Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

APL tarixida eng yosh «bosh»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Angliya Premyer-ligasi
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

«Brayton» yangi orzular og‘ushida. APLda tomoshabop va hujumkor o‘yinlari bilan muxlislar qalbiga kirib borgan klub o‘z tarixidagi eng sensasion yangilik samarasini sabrsizlik bilan kutmoqda. Oddiy aytganda, Roberto de Zerbidan ayrilgan «Brayton» yangi mavsumni yangi bosh murabbiy - Fabian Xyurseler rahbarligida boshlaydi. 27 yoshida professional futbolga «Sankt-Pauli» ustozi Timo Shults assistenti maqomida bosh suqqan Fabian o‘sha vaqtdayoq effektli va iqtidorli taktik sifatida nom qozongandi. Xullas, ko‘pchilik uning tez orada malakali murabbiy o‘laroq katta sahnaga ko‘tarilishini taxmin qilgandi. Biroq o‘zgarish shunchalik tez yuz berishini hech kim xayoliga ham keltirmaganligi aniq.

«Sankt-Pauli» rahbariyati Qatar mundiali arafasida Shultsni iste’foga chiqardi va Bundesliga 2 turnir jadvalida 15-o‘rinda borayotgan jamoa boshqaruvini 29 yoshli assistentga ishonib topshirdi. O‘sha vaqt Germaniya chempionati tarixida birgina Yulian Nagelsmann 30 yoshga to‘lmasidan oldin bosh murabbiy rutbasiga loyiq ko‘rilgandi. Taqqoslaydigan bo‘lsak, Yulian elitada «jon» saqlash uchun kurashayotgan «Xoffenxaym» boshqaruvini 28 yoshu 205 kunligida qo‘lga olgandi, Fabian esa «Sankt-Pauli» bosh murabbiyi lavozimiga tasdiqlangan vaqt 29 yoshu 337 kunlik edi. Xullas, u Germaniya chempionati yuqori ligalari tarixidagi ikkinchi yosh murabbiyga aylandi. Asosiysi, Fabian Xyurseler ilk kunlardayoq oqimga qarab ish ko‘radigan murabbiylar toifasidan emasligini baralla namoyish etdi. Misol uchun, jamoa­-ning qishki ta’tilda «Verder» bilan Ispaniyada o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejaga kiritilgandi. Xyurseler esa nazorat o‘yinidan voz kechib, shogird­lari bilan taktika bo‘yicha mashg‘ulot o‘tashni afzal ko‘rdi. Tabiiyki, uning bu qarori «Verder» murabbiylar shtabida e’tiroz tug‘dirdi. Lekin Fabian bo‘sh kelmadi: «Hozirgi holatda 1ta o‘yin uchun Ispaniyaga borishdan ko‘ra, jamoa futbolchilarida taktik o‘quvni oshirish muhimroq».

Diqqatga sazovor fakt: Xyurseler bosh murabbiy maqomidagi faoliyatini 10ta o‘yinga cho‘zilgan chiroyli g‘alabalar seriyasi bilan boshladi. Shu asnoda «Sankt-Pauli» birdaniga autsayderlar qatoridan uzoqlashdi va Bundesliga yo‘llanmalariga da’vogar jamoalarning raqobatchiga aylandi. Orzuning ro‘yobi ham uzoq kuttirmadi - Xyurseler o‘zining ilk to‘liq mavsumida jamoani elitaga ko‘tarish missiyasini sharaf bilan uddaladi. Vaholanki, «Sankt-Pauli» mavsumlar oralig‘ida bir qator yetakchi futbolchilaridan ayrilgandi. Xususan, asosiy himoyachilar Leart Pakyarada va Yakov Medich jamoadan ketishdi. «Sankt-Pauli» shuningdek, 30ta gol va 17ta assist bilan Bundesliga 2da katta obro‘ orttirgan Daniel-Kofi Kyere - Gvido Burgshtaller juft­ligini ham saqlab qololmadi. Katta yo‘qotishlarga qaramay, Xyurseler jamoasi mavsum startidayoq Bundesliga yo‘llanmasi uchun kurashishga tayyorligini ko‘rsatdi. Raqamlarda aytsak, «qaroqchilar» dastlabki 8ta o‘yinda atigi 5ta gol qo‘yib yuborishdi, jumladan, elitadan tushgan «Shalke» va «Gerta»ni mahv etishdi. Shuningdek, mavsum yakunida «Pauli» kabi yuqorilagan «Xolshtayn» ham o‘zaro bellashuvda mag‘lubiyatni tan oldi. Ana shu muvaffaqiyat «Brayton»ning Fabian xizmatiga qiziqishini yanada oshirib yuborgani - ayni haqiqat.

Fabian Xyurselerning muhim fazilatlaridan biri shuki, u professional saviyasi past hisoblangan futbolchilarni qo‘rq­mas-dan asosiy tarkibga jalb etadi. E’tirofning isboti sifatida Germaniyadagi biror akademiyaga ma’qul kelmaganidan so‘ng faoliya­tini futzalda tiklashga qaror qilgan Elias Sadni misol keltirish mumkin. Xullas, katta futbol orzusidan voz kecholmagan Elias «Pauli»ga «Ayntraxt Nordershtedt» havaskorlar klubidan o‘tgandi. U yangi jamoada chap qanot hujumchisi pozisiyasidan joy oldi. Shuningdek, sal avvalroq Angliya­da havaskorlar bilan to‘p surgan Oladapo Afolayan va akademiya tarbiyalanuvchisi Filipp Troyni ham Xyurseler tomonidan kashf etilganlar qatoriga qo‘shish mumkin. Yana bir e’tiborli jihat: «Pauli» o‘tgan yilning aprelidan joriy yil yanvarga qadar biror marta mag‘lubiyatga uchramadi. Shu yuksalish o‘laroq, Fabian o‘rtamiyona jamoani shohsupaga olib chiqqan kelajagi porloq mutaxassis maqomini oldi.

Germaniyalik murabbiy endi «Brayton»da nisbatan yuksak saviyali futbolchilarga ustozlik qiladi. Jamoa rahbariyati aynan Xyurseler nomzodini tanlagani bejiz emas. Birinchidan, u o‘yin va ish yuritish uslub jihatidan Roberto de Zerbiga ancha yaqin. Ikkinchidan, shogirdlari mahoratini oshirish jarayonida murabbiyning o‘zi ham tobora toblanmoqda. To‘g‘ri, hozirda Fabianning yangi ish joyida samarali faoliyat yuritishiga oid xavotirlar ham yo‘q emas. Binobarin, Xyurseler inqiroz va muhitga moslashish jafosini hali tatib ko‘rmagan. Demak, nufuzli liganing badavlat klublaridan birida shu paytgacha o‘zi duch kelmagan muammolarga yechim topishi talab etiladi. Murabbiyga dalda bo‘ladigan jihat shuki, u asosiy ijrochilaridan ayrilgan «Pau­li»ni xotirjam shohsupaga olib chiqdi. «Brayton»da esa katta yo‘qotishlar yo‘q deyarli. 

Shu joyda yana bir qiziqarli jihatni tilga olish kerak. Fabian APLda yosh jihatidan o‘zidan katta 6 nafar futbolchiga saboq beradi. Ya’ni «Brayton» tarkibidagi Lyuis Dank, Yoel Veltman, Paskal Gross (32 yosh), Denni Uelbek, Jeyson Stil (33 yosh) va Jeyms Milner (38 yosh) yangi bosh murabbiydan katta. Qolaversa, Fabian vaqtida aynan «Brayton»da malaka oshirgan va o‘shanda rahbariyat e’tiboriga tushgan. O‘zi esa Roberto de Zerbi g‘oyalaridan ilhomlanganini yashirmagandi. Umuman olganda, «Brayton» tarixida yangi sahifa ochilmoqda. Xo‘sh, APL tarixidagi eng yosh bosh murabbiy maqomini olgan germaniyalik mutaxassis yovqur chempionatda qanday karomat ko‘rsatadi? Buni bilish uchun yangi mavsumni kutish va «Brayton» o‘yinlarini kuzatish kerak, albatta.

Abdulahad tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 16.07.2024. O'qildi: 1270 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Faqat 5ta davlat — Meksika, Italiya, Fransiya, Germaniya va Braziliyada JCHga 2 martadan mezbonlik qilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик