyatimning xotimasiga kelib, shaxsiy dasturimda 146 xil mashq bor edi. Oliver Kan hatto 90 daqiqalik mashg‘ulotdan so‘ng yelka qisardi: «Nega buncha erta yakunladik?» O‘zi hech qachon sport zalida ishlash ixlosmandi bo‘lmaganman. Trinajyor faqat jismoniy tiklanish payti yoki jarohat davrida foydali. Darvozabon uchun esa eng muhimi - sakrovchanlik va moslashuvchanlik.

- Manu, Zeppning innovasion uslublari qanchalik muhim?

Noyer: - Bir umrga tatigulik yutuq, bunga shubha yo‘q. Zepp hammamiz uchun ajoyib namuna, albatta. Xoh Oliver Kan yoki meni shug‘ullantirgan darvozabonlar murabbiylariga, xoh boshqa ampluadoshlarimga. Uning dasturi tizimli va barchasi aniq ko‘rsatilgan. Tan olish kerak, bunaqasi ilgari mavjud emasdi.

- Zepp, ko‘pchilik Manuel zamonaviy darvozabonlar o‘yinida inqilob yaratganini aytadi. Bunga nima deysiz?

Mayer: - Ha, Manuel - oldinga ko‘tarilish va oyoq bilan o‘ynashni odatiy holga aylantirgan birinchi kiper. Asosiysi, u har doim harakatda va bu ishni yaxshi bajaradi. Ishonchim komil, Noyer bunday texnik salohiyati bilan «Bavariya» hujumida ham bemalol to‘p surishi mumkin. Bugungi kunda darvozabonlar xuddi maydon futbolchilari kabi har ikki oyoqda birdek o‘ynashlari kerak, aks holda, yuqori darajaga chiqolmaydilar. Bizning davrda esa oyoq bilan o‘ynashga hojat yo‘q edi, chunki orqaga uzatmadan keyin ham to‘pni bemalol qo‘lga olardik. Shaxsiy fikrimcha, shu qoidaning bekor qilingani darvozabon o‘yinini tubdan o‘zgartirdi. Ya’ni kiperlar oldida butunlay boshqacha vazifalar paydo bo‘ldi. 

- Darvozabonlikda o‘ziga ishonch va jasoratning o‘rni qanday?

Noyer: - Xarizma hal qiluvchi omil, albatta. Axir kiper oxirgi nuqta egasi, u hamisha jamoani sug‘urtalashga majbur. Shunday ekan, raqibni dadil qarshi olish kerak: «To‘xta, mendan o‘tib ketishing mumkin emas!» Darvozabon o‘zini oxirgi najotkordek his etishi shart, aks holda, bu pozisiya uning uchun emas.

Mayer: - Avvalo, maydonda raqibni senga hurmat bilan qarashini ta’minlashing kerak. Agar u senga qarshi 20 metrdan harakat qilishga hojat yo‘qligini bilsa, unda har bir hujum xavfli tus oladi. Shuning­dek, darvozabon uchun qo‘rquv hissi mutlaqo ortiqcha. Esimda, qaysi hujumchidan cho‘chishimni so‘rashsa, bunaqasi yo‘qligini aytardim. Chunki qo‘rquv uyg‘otadigan yagona hujumchi - Gerd Myuller bizda o‘ynardi.

- Zepp, Bundesligada qatorasiga 442ta o‘yin o‘tkazgansiz - qoyilmaqom seriya. Maydonning bir nuqtasida turaverish zeriktirmaganmi?

Mayer: - Ochig‘i, seriya haqida hech nima bilmaganman. Faqat jurnalist ketma-ket 400ta o‘yin sharofati bilan «Olimpiya» stadionida intervyu berishim va suratga tushishim kerakligini aytganida, seriyadan xabar topgandim. Bitta holatni juda yaxshi eslayman, 1979 yili sodir bo‘lgan avtohalokatdan so‘ng «Tez yordam» mashinasida tibbiyot xodimlariga darhol bor gapni aytgandim: «Shu dam olish kunlari safga qaytishim shart, aks holda, seriyam uziladi».

- Qatorasiga 13 yil tinimsiz o‘ynash! Manu, bu qanday eshitiladi?

Noyer: - Ochig‘i, Zepp buni qanday uddalaganini tasavvur qilish ham ilojsiz. Myunxen klubiga 2011 yili qo‘shilganman. Demak, 13 yil bo‘libdi. Yo‘q, shuncha vaqt tinimsiz ravishda maydonga tushish aqlga sig‘maydi...

Mayer: - Faoliyatim davomida faqat bir marta jarohatlanganman: 1965 yili Uve Zeeler Gamburgdagi o‘yin payti tizzasi bilan qovur­g‘amni sindirgandi. O‘sha payt futbolchi almashtirish qoidasi yo‘q edi va darvozada o‘rnimni Gerd Myuller egallagan. Men esa darvoza ortida muo­laja olish barobarida unga ko‘rsatma berib turgandim: «Qara, u yerga chop, tashlan...». Gamburgliklar imkon tug‘ilganini his qilishdi, ayniqsa, Sharli Dyorfel birin-ketin zambarak otdi. Gerd esa hujumchi sifatida zarbalardan keyin to‘p qanday yo‘nalish olishini bilardi va uni musht­lari bilan qaytardi. Shifokorimiz bu orada menga bir nechta ukol urdi, tishlarimni g‘ijirlatdim va ke­yin davom ettirdik...

 M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 22:15, 22.03.2024. O'qildi: 1358 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Anxel di Mariyaning umumiy transferlariga barchadan eng ko'p - jami 132.6 million funt sterling sarflangan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Ливерпуль Muhammad Saloh 27
2 Манчестер Сити Erling Xoland 21
3 Ньюкасл Aleksander Isak 19
4 Ноттингем Форест Kris Vud 18
5 Брентфорд Brian Mbemo 15
6 Брентфорд Yoan Vissa 14
7 Челси Koul Palmer 14
8 Вулверхэмптон Mateus Kunya 13
9 Астон Вилла Olli Uotkins 13
10 Кристал Пэлас Jan-Filipp Mateta 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.