Bugun 6 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 35 76
2 Manchester Siti 34 71
3 Man. Yunayted 35 64
4 Liverpul 35 58
5 Aston Villa 35 58
6 Bornmut 35 52
7 Brentford 35 51
8 Brayton 35 50
9 Chelsi 35 48
10 Everton 35 48
11 Fulhem 35 48
12 Sanderlend 35 47
13 Nyukasl 35 45
14 Lids 35 43
15 Kristal Pelas 34 43
16 Nottingem Forest 35 42
17 Tottenhem 35 37
18 Vest Xem 35 36
19 Byornli 35 20
20 Vulverhempton 35 18

O'tgan o'yinlar.

35-тур Lids 3-1 Byornli
35-тур Vulverhempton 1-1 Sanderlend
35-тур Brentford 3-0 Vest Xem
35-тур Nyukasl 3-1 Brayton
35-тур Arsenal 3-0 Fulhem
35-тур Bornmut 3-0 Kristal Pelas
35-тур Man. Yunayted 3-2 Liverpul
35-тур Aston Villa 1-2 Tottenhem
35-тур Chelsi 1-3 Nottingem Forest
35-тур Everton 3-3 Manchester Siti

Navbatdagi o'yinlar.

14/05/26 Manchester Siti - Kristal Pelas

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Mbappe: Elit avtolar ko‘p, lekin guvohnoma yo‘q...

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Kirmang
Rukn: Yangiliklar
A A A

Yaqinda Kilian Mbappega bahosi deyarli 187 ming yevroga teng BMW elektromobili sovg‘a sifatida berildi.

Shu tariqa «Real»ning yangi hujumchisi shaxsiy avtoparkidagi elit mashinalar soni 9taga yetdi. Faqat masalaning nozik tomoni ham bor - Fransiya milliy jamoasi yetakchisi hali haydovchilik guvohnomasiga ega emas.

Ha, «Real Madrid» homiylaridan biri - BMW avtokonserni Kilian Mbappeni i7 M70 xDrive rusumli elektromobil bilan siyladi. Kilianning avtokolleksiyasidan joy olgan 9-«toychoq» bir zumda yuqori tezlik oladi va 31 dyuymli ekranga ega. BMW i7 M70 xDrive elektorokarining asosiy xarakteristikasi: umumiy quvvati 660 ot kuchiga ega 2ta dvigatelli sedan atigi 3,7 soniyada 100 km.|soat tezlik olishi mumkin. Avtomobilning maksimal sur’ati - 250 km.|soat. Akkumulyator sig‘imi esa 101,7 kilovatt|soatga teng. Bu yo‘llar turiga qarab, 488-560 kilometr masofani zaryad olmasdan bosib o‘tish imkonini beradi. Avtomobil salonida 31,3 dyuymli ekran bor. Haydovchi uning yordamida havo haroratini me’yorida nazorat qilishi, o‘rindiqlarni sovutishi yoki isitishi, shuningdek, massaj turini tanlashi mumkin. Elektromobilning qo‘shimcha opsiyalarsiz bahosi - 186750 yevro.

Masalaning bitta nyuanci bor - Kilian Mbappe hali haydovchilik guvohnomasini olmagan. Nahotki, unda avtomobil haydash huquqini beradigan hujjat bo‘lmasa? Shunday. Ta’kidlanishicha, Kilian bundan tashvishga ham tushmaydi. Ya’ni u ongli ravishda haydovchilik guvohnomasi olishga harakat qilmayapti. Goleador hujumchi Mundo Deportivo nashri jurnalistlari bilan suhbat jarayonida shu mavzuga ham to‘xtalgandi:

«Ha, haydovchilik guvohnomasi kabi oddiy narsalarga ega emasman. Ko‘pchilikda guvohnoma bor, chunki ular hujjatga zaruriy ashyo sifatida qarashadi. Ayrimlar hattoki, haydovchilik guvohnomasini mustaqil hayot sharti o‘rnida ko‘rishadi. Men esa boshqacha fikrdaman. Haydovchilik guvohnomasisiz ham o‘zimni mustaqil odamdek his qilyapman. Chunki ixtiyorimda shaxsiy haydovchilar bor. Qisqasi, haydovchilik guvohnomasi olish men uchun hech qachon ustuvor vazifa sanalmagan».

Marca nashrida yozilishicha, «PSJ» vaqtida Mbappeni haydovchilik hujjatini olish uchun o‘qishga undagan, xarajatni to‘liq qoplab bermoqchi bo‘lgan, biroq futbolchi rad etgan. Aytgancha, Mbappe bundan 7 yil avval «Monako» o‘yinlari va mashg‘ulotlariga qanday qatnashi haqida gapirgandi: «Hamon oddiy, 18 yoshli yigitman. Bazaga meni onam yoki klub tomonidan ajratilgan haydovchi eltib qo‘yadi».

Endi Fransiya termasi yetakchisi avtoparki xususida. Shu bilan uning kolleksiyasidagi elit mashinalar soni 9taga yetdi. Oxirgi yirik xaridlaridan biri - bu 527 ming yevro turadigan Ferrari 488 Pista. Goal nashri ma’lumotiga qaraganda esa, Mbappe avtoparkida 10tadan ortiq «toychoq» bor. To‘g‘ri, deylik, Krishtianu Ronalduning garaji bundan ikki baravar katta. Ta’kidlanishicha, portugaliyalik yulduzning avtoparkida chamasi 20ta elit mashina bor va ularning umumiy qiymati taxminan 18 million dollarni tashkil etadi. Xususan Bugatti triosi (Centodieci, Chiron va Veyron rusumlari)ning o‘zi 13 million dollardan ko‘proqqa baholanmoqda. Qolganlari - Rolls-Roycs (2ta), Audi (2ta), Ferrari (3ta), Porsche (3ta), McLaren Senna, Lamborghini, Bentley, Aston Martin, Maserati, BMW va Mercedes.

Kilian Mbappe Fransiyaning «Kan» klubi aksiyalaridan 80 foizini 20 mln. yevroga sotib oldi. Shu tariqa «Real» hujumchisi Liga 2 ishtirokchisining asosiy sarmoyadorlaridan biriga aylandi. Le Parisien xabarida aytilishicha, Mbappe endi «Kan» nazorat kengashi raisi Pyer-Antuan Kapton kabi klub sohibi hisoblanadi. Kilian shuningdek, jamoa zimmasidagi qarzning ma’lum qismini o‘z zimmasiga oladi. «Kan» oldinroq Oaktree Capital Management (AQSH) guruhiga tegishli edi. Aytgancha Mbappe professional klublarning eng yosh sohiblari qatoriga qo‘shildi.

 A.AHMEDOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 15:29, 02.09.2024. O'qildi: 2185 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, JCH faqat bir marta, 2002 yilda ikki davlat (YAponiya va Janubiy Koreya)da o'tkazilgan

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 25
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Челси Joao Pedro 15
4 Манчестер Сити Antuan Semenyo 15
5 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 13
7 Брайтон Denni Uelbek 13
8 Борнмут Eli Junior Krupi 12
9 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 12
10 Ман. Юнайтед Benyamin Sheshko 11

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик