Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Alisha – «A» Seriya grandlariga namuna!

Baho:
+ | -
YEVROPA / Milliy chempionatlar / Italiya «A» Seriyasi
Rukn: Yangiliklar
A A A

Jahonning eng go‘zal ayol futbolchisi sifatida e’tirof etiladigan hurliqo Alisha Lemann yaqindagina «Yuventus» oilasiga qo‘shildi.

Bungacha Angliyada «Aston Villa» sharafini himoya qilgan Shveysariya ayollar terma jamoasi vingeri «byankonerlar» bilan 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan shartnomani rasmiylashtirdi. U oxirgi mavsum Birmingem klubining 17ta o‘yinida 3ta gol urgandi turli jarohatlarga qaramay.

Alisha futboldagi yo‘lini 9 yil oldin «Konolfingen» klubida boshlagan, keyin «Yang Boyz» safiga qo‘shilgan. Shveysariya Superligasida birdaniga o‘zini ko‘rsatgan va eng yaxshi to‘purarga aylangan Lemann shundan so‘ng Angliyaga yo‘l olib, «Vest Xem» bilan shartnoma tuzdi. «Everton»dagi ijara muddatidan so‘ng «Aston Villa»ga o‘tgan nozanin yarim himoyachi Birmengemda 3 mavsum to‘p surdi: jami 19ta gol va 10ta assist. Lemannning Shveysariya termasidagi faoliyatiga kelsak, u hozirga qadar o‘z mamlakati sharafini 52ta o‘yinda himoya qildi. Jumladan, ayollar o‘rtasidagi JCH-2023da qatnashdi.

To‘g‘ri, Alisha Lemannning futboldan tashqaridagi yutuqlari ancha salmoqli. Diqqat qiling, qallig‘i Duglas Luis ortidan «Aston Villa»ni «Yuventus» bilan almashtirgan xonim birgina «Instagram» ijtimoiy tarmog‘ida 16,8 million obunachiga ega. «Yuventus»ning yangi futbolchisi bu borada «A» seriyaning barcha top-klublaridan oldinda! Kutilishicha, Alisha yangi mavsumda nafaqat Turin klubi, balki butun Italiya chempionatining alohida chiroyiga aylanadi. 

Alisha Lemann va «A» seriya yetakchi klublarining «Instagram»dagi 

obunachilari soni

Alisha Lemann - 16,8 million 

«Milan» - 16,3 million

«Inter» — 11,7 million

«Roma» - 7,3 million

«Napoli» - 4,7 million

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 06:33, 22.07.2024. O'qildi: 1067 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик