Bugun 31 mart, 2026 yil, seshanba.

«
»

Milan-Kortina 2026

Davlat Jami
1 Norvegiya 18 12 11 41
2 AQSh 12 12 9 33
3 Niderlandiya 10 7 3 20
4 Italiya 10 6 14 30
5 Germaniya 8 10 8 26
6 Fransiya 8 9 6 23
7 Shvesiya 8 6 4 18
8 Shveysariya 6 9 8 23
9 Avstriya 5 8 5 18
10 Yaponiya 5 7 12 24
84 O‘zbekiston 0 0 0 0

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 29 73
2 Real Madrid 29 69
3 Vilyarreal 29 58
4 Atletiko 29 57
5 Betis 29 44
6 Selta 29 41
7 Real Sosyedad 29 38
8 Xetafe 29 38
9 Atletik Bilbao 29 38
10 Osasuna 29 37
11 Espanyol 29 37
12 Valensiya 29 35
13 Jirona 29 34
14 Rayo Valyekano 29 32
15 Alaves 29 31
16 Sevilya 29 31
17 Elche 29 29
18 Malyorka 29 28
19 Levante 29 26
20 Real Ovyedo 29 21

O'tgan o'yinlar.

29-тур Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
29-тур Elche 2-1 Malyorka
29-тур Espanyol 1-2 Xetafe
29-тур Levante 4-2 Real Ovyedo
29-тур Osasuna 1-0 Jirona
29-тур Sevilya 0-2 Valensiya
29-тур Barselona 1-0 Rayo Valyekano
29-тур Selta 3-4 Alaves
29-тур Atletik Bilbao 2-1 Betis
29-тур Real Madrid 3-2 Atletiko

Navbatdagi o'yinlar.

04/04/26 Rayo Valyekano - Elche
04/04/26 Real Sosyedad - Levante
04/04/26 Malyorka - Real Madrid
04/04/26 Betis - Espanyol
05/04/26 Atletiko - Barselona
05/04/26 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04/26 Valensiya - Selta
05/04/26 Real Ovyedo - Sevilya
06/04/26 Alaves - Osasuna
07/04/26 Jirona - Vilyarreal

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Andrey Pyatniskiy: «Biror unvonga erishmoqchiman. Undan kamiga rozi emasman»

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Futbolchilar / Cuhbatlar
Rukn: Intervyular
A A A

So‘nggi yillarda futbolchilik faoliyatini xorijda yakunlab, murabbiylik tajribasini baham ko‘rish maqsadida ko‘pchilik yurtdoshlarimizning O‘zbekistonga qaytayotganini kuzatish mumkin.

Kiyev «Dinamo»si hujumchisi Maksim Shaskix «Paxtakor»da, «Yuventus»ning sobiq futbolchisi Ilyos Zeytullayev «Bunyodkor»da, Moskvaning «Spartak» klubi afsonasi Andrey Pyatniskiy esa Samarqandning «Dinamo» klubi yoshlar jamoasida faoliyat yuritmoqda. Fergana.media muxbiri ushbu mutaxassis bilan suhbatlashdi. Unda Pyatniskiy «Spartak»ka o‘tgani, Samarqand «Dinamo»siga kelib qo‘shilgani va boshqa bir qator qiziqarli mavzularda so‘z ochdi.

— «Paxtakor»dan «qizil-oqlar» lageriga o‘tishingizga ta’sir o‘tkazgan «Spartak» murabbiylaridan biri Aleksandr Tarxanov Toshkentda kelajagingiz yo‘qligini aytgandi. U haq edimi?

— O‘shanda futbolchi uchun uncha yosh hisoblanmaydigan 24da edim, mustaqil fikrlab, qaror qabul qila olardim. Tushundimki, biror mamlakat bo‘linib ketganda, bu hatto Yevropada bo‘lsin, har bir yangi mustaqil respublikada, jumladan, O‘zbekistonda yangi futbol tuzilmasining shakllanishiga ma’lum vaqt kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, futbolchining faoliyati qisqa ekanligini anglardim. Aynan shuning uchun ham futbol tuzilmasi deyarli to‘liq saqlanib qolgan Rossiyaga borishga qaror qildim, bu esa u yoki bu tarzda sportga ta’sir qilgan siyosiy inqirozni tezda yengib o‘tishga umid berardi. Va shunday bo‘ldi ham.

— Afsuslanmaysizmi?

— Yo‘q. Hammasi juda yaxshi bo‘ldi. Kim bo‘lishim kerak bo‘lsa, shunday shaxsga aylandim. Ko‘rib turganimizdek, o‘zbek futboli so‘nggi yillardagina to‘liq ma’noda oyoqqa tura oldi — tizimlilik, jiddiy natijalar paydo bo‘lmoqda. Olimpiya terma jamoasi va yoshlarning muvaffaqiyatini ko‘rib turibmiz. Bosh jamoani esa Osiyoda o‘z o‘rni bor.

— Uzoqda Vatan sog‘inchi tortarmidi?

— Juda. Men o‘z ona-yurtimga, do‘stlarimga, ota-onamga qattiq bog‘langan insonman. Romansev («Spartak»ning 90-yillardagi bosh murabbiyi) menga iltifot ko‘rsatgandi: har bir o‘yindan so‘ng bir kun o‘rniga ikki kun dam olardim. Shuning uchun har hafta Toshkentga uchardim. Yaxshiyamki, chiptalar unchalik qimmat emasdi.

— Bir vaqtning o‘zida 4ta jamoada o‘ynagansiz. Qaysi biri ko‘ngilga yaqinroq edi?

— Aniqrog‘i, ular 4ta emas, balki 5tadir. SSSR yoshlar terma jamoasida boshlaganman, Ittifoqning olimpiya terma jamoasida, MDH terma jamoasida, O‘zbekiston va Rossiya termalarida o‘ynaganman. Barcha jamoalar birdek xotira va qalbimda muhrlanib qolgan.

— Nima uchun yakunda O‘zbekiston emas, Rossiya termasini tanladingiz?

— Ha, O‘zbekiston ona yurtim. Ammo Rossiyada JCH-1994ga chiqish umidi bor edi, bu esa har qanday futbolchining orzusidir. Shuning uchun men ko‘p ikkilanmay qaror qildim. Yakunda esa jahon chempionatiga bordim.

— Futbolchilik faoliyatingizni ancha erta yakunlagansiz. Murabbiylikka o‘tish muammosiz kechdimi?

— To‘pig‘imdagi jarohat tufayli 4 marta operasiyani boshdan kechirganman, umrimning eng qizg‘in pallasida professional faoliyatimni yakunladim. Har tong uyg‘onib: «Nahotki endi futbol o‘ynay olmayman», deb o‘ylardim. Bu shifokorlarning hukmi edi. Lekin uzoq vaqt bunga chidolmadim. Oyoqqa turishga harakat qildim. Maydonga qaytish uchun mustaqil mashq qilardim, afsuski, oyog‘im yuqori darajaga ko‘tarilishga imkon bermasligini angladim. Shunday ekan, maydonda qo‘limdan kelgan hamma narsani ko‘rsata olmasdim. O‘tmishdagi xizmatlarim tufayli jamoadan joy olishni istamadim. Muxlislarni xafa qilishni xohlamadim.

Faol futbolchi sifatida faoliyatimdan keyin o‘zimni murabbiy sifatida tasavvur qilardim. Boshqa variantlar hatto ko‘rilmadi. Ammo futbolchilik faoliyatimni shu qadar erta yakunlashim kerak ekanidan shokka tushib qolgandim. Uch yil davomida hech narsa haqida o‘ylay olmasdim. Ammo bir muncha vaqt o‘tgach, hayotimni davom ettirishim kerakligini anglab yetdim. Murabbiy bo‘lish orzuimni esladim. Futbolda qoldim. Murabbiylar oliy maktabini tamomlaganman va hozir ham o‘z kasbimga sodiqman.

— «Dinamo Samarqand» varianti qanday paydo bo‘ldi?

— Onam Toshkentda yashaydi va hozir uning sog‘lig‘i yaxshi emas. Men unga yaqinroq bo‘lishga qaror qildim, boz ustiga ishsiz edim. Shunday qilib, ona-yurtimda ishlash g‘oyasi paydo bo‘ldi. Klub bosh murabbiyi, men 40 yildan beri taniydigan Vadim Abramovga qo‘ng‘iroq qildim. Ishbilarmonlik va shu bilan birga do‘stona ruhda suhbat bo‘lib o‘tdi. U bu haqda o‘ylab ko‘rishini aytdi va qisqa vaqtdan keyin hamma narsa hal bo‘ldi. Samarqandda u bilan juftlikda ishlash taklifini mamnuniyat bilan qabul qildim.

— O‘zbekistonda qancha vaqt qolasiz?

— Butunlay qolishni rejalashtirganman. Niyatlar juda jiddiy. Taqdir taqozosi bilan o‘z vatanimda murabbiy ekanman, oldimga maksimal maqsadlarni qo‘yishim kerak. Men biror unvonga erishmoqchiman. Undan kamiga rozi emasman.

— O‘zbek futboliga qo‘shilib ketish qiyin kechmadimi?

— O‘zbekiston chempionatini yuzaki kuzatardim. Vatanga qaytgach, haqiqatdan ham qi­yinchiliklarga duch keldim. Raqiblar borasida deyarli hech qanday ma’lumot yo‘qligi ma’lum bo‘ldi. Rossiyada bu biroz osonroq. Hech bo‘lmaganda yoshlar jamoalarining o‘yinlarini ko‘rish mumkin. Umid qilamanki, bu yerda ham vaziyat o‘zgaradi. Meni qutqaradigan narsa ishni birinchi galda o‘zimdan boshladim. Men taklif qila oladigan narsalarga asoslanib, o‘z resurslarimga tayanaman. Futbolchilarga aytamanki, har qanday raqibni o‘z o‘yinimizga o‘ynatishimiz kerak.

— Jamoangizda Rossiya chempionatida ishtirok eta oladigan futbolchilar bormi?

— «Dinamo»ning asosiy tarkibida RPLdan o‘tib ketadigan futbolchilar bor, lekin faqat guruh bo‘lib va Vadim Karlenovich targ‘ib qilgan uslub doirasida. To‘g‘ri, bir-ikki futbolchi o‘zicha Rossiya klublariga qo‘shilishi mumkin edi. Men ismlarni aytishni xohlamayman. Olti yoki yetti nafar yigitlarim Rossiya chempionatining Ikkinchi ligasida (uchinchi divizion) bemalol o‘ynashi mumkin. Agar jamoa mavjud bo‘lsa va biz ishlashda davom etsak, bu futbolchilarni keyingi bosqichga olib chiqishga harakat qilamiz.

— Moliyaviy taraflama muammolar bormi?

— O‘yinlar bilan bog‘liq hamma narsa — logistika, ta’minot hozircha mukammal. Biroq, maoshlarni to‘lashda kechikish mavjud. Kechikish uch oyga cho‘zildi. Ba’zida o‘zimni futbolchilarning o‘rniga qo‘yib ko‘raman: sabr qilish mumkinligini tushunaman, lekin bunchalik uzoq vaqt emas. Ko‘plab zaxira o‘yinchilari viloyat tumanlarida yashaydilar, ba’zida ular shunchaki mashg‘ulotlarga kela olishmaydi — chunki ota-onalari pul yo‘qligi sabab yo‘l kira bera olishmaydi. Shuning uchun, o‘yinchilarning mashg‘ulotga kelmaganiga jazolab bo‘lmaydi, bunga qo‘ling bormaydi. Samarqand futbolni sevadigan ajoyib sayyohlik shahri. Bularning barchasini ko‘rib, ko‘ngling og‘riydi.

— Rossiyada bunday holatga duch kelmaganmisiz?

— Yo‘q. Qolaversa, O‘zbekistonda shunday bo‘ladi, deb ham eshitmaganman. Aytganimdek, men muntazam ravishda Toshkentga kelib turardim, hamkasblarim bilan suhbatlashardim va bunday holatlar haqida eshitmaganman. Menimcha, Vadim Abramov ham dovdirab qolgan. Umid qilamanki, hamma narsa tez orada hal bo‘ladi va biz oldinga intila boshlaymiz.

— Infratuzilma bilan bog‘liq ishlar qanday ketmoqda?

— Umuman olganda, har bir jamoada muayyan muammolar bo‘ladi. Biroq, nyuanslar mavjud — muammolar ko‘lami va ularni qanday hal qilinishi. Misol uchun, biz, o‘rinbosarlar, sun’iy qoplamalarda mashq qildik, o‘yinni esa tabiiy chim maydonida o‘tkazamiz. Bu yaxshi emas va ko‘pincha xavfli. Ma’lum bo‘lishicha, Samarqandda oddiygina sifatli tabiiy maydonlarlar yo‘q ekan.

— «Dinamo» stadionichi?

— O‘zbekiston futbol assosiasiyasining maysazorga qo‘yadigan muayyan talablari bor. Ayni holda, sug‘orish uchun. Shu sababli, qoplamani o‘zgartirish va sug‘orish tizimini o‘rnatishga to‘g‘ri keldi. Natijada o‘rinbosarlar u yoqda tursin, asosiy jamoa ham uy uchrashuvlarini neytral maydonda o‘tkazmoqda.

— O‘rinbosarlar qayerda o‘ynaydi?

— Jizzaxdagi bazada. Sharoitlar rasvo. Komissiya qanday qilib bunday maydonda o‘ynashga ruxsat berganini tushunmayapman. Bu maydonlarni ko‘rib, yoshlik davrim yodimga tushadi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:52, 17.05.2024. O'qildi: 1640 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 23
2 Мальорка Vedat Muriki 18
3 Барселона Lamin Yamal 14
4 Осасуна Ante Budimir 14
5 Барселона Ferran Torres 12
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 12
7 Барселона Robert Levandovski 11
8 Барселона Rafinya 11
9 Сельта Borxa Iglesias 11
10 Реал Мадрид Vinisius Junior 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик