Bugun 1 iyun, 2026 yil, dushanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Ana, xolos! CHL hakamlaridan g‘alati o‘g‘irlik

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yevrokuboklarga daxldor aqlga sig‘mas telbavorlik. Yevropa Chempionlar Ligasi uchinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan «Dinamo» K. - «Reynjers» o‘yiniga  tayinlangan hakamlar ishni yo‘l harakati belgisini o‘g‘irlashdan boshlashdi.

 Nima? Qanaqasiga? Gap shundaki, ular uchrashuvdan bir kun oldin mast holatda sayrga chiqishdi va...

CHL saralashi uchinchi bosqichidan o‘rin olgan «Dinamo» (Kiyev) va «Reynjers» o‘rtasidagi ilk o‘yin 6 avgust kuni Polshaning Lyublin shahrida bo‘lib o‘tdi. Dastlabki ta­yinlovga ko‘ra, ushbu uchrashuvda polshalik videohakamlar jamoasi ishlashi kerak edi. VAR hakami - Bartosh Frankovski va VAR assistenti - Tomas Musyal. Biroq o‘yindan bir kun oldin kechqurun mast holatda «qo‘lga tushgan» hakamlar ishdan mosuvo bo‘ldilar. TVP Sport xabariga ko‘ra, voqelik mahalliy vaqt bilan soat 01:43da kuzatilgan. Ta’kidlanishicha, uch kishi yo‘l harakati belgisini o‘g‘irlab, uni savdo markazlaridan biriga olib borgan. Qoidabuzarlik esa videokameralarda muhrlangan. Yakunda polisiya ushbu odamlarni yo‘l infratuzilmasiga zarar yetkazgani uchun hibsga oldi. Keyinchalik jamoat tartibini buzgan 3 nafar shaxsdan ikkisi CHL doirasidagi «Dinamo» - «Reynjers» o‘yiniga tayinlangan hakam ekanligi aniqlandi. Tekshiruvda Frankovski va Musyal qon tarkibida tegishlicha 1,7 hamda 1,8 promill alkogol borligi oydinlashgan. Oqibatda har ikkisi hushyorxonaga olib ketilgan.

Voqeadan xabar topgan UYEFA darhol hakamlarni almashtirdi: Frankovski - Musyal juft­ligi o‘rnini polshalik boshqa hakamlar Tomash Kvyatkovski - Pavel Males ikkiligi egalladi. «Taxminan soat 01:40da uch kishi ko‘cha bo‘ylab yo‘l harakati belgisini ko‘tarib ketayotgani haqida xabar oldik, - dedi Lyublin polisiyasi matbuot kotibi Kamil Golubevski. — Voqea joyiga zudlik bilan polisiyachilar yuborildi. Barcha erkaklar mast edilar, qon tarkibida me’yoridan ortiq alkogol borligi aniqlandi. Shuning uchun ularni hushyorxonaga joylashtirdik». Polsha Hakamlar departamenti rahbari Tomas Mikulski esa ushbu g‘alati voqeadan bexabar qolganini alohida ta’kidladi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:48, 20.08.2024. O'qildi: 2586 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Xerar Pike “Manchester Yunayted”da dastlab hujumchi sifatida to'p surgan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик