Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba.

  • «A» Seriya
      • 07.01.2026 00:45
      • Sassuolo
      • 0:3
      • Yuventus
      • 07.01.2026 22:30
      • Bolonya
      • 0:2
      • Atalanta
      • 07.01.2026 22:30
      • Napoli
      • 2:2
      • Verona
      • 08.01.2026 00:45
      • Parma
      • 0:2
      • Inter
      • 08.01.2026 00:45
      • Torino
      • 1:2
      • Udineze
      • 08.01.2026 00:45
      • Lasio
      • 2:2
      • Fiorentina
      • 08.01.2026 22:30
      • Cremonese
      • -:-
      • Kalyari
      • 09.01.2026 00:45
      • Milan
      • -:-
      • Jenoa
  • APL
      • 07.01.2026 01:00
      • Vest Xem
      • 1:2
      • Nottingem Forest
      • 08.01.2026 00:30
      • Bornmut
      • 3:2
      • Tottenhem
      • 08.01.2026 00:30
      • Brentford
      • 3:0
      • Sanderlend
      • 08.01.2026 00:30
      • Kristal Pelas
      • 0:0
      • Aston Villa
      • 08.01.2026 00:30
      • Everton
      • 1:1
      • Vulverhempton
      • 08.01.2026 00:30
      • Fulhem
      • 2:1
      • Chelsi
      • 08.01.2026 00:30
      • Manchester Siti
      • 1:1
      • Brayton
      • 08.01.2026 01:15
      • Byornli
      • 2:2
      • Man. Yunayted
      • 08.01.2026 01:15
      • Nyukasl
      • 4:3
      • Lids
      • 09.01.2026 01:00
      • Arsenal
      • -:-
      • Liverpul
  • AFC U-23
      • 07.01.2026 16:30
      • Yaponiya
      • 5:0
      • Suriya
      • 07.01.2026 16:30
      • Janubiy Koreya
      • 0:0
      • Eron
      • 07.01.2026 19:00
      • O‘zbekiston
      • 3:2
      • Livan
      • 07.01.2026 21:30
      • Qatar
      • 0:2
      • BAA
      • 08.01.2026 16:30
      • Avstraliya
      • -:-
      • Tailand
      • 08.01.2026 19:00
      • Iroq
      • -:-
      • Xitoy
      • 09.01.2026 19:00
      • Qirg‘iziston
      • -:-
      • Vyetnam
      • 09.01.2026 21:30
      • Iordaniya
      • -:-
      • Saudiya Arabistoni
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Inter 18 42
2 Milan 17 38
3 Napoli 18 38
4 Yuventus 19 36
5 Roma 19 36
6 Komo 18 33
7 Atalanta 19 28
8 Bolonya 18 26
9 Lasio 19 25
10 Udineze 19 25
11 Sassuolo 19 23
12 Torino 19 23
13 Cremonese 18 21
14 Kalyari 18 18
15 Parma 18 18
16 Lechche 18 17
17 Jenoa 18 15
18 Fiorentina 19 13
19 Verona 18 13
20 Piza 19 12

O'tgan o'yinlar.

19-тур Piza 0-3 Komo
19-тур Lechche 0-2 Roma
19-тур Sassuolo 0-3 Yuventus
19-тур Bolonya 0-2 Atalanta
19-тур Napoli 2-2 Verona
19-тур Parma 0-2 Inter
19-тур Torino 1-2 Udineze
19-тур Lasio 2-2 Fiorentina

Navbatdagi o'yinlar.

14/01/26 Napoli - Parma
15/01/26 Inter - Lechche
15/01/26 Verona - Bolonya
16/01/26 Komo - Milan

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ingliz futbolining mo‘’jizasi

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

O‘tgan seshanba oqshomida namoyish etilgan YECHL gigantlari o‘rtasidagi bellashuvdan keyin xorijlik kasbdoshimiz butun e’tiborini Chempionshipdagi «Koventri» - «Ipsvich» uchrashuviga qaratdi.

To‘g‘ri, u APL jamoalari o‘rtasidagi qarama-qarshilik emas, lekin mehmon jamoa uchun tikilgan mablag‘ YECHL ajratgan mukofot pulidan ham ko‘p edi.

O‘yinning asosiy vaqtida «Ipsvich» 2:1 hisobida oldinda edi. 12 daqiqalik qo‘shimcha vaqtda o‘z muxlislari qarshisida taslim bo‘lishni istamagan va avvalroq «MYU»ga qarshi kambekni (Angliya Kubogi) namoyish etgan mezbonlar to‘liq tarkib bilan hujumga otlanishdi. Lekin mehmonlar ishonchli himoyalanib, muhim g‘alabani saqlab qolishdi. G‘alaba elita yo‘llanmasi yo‘lidagi hal qiluvchi qadam bo‘ldi. Chunki oxirgi turda APL yo‘llanmasini qo‘lga kiritishi uchun «Ipsvich»ga o‘z uyida autsayder «Xaddersfild»dan yengilmasligi kifoya qilardi.

Qizig‘i shundaki, 2 yil avval «Ipsvich» mavsumni 1-divizionda o‘tkazgan, keyingi mavsumda 2-o‘rin bilan Chempionshipga ko‘tarilgandi. Tarkibning umumiy qiymati bo‘yicha 16-o‘rinda bo‘lgan 50 mln.li 4 baravar qimmatroq tarkibli «Lester» va «Lids»ga munosib raqobat ko‘rsatishini hech kim tasavvur qila olmagandi. Biroq Rojdestvo bayramiga «traktorchilar» «tulkilar»dan keyingi 2-pog‘onada yetib keldilar, 3-o‘rindagi «Lids» 7 ochkoga ortda qolgandi. Ikkinchi davrada jamoa o‘yinida pasayish yuz berdi, lekin 46 uchrashuvli marafonda toplar ham barqaror to‘p sura olmadilar: hatto yetakchi «Lester»ning APLga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘l olishi shubha ostida qolgan davrlar ham kuzatildi. «Lids»ning kamtarin «KPR»ga imkoniyatni boy berishi (0:4) «Ipsvich»ga juda qo‘l keldi - jamoa 2-o‘rinni saqlab qoldi. «Lids», «Sautgempton», «Norvich» va «Vest Bromvich» pley-off bosqichida o‘z omadlarini sinab ko‘radigan bo‘lishdi.

«Ipsvich»ning zafari: hech kim takrorlay olmaydigan rekord!

Jamoaning eng yorqin yutuqlari aynan shu klubda yulduzlarga aylangan 2 nafar murabbiy bilan bog‘liq. Alf Remzi 1962 yilda yagona chempionlikni hadya etgandi. Lekin ana shu tarixiy zafar oliy diviziondagi debyut mavsumida qayd etilgan, boshqa birorta jamoa bunga erisha olmagan. Keyin Bobbi Robson 13 yil «traktorchilar»ni boshqardi. Uning davrida jamoa chempionatda 2 marta kumush medallarni qo‘lga kiritgan, Angliya va UYEFA Kuboklarining sohibi bo‘lgandi. bu 2 mutaxassisga «Portmen roud»da yodgorlik o‘rnatilgan.

«Ipsvich» 90-yillar avvalida ikki mavsumni elitada o‘tkazgan, keyin asrlar almashuvi davrida. 2001/02 yillar mavsumida jamoa Moskva «Torpedo»sini UYEFA Kubogi turnirida yenggandi.

Qolgan mavsumlarni jamoa Chempionshipda o‘tkazib, 2019 yilda 1-divizionga tushib ketdi. Bu 1957 yildan beri qayd etilmayotgan omadsizlik edi.

2021 yil bahorida AQSHning «Gamechanger 20» kompaniyasi «Ipsvich»ni 40 mln. funtga xarid qilgach, boshqaruv tizgini Chempionshipdagi ko‘pgina jamoalarda tajriba to‘plagan Mark Eshtonga o‘tdi. Shuningdek, dekabrda bosh murabbiy ham o‘zgardi - omadsizlik tufayli iste’foga chiqarilgan Pol Kuk o‘rnini biron-bir jamoada bosh murabbiy maqomida ishlamagan 35 yoshli Kiran Makkenna egalladi. O‘sha kundan boshlab shimoliy irlandiyalik mutaxassis ingliz professional futbolidagi barcha murabbiylarga nisbatan ko‘proq ochko jamg‘ardi. Xo‘sh, Makkenna kim?

«Ipsvich» murabbiyi - 22 yoshda futbolchilik  faoliyatini yakunlagan, Mourinyo bilan ishlagan

Kiran jarohat tufayli maydonni barvaqt tark etishga majbur bo‘lgandi. O‘sha davrda u «Tottenxem» tarkibida bo‘lgan, lekin biror marta asosiy tarkibda to‘p surmagan. Keyin u klub tizimida turli yosh toifasidagi jamoalarni boshqardi, 2016 yilda «MYU»ning yoshlar jamoasini qabul qildi. 2018/19 yillar mavsumi arafasida Makkenna va Maykl Kerrik Mourinyo murabbiylar shtabidan joy olishdi. Keyin esa Rangnik va Sulsherga yordam berdi. 2021 yil oxirida nihoyat, «Ipsvich»dan taklif oldi. Bu yosh mutaxassisning bosh murabbiyi maqomidagi debyuti edi.

Aftidan, «Tottenxem» va «MYU» akademiyalarida faoliyat aynan Kirandagi murabbiylik xislatiga sayqal bergandek: u shunchaki, shogirdlarining salohiyatini yuzaga chiqarish bilan qanoatlanmaydi, yanada samaraliroq to‘p surishni o‘rgatadi.

«Ipsvich»ning chap qanot himoyachisi Leyf Devis - Chempionshipning eng yaxshi assis­tenti (18ta samarali uzatma) o‘zining sermahsul faoliyati uchun Makkennadan minnatdor. Joriy mavsumda himoyachi 2ta gol va 18ta assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi. O‘tgan yil yozida «Chelsi»dan o‘tgan va ijara asosida to‘p surayotgan 20 yoshli hujumchi Omari Xatchinsonda ham sezilarli o‘sish kuzatilmoqda.

Quvnoq futbol

«Ipsvich»da ish boshlagan Makkenna stadion yaqinidagi mehmonxonaga ko‘chib o‘tdi. Avvalo, u klub rahbariyatidan qimmatbaho transferlarni emas, mavjud sharoitni yaxshilashni so‘radi. Uning iltimosiga binoan, mashg‘ulot bazasida 2ta zamonaviy maydon paydo bo‘ldi, amaldagi stadion maydoni 2,5 mln. funt evaziga sifatli gazonga ega bo‘ldi.

Kiran esa sevimli 4-2-3-1 sxemasiga mos tarkibni shakllantirdi va asosiy e’tiborni jismoniy tayyorgarlikka q qaratdi. Uning dastlabki to‘liq mavsumida «Ipsvich» 101ta gol urib (to‘plar nisbati +66), liganing eng maftunkor jamoalari safiga ko‘tarildi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, turnirda g‘olib chiqqan «Plimut»ning ko‘rsatkichi 82ta gol (to‘plar nisbati +35).

Xursandchilik Chempionshipda davom etdi. «Ipsvich» ichki chempionatda eng ko‘p gol urgan bo‘lsada, o‘tkazib yuborgan gollari ham ayrim autsayderlar ko‘rsatkichidan yomonroq bo‘ldi. Lekin ruhiy barqarorlik bo‘yicha, «traktorchilar»ga havas qilsa arziydi: «Sautgempton»ni 3:2 hisobida taslim etgan g‘alaba goli 97-daqiqada, «Bristol» ustidan erishilgan shunday hisobdagi zafar 89-, «Roterxem»ni 4:3 hisobida sindirgan hal qiluvchi gol 95-daqiqada amalga oshirilgan. Qizig‘i, o‘shanda raqib jamoa 94-daqiqada muvozanatni tiklagan, lekin yakunda mag‘lubiyatni tan olgandi.

Ipsvich qayerda joylashgan, nima uchun jamoa nomi «traktorchilar»?

Ipsvich - Angliyaning sharqida joylashgan Saffolk grafligi poytaxti, Londondan 2 soatlik yo‘l uzoqligida. Shaharda 130 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi. Graflikda bepoyon dalalar va yaylovlar ko‘p. Fuqarolar qishloq xo‘jaligida mehnat qiladilar. Shu sababli bosh­qa jamoalar muxlislari jamoaga «traktorchilar» laqabini berishgan. Jamoa esa taxallusni mamnuniyat bilan qabul qilgan.

Tabiiyki, futbol bu jajji shaharni tubdan o‘zgartirib yubordi. O‘yin kunlarida qahvaxona va barlar mehmonlar bilan to‘lib ketadi, stadionga kirish ham oson emas. Yangi mavsum abonementlari sotib tugatilgan aprel oyidayoq ma’lum bo‘ldi.

Angliyadagi an’anaga ko‘ra, «Ipsvich» bilan muvaffaqiyat qozongan murabbiyga milliy terma jamoa boshqaruvi topshiriladi. O‘z vaqtida bunday sharafga sazovor bo‘lgan Alf Remzi «Uch sherlar»ni jahon chempionligiga olib chiqqan, Bobbi Robson esa yarim finalga yetib borgani haqida yuqorida zikr etildi. Demak, agar Kiran Makkenna ham APLda muvaffaqiyatga erisha olsa, terma jamoa uchun sezilarli madad, ingliz futboli uchun chinakam mo‘’jiza bo‘ladi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 09:31, 24.05.2024. O'qildi: 1182 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol to'pining og'irligi 460-480 gramm bo'lishi belgilab qo'yilgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Интер Lautaro Martines 10
2 Милан Kristian Pulishich 8
3 Наполи Rasmus Xeylund 7
4 Удинезе Nikolo Dzanyolo 6
5 Комо Niko Pas 6
6 Интер Markus Tyuram 6
7 Ювентус Kenan Yildiz 6
8 Комо Anastasios Duvikas 6
9 Милан Rafael Leau 6
10 Интер Xakan Chalxanoglu 6

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.