Superligada 17-tur o‘yinlari davom ettirildi. Farg‘onaning «Neftchi» klubi bu tur o‘z maydonida «Olimpik»ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Gollarga Nsungusi Effiong hamda Azizbek Amonov (2ta) mualliflik qildi. Shu tariqa, Vitaliy Levchenko jamoasining «Olimpik»ka qarshi bellashuvlardagi g‘alabasiz seriyasi poyoniga yetdi.