Bugun 2 iyun, 2026 yil, seshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Yashil maydondagi kamyob hamkorlik

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Xaloskor bojalar jamoasini eshitganmisiz?

Ispaniya terma jamoasida qarindoshlar to‘p surishidan xabaringiz bormi? Ular «Real»da o‘ynaydilar, hamkorlikda YECHLda zafar quchishgan: birinchisi, ya’ni, Xoselu «Bavariya»ga qarshi yarim finalning javob uchrashuvidek murakkab bahsda dublga erishdi, ikkinchisi - Dani Karvaxal esa hal qiluvchi bellashuvda «Borussiya Dortmund» darvozasiga g‘alaba keltirgan golni urgandi. 

To‘xtang, qanaqa qarindoshlar? Gap shundaki, himoyachi va hujumchi egizak qizlar bilan turmush qurishgan va bir-birlariga boja bo‘lishgan!

Xoselu terma jamoadan yiroq bo‘lgan davrida Melani Kanisaresga uylangan

Ularning kamtarona nikoh marosimi 2016 yilda bo‘lib o‘tgan. Tadbirda faqat kelin-kuyovning eng yaqin qarindoshlari ishtirok etishgan. O‘sha davrda hujumchi «Real»dan juda olisda edi: «Stok Siti» o‘yinchisi ijara asosida «Deportivo» safida to‘p surardi. Ikki mavsumda 10ta gol urgan hujumchi «Qizil Furiya»dan chorlov olishini hatto xayoliga ham keltirmagandi.

Juftlik 10 yildan ko‘proq vaqt davomida bir yostiqqa bosh qo‘yib, hozir Leo va Lukas ismli o‘g‘lonlarini tarbiyalamoqda. Xoselu o‘z rafiqasini sevadi va juda hurmat qiladi, o‘ng oyog‘idagi xavfsizlik qalqonida otasining, chap oyog‘ida esa onasi, rafiqasi va farzandlarining suratlari bor.

Turmush o‘rtog‘ini muntazam ravishda qo‘llab-quvvatlashga odatlangan Melani «Real»ning 2023\2024 yillar mavsumidagi muhim uchrashuvlarini bevosita «Santyago Bernabeu»da tomosha qildi. «Rahmat, «Real»! dunyodagi eng yaxshi klub, bizning uyimiz va oilamiz. Madridist bo‘lish - baxt» deb yozdi Melani ijtimoiy tarmoqlarga joylagan Yevropaning eng nufuzli klub sovrini suratining ostiga.

Karvaxal bilan Dafnaning to‘yini  kelin va uning singlisi tashkil etishdi

Dani Karvaxal Dafna Kanisares bilan 2022 yilning iyun oyida nikohdan o‘tdi. To‘y marosimi Segoviyadagi fransiskanlar monastirida bo‘lib o‘tdi, uni opa-singil egizaklar uyushtirishdi: ular bu soha bilan o‘zlariga tegishli Blue Weddings agentligida professional darajada faoliyat yuritadilar. Karvaxalning to‘yi Xoselunikiga nisbatan ancha dabdabali o‘tdi. Unda Tibo Kurtua, Marko Asensio, Federiko Valverde, Lukas Vaskes, Nacho Fernandes va hatto «Real» direktori Emilio Butragenyolar mehmon bo‘ldilar.

Dafna Dani bilan 2018 yilda tanishishgandi. Bu juftlik ham 2 nafar o‘g‘lonlar - Martin va Mauroni tarbiyalamoqda. Opa-singil Kanisareslar sulolasida kelajagi porloq futbol jamoasi shakllanmoqda! Bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan tanishgunga qadar, Dafna bolaligidan orzu qilib kelgan model maqomida faoliyat yuritdi, zargarlik brendlari bilan hamkorlik qildi, liboslar reklamasi va ularni namoyish etish bilan shug‘ullangan. Modellik faoliyatini 2020 yilda, Martin tug‘ilganidan keyin yakunlagan. Ha, aytgancha, Dafna va Melani 1990 yilning 30 may sanasida tavallud topishgan. Xullas, 32 yoshli Karvaxal egizaklardan 2 yoshga kichikroq, Xoselu esa ularning teng­doshi.

Opa-singilning otasi - «Real»ning keksa  muxlislaridan biri. U o‘z nabiralarini «Kastilya»ga topshirish niyatida!

Qizlarining tanlovidan eng ko‘p mamnun bo‘lgan inson - ularning otasi Luismi. Kanisares ota o‘zini Ginnes rekordlar kitobidan joy olishga haqli, deb hisoblaydi. Chunki u «Real» va Ispaniya terma jamoasida o‘ynaydigan 2 nafar futbolchining qaynotasi bo‘lgan yagona inson.

«Agar qizaloqlarim «Atletiko» futbolchilari bilan uchrashganlarida, u yigitlarga men bilan til topishish oson bo‘lmasdi. Qizlarim - madridistlar, men esa ularning baxtiyor muhitda hayot kechirishlariga mas’ul bo‘lgan otaman. «Real» esa - chinakam baxt!» - deydi Luismi mamnunlik bilan. E’tibor berdingizmi, muxlis otaning e’tirofi sal avvalroq YECHLdagi g‘alabadan keyin Melanining ijtimoiy tarmoqlar orqali bayon etgan samimiy dil izhori bilan juda o‘xshash. Otaning tarbiya­si yaqqol sezilib turibdi.

Shuningdek, agar nabiralari professional darajada futbol o‘ynash niyatida bo‘lishsa, ularni «Real» maktabiga joylashga Luismi bobo va’da berdi. Shunday ekan, «Kastilya» murabbiylaridan sergaklik talab etiladi: 4 nafar bo‘lajak futbolchi deyarli maktab ostonasida!

Endi kuyunchak qaynotaning o‘z kuyovlariga ta’rifi bilan tanishing: «Xoselu - nobakor! Yaxshi ma’noda, albatta. Oilada u yetakchi hazilkash, maydonda maftunkor o‘yinchi. Hammamiz uni juda yaxshi ko‘ramiz. U «Real»ga haqli ravishda qaytdi, bu uchun doimo kurashdi va yonimizda bo‘ldi. Hatto Germaniyada o‘ynab yurgan davrida ham. Dani esa anchayin jiddiy yigit. U o‘z rasionini o‘zgartirib, mushaklaridagi muammolardan forig‘ bo‘ldi va ishonchli himoyachi darajasiga ko‘tarildi. U bizondek baquvvat, o‘ng qanotda undan kuchliroq himoyachi yo‘q».

Eh, Luismi, Luismi, Xoselu Qatarning «Al-Garafa» klubi bilan shartnoma imzolagani uni qattiq ranjitganiga shubha yo‘q. Ha, Karvaxal va Xoseluning klubdagi hamkorligi nihoyasiga yetdi, lekin terma jamoada ular hamon yonma-yon to‘p surishmoqda. Melani va Dafnada esa Yevro-2024 turnirining bosh sovrini bilan olingan fotosurat hozircha, yo‘q!

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:41, 21.07.2024. O'qildi: 1299 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик