Bugun 21 may, 2026 yil, payshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 37 82
2 Manchester Siti 37 78
3 Man. Yunayted 37 68
4 Aston Villa 37 62
5 Liverpul 37 59
6 Bornmut 37 56
7 Brayton 37 53
8 Chelsi 37 52
9 Brentford 37 52
10 Sanderlend 37 51
11 Nyukasl 37 49
12 Everton 37 49
13 Fulhem 37 49
14 Lids 37 47
15 Kristal Pelas 37 45
16 Nottingem Forest 37 43
17 Tottenhem 37 38
18 Vest Xem 37 36
19 Byornli 37 21
20 Vulverhempton 37 19

O'tgan o'yinlar.

37-тур Aston Villa 4-2 Liverpul
37-тур Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
37-тур Everton 1-3 Sanderlend
37-тур Brentford 2-2 Kristal Pelas
37-тур Lids 1-0 Brayton
37-тур Vulverhempton 1-1 Fulhem
37-тур Nyukasl 3-1 Vest Xem
37-тур Arsenal 1-0 Byornli
37-тур Bornmut 1-1 Manchester Siti
37-тур Chelsi 2-1 Tottenhem

Navbatdagi o'yinlar.

24/05/26 Brayton - Man. Yunayted
24/05/26 Tottenhem - Everton
24/05/26 Sanderlend - Chelsi
24/05/26 Nottingem Forest - Bornmut
24/05/26 Manchester Siti - Aston Villa
24/05/26 Liverpul - Brentford
24/05/26 Fulhem - Nyukasl
24/05/26 Kristal Pelas - Arsenal
24/05/26 Byornli - Vulverhempton
24/05/26 Vest Xem - Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Havoga uchgan milliardlar

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Fransiya 1-Divizioni
Rukn: Yangiliklar
A A A

2011 yilda Qatari Sports Investment (QSI) «PSJ» aksiyalar paketini o‘z tasarrufiga olganidan keyin klub qariyb 2 mlrd. yevro sarfladi.

Biroq jamoa hanuzgacha o‘zining bosh maqsadi bo‘lgan YECHL kubogini qo‘lga kirita olmadi, sermahsul superjamoani shakllantirishning iloji topilmayapti. Tarkibni Kilian Mbappe atrofida tashkil etish rejasi ham naf bermadi. Bu yog‘iga Parij grandining holi qanday kechadi?

Kilian mavsum yakunida klubni tark etishini rasman e’lon qildi. Demak, shu tariqa nafaqat loyiha, butun bir davr poyoniga yetadi. Yangi davr yaxshiroq bo‘ladimi? O‘ta dolzarb va hal bo‘lmagan masala. Iqtisodiy nuqtai-nazardan qaraganda, QSI 13 yil ichida «PSJ» bilan ulkan ishlarni amalga oshirdi. Atigi 70 mln. yevroga xarid qilingan klub hozir 4,25 mlrd.ga baholanmoqda. Shiddatli o‘sishda klub prezidenti Nosir al Xelayfiy muhim rol o‘ynadi. Uning sa’y-harakatlari tufayli klub Deloitte Football Money League reytingida 3-o‘ringa ko‘tarildi.

Homiylar bilan imzolanadigan yirik kontraktlar va «Park de Prens» VIP-hududini taomlar bilan ta’minlaydigan mutaxassisni shaxsan funksionerning o‘zi hal qiladi. Shuningdek, maydondagi muvaffaqiyat loyihaga bo‘lgan ishonchni oshirishini ham al Xelayfiy yaxshi tushungani bois, YECHLdagi g‘alabani o‘zining bosh maqsadi, deb hisoblaydi. 2014 yildagi intervyusida u 4 yil ichida klub Yevropani zabt etishini va’da qilgandi. Biroq tarixiy g‘alaba hanuzgacha yuz bergani yo‘q. Buning uchun poytaxtliklar faqat o‘zlaridan xafa bo‘lishlari lozim.

«PSJ» prezidenti maqomidagi ilk intervyusida al Xelayfiy klub oldiga Messiga o‘xshagan superyulduzlarni emas, noyob iqtidorlarning yangi avlodini taklif etish talabini qo‘ygandi. Lekin yillar davomidagi omadsizlikdan keyin, jamoa 34 yoshli daho bilan ulkan kontraktni imzoladi.

Klubning yulduzlar salohiyatini yuzaga chiqara olmaslik illati yoki tarkibni shakllantirishdagi uquvsizligi hatto muxlislarda ham naf­rat hissini uyg‘otdi. Chunki Messidek buyuk iste’dod maydonda jamoaning barcha muammolarini amalda namoyish etdi. «Messining xaridi sportdan ko‘ra ko‘proq marketing manfaatlarini ko‘zlagan kelishuv. Yakunda hujumchi so‘nggi 3-4 yil ichida QSI loyihasidagi kamchiliklarni ochib tashladi», - degandi klub manbalaridan birining vakili.

Hammasi «PSJ» transfer bozorini portlatishga qaror qilgan 2017 yilda boshlandi. O‘shanda klub Neymar va Mbappeni xarid qilish orqali futbol olamini 2ta eng yirik shartnoma bilan lol qoldirgandi.

Yulduzli hujumkor duet jamoani tarixiy g‘alabaga juda yaqin olib keldi. Biroq 2020 yildagi hal qiluvchi bahsda «PSJ» Tuxelning «Bavariya»siga imkoniyatni boy berdi. Shundan keyin shiddatli pasayish boshlandi. Avvaliga Neymar va Mbappe loyihaning bosh roli uchun o‘zaro raqobatchilarga aylanishdi. Asta-sekin raqobat chinakam g‘animlik darajasiga chiqdi. Natijada ki­yinish xonasida keskin ixtilof yuzaga keldi va 2021 yil yozida Messi bilan erkin agent maqomida kelgan Donnarumma, Ramos va Veynaldumlar o‘yiniga salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Shu sababli klub xalqaro arenada yana hech narsaga erisha olmadi.

«PSJ» sobiq sport direktori Leonardo kechikib bo‘lsada, Kilian muammoning yechimi emas, bir qismi ekanligini ta’kidlab o‘tdi: «Klub uchun har qanday vaziyatda ham Mbappening ketgani yaxshiroq. «PSJ» Kilian Mbappedan avval ham bor edi, keyin ham bo‘ladi. U 6 yildan beri Parijda. Bu vaqt ichida 5ta turli klublar YECHLda zafar quchdilar, lekin ularning birortasida Mbappe yo‘q. Bu esa nufuzli turnirda Kiliansiz g‘olib chiqish mumkinligini anglatadi. O‘zining so‘nggi 2 yildagi tabiati bilan Mbappe avvalgi yetakchi emasligini oshkor etmoqda. Ha, u  ajoyib o‘yinchi, lekin yetakchi emas. Uning atrofida sermahsul jamoani shakllantirish juda qiyin».

Hukmronlik uchun Neymarga qarshi kurashda klub doimo Kilian tomonida bo‘ldi, Neymarni Saudiyaga jo‘natdi. Mbappening transferlarga ta’sirini klub doimo inkor etib kelmoqda. Biroq o‘tgan yildagi ayrim xaridlar uning fikrini inobatga olgan holda amalga oshirilganiga Usmon Dembele va Rendal Kolo-Muani misol bo‘la oladi. Lekin yangi strategiya ham naf keltirmadi.

Jamoa yana nufuzli sovringa erisha olmagach, Kilian Parijda qolishdan voz kechdi. Bir paytlar hujumchi «PSJ» «Kilian Sen Jermen» emasligini ta’kidlab o‘tgandi. O‘shanda u klubdan ustun ko‘ringan, ish beruvchi amaldorlar uni shunday maqomga ko‘tarib yuborishgandi. O‘sha paytda jamoa YECHLdan tushib ketganidan keyin al Xelayfiy shunday degandi: «Biz Yevropaning eng navqiron jamoasini yaratish loyihasi ustida ishlayapmiz, porloq kelajakka erishamiz». Biroq buning uchun dunyoning eng yaxshi futbolchilari safiga ko‘tarilgan Mbappe Parijda yangi davrning namunasi bo‘lishi kerak edi. Biroq endi undan forig‘ bo‘lish klub uchun ijobiy siljish bo‘lib qoldi.

Boshqa tomondan, «QSI»-ning tijorat orqali topgan daromadlari ham barbod bo‘lishi mumkin. 1-Ligada bosh­qa top-chempionatlardagidek ulkan daromadlar yo‘q. Buning asosiy sababchisi ham ligani raqobatchilardan va qizg‘in bellashuvlardan xoli bo‘lgan turnirga aylantirgan poytaxt grandi sababchi. Homiylar va muxlislarni o‘ziga jalb etish uchun u doimo Zlatan Ibragimovich va Devid Bekxem kabi yorqin yulduzlarni jalb etgan.

Klubning ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurligi Neymar, Mbappe va Messilar davriga to‘g‘ri keldi. Biroq yangi mavsumda ularning birortasini «Park de Prens»da ko‘rmaysiz. Bu yog‘iga «PSJ»ning holi qanday kechadi? Barcha yulduzlaridan judo bo‘lgan jamoaga bo‘lgan qiziqish qay darajada bo‘ladi? Nosir al Xelayfiydan ana shu savollarga yechim topish talab etiladi.

A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:33, 28.05.2024. O'qildi: 2108 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Rayan Gigz butun faoliyati davomida bor-yo'g'i 1 marta penaltini golga aylantira olmagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 16
4 Челси Joao Pedro 15
5 Астон Вилла Olli Uotkins 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 14
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик