Bugun 27 aprel, 2026 yil, dushanba.

  • La-liga
      • 26.04.2026 00:00
      • Atletiko
      • 3:2
      • Atletik Bilbao
      • 26.04.2026 17:00
      • Rayo Valyekano
      • 3:3
      • Real Sosyedad
      • 26.04.2026 19:15
      • Real Ovyedo
      • 1:2
      • Elche
      • 26.04.2026 21:30
      • Osasuna
      • 2:1
      • Sevilya
      • 27.04.2026 00:00
      • Vilyarreal
      • 2:1
      • Selta
      • 28.04.2026 00:00
      • Espanyol
      • -:-
      • Levante
  • «A» Seriya
      • 26.04.2026 15:30
      • Fiorentina
      • 0:0
      • Sassuolo
      • 26.04.2026 18:00
      • Jenoa
      • 0:2
      • Komo
      • 26.04.2026 21:00
      • Torino
      • 2:2
      • Inter
      • 26.04.2026 23:45
      • Milan
      • 0:0
      • Yuventus
      • 27.04.2026 21:30
      • Kalyari
      • -:-
      • Atalanta
      • 27.04.2026 23:45
      • Lasio
      • -:-
      • Udineze
  • Superliga
      • 27.04.2026 19:00
      • Mash’al
      • -:-
      • Buxoro
      • 27.04.2026 19:00
      • OKMK
      • -:-
      • Lokomotiv
      • 28.04.2026 19:00
      • Andijon
      • -:-
      • Dinamo
      • 28.04.2026 19:00
      • So‘g‘diyona
      • -:-
      • Surxon
      • 28.04.2026 20:00
      • Paxtakor
      • -:-
      • Nasaf
  • APL
      • 28.04.2026 00:00
      • Man. Yunayted
      • -:-
      • Brentford
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Barselona 33 85
2 Real Madrid 33 74
3 Vilyarreal 33 65
4 Atletiko 33 60
5 Betis 33 50
6 Selta 33 44
7 Xetafe 33 44
8 Real Sosyedad 33 43
9 Osasuna 33 42
10 Atletik Bilbao 33 41
11 Rayo Valyekano 33 39
12 Valensiya 33 39
13 Elche 33 38
14 Espanyol 32 38
15 Jirona 33 38
16 Alaves 33 36
17 Malyorka 33 35
18 Sevilya 33 34
19 Levante 32 32
20 Real Ovyedo 33 28

O'tgan o'yinlar.

33-тур Atletik Bilbao 1-0 Osasuna
33-тур Malyorka 1-1 Valensiya
33-тур Real Madrid 2-1 Alaves
33-тур Jirona 2-3 Betis
33-тур Elche 3-2 Atletiko
33-тур Real Sosyedad 0-1 Xetafe
33-тур Barselona 1-0 Selta
33-тур Levante 2-0 Sevilya
33-тур Rayo Valyekano 1-0 Espanyol
33-тур Real Ovyedo 1-1 Vilyarreal

Navbatdagi o'yinlar.

28/04/26 Espanyol - Levante

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Temmi Abraxam: «Milan» uchun ilk golimni «Inter» darvozasiga ursam edi...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Futbolchilar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

«Milan» safiga qo‘shilgan yangi hujumchi - angliyalik Temmi Abraxam «San Siro»da faoliyatini qayta tiklashdan umidvor.

Qizig‘i, «Roma»da to‘purarlik salohiyatini ko‘rsatgan futbolchi «rossonerlar» uchun ilk golini «Inter» darvozasiga yo‘llamoqchi. Har holda, Temmi Milan TV efiridagi suhbat davomida buni dangal aytdi.

- Temmi, nima uchun aynan «Milan» taklifini qabul qildingiz?

- Gap Chempionlar Ligasida eng ko‘p g‘alaba qozongan Italiya jamoasi haqida ketmoqda. Umuman, «Milan» tarixi turli darajadagi zafarlarga to‘la va bunday jamoa libosini kiyish har qanday futbolchi uchun orzu bo‘lsa kerak. Qolaversa, bolaligimda hamisha ushbu afsonaviy klubning tengsiz afsonalari o‘yinlarini katta havas bilan tomosha qilganman. Bunga qadar menga «Milan»ga qarshi bir nechta o‘yinda ishtirok etish baxti nasib etdi. Mana, endi shunday buyuk jamoa safini to‘ldirganimdan bag‘oyat xursandman. Aytgancha, «rossonerlar» uchun birinchi golni qanday taqdim etishni istayman? Derbida «Inter» darvozasini ishg‘ol qilmoqchiman. Shu yorqin futbolkada ilk marta to‘pga teginaman va gol uraman! Yakunda 1:0 hisobida g‘alaba qozonamiz. 

- Asosiy kumiringiz kim?

- Bolaligimda oilamiz bilan «Arsenal» o‘yinlarini sira qoldirmasdan tomosha qilardik. Xususan, Tyerri Anri harakatlarini alohida kuzatib, uning o‘yinidan shunchaki, zavqlanardim, o‘zgacha ilhomlanardim. Qisqasi, Anrining maydonda bajargan ishlaridan hayratlanib, hujumchi bo‘lishga ahd qilganman. Hozirgacha mashg‘ulotlarda uning ba’zi fintlarini takrorlashga urinaman. Shuningdek, har hafta Ronaldo, Didye Drogba kabi qoyilmaqom hujumchilar ijrosidagi o‘yinlarni tomosha qilardim kuchli hayajon bilan. Hayotda esa ota-onamga haqiqiy kumir sifatida qarayman. Ular orzularim sari reja bo‘yicha olg‘a intilishimni diqqat bilan kuzatishadi, zarur maslahatlarini sira ayashmaydi.

- Aytishlaricha, bo‘sh vaqt­ni asosan o‘g‘lingiz yonida o‘tkazar ekansiz...

- Ha, men uchun o‘g‘limning yonida bo‘lish juda muhim. Uning orzularini to‘la  qo‘llab-quvvatlayman va oxirigacha yordamimni ayamayman. Binobarin, ota-onam vaqtida meni oyoqqa turib olishim uchun mislsiz darajada jon kuydirishgan, har doim yonimda parvona bo‘lishgan. Endi ular ko‘rsatgan g‘amxo‘rlikni o‘g‘limga qaytarishni xohlayman. Xullas, har doim uning yonida turaman. Umid qilamanki, o‘g‘lim ham futbolni tanlaydi, ehtimol, xuddi men kabi hujumchi bo‘lar. Turmush o‘rtog‘im Lia haqida ham soatlab gapirishim mumkin. Do‘stlik oxir-oqibat sevgiga aylandi. U hayotimning barcha bosqichlarida birga bo‘ldi, katta suyanch vazifasini o‘tadi. Lia endi - ajoyib ona. Hamxonamdan bir umr minnatdorman.

- Bolalik chog‘ini yodga olsangiz: to‘p ortidan ko‘p yugurarmidingiz?

- O, akam Timmi bilan hattoki, uy ichida ham to‘p tepardik. Qanchadan-qancha lampalarni sindirib, ko‘p muammolar tug‘dirganimiz ham kechagidek yodimda. Ota-onamiz o‘shandayoq ulg‘ayganimizda qaysi yo‘ldan borishimizni tushunishgan. Mana, futbol hamon hayotimizni to‘ldirishda davom etmoqda. Hozir hatto singlim ham mendan ko‘proq o‘yin tomosha qilsa kerak. Umuman, har doim o‘z qobiliyatimga to‘liq ishonganman. Agar orqaga qaytish va yosh Temmi bilan gaplashish imkoniyati tug‘ilganida, unga bitta gap aytardim: «Barakalla!» Hamisha odamlar bilan muloqotga kirishish va hazillashishni xush ko‘rardim. Nazdimda inson aynan shu zaylda quvnoq yashashi kerak.

- «Milan»da yaqin do‘stingiz Fikayo Tomori bor...

- Tomori bilan soatlab gaplashsak ham aslo zerikmaymiz. O‘ta samimiy yigit. Uni 6 yoshimdan buyon bilaman. Ya’ni birga o‘sib-ulg‘aydik, ko‘p narsalarni boshdan kechirdik. Oilalarimiz o‘rtasida ham qalin do‘stlik rishtalari bor. Ikkimiz avvaliga APLda o‘ynab, keyin «A» seriyaga ko‘chib o‘tganimiz va hozir bitta klubda o‘ynayotganimiz - bu haqiqatga aylangan orzu.

- Ehtirosli «San Siro» haqida nima deya olasiz? 

- Maydonga tunneldan chiqqaningizda, musiqaning gumburlashi va muxlislar hay­qirig‘ini eshitasiz, shu asnoda beixtiyor tribunalarga qaraysiz, keyin tanangiz titrayotganini sezasiz - ta’riflanmas tuyg‘u. Qaytaraman, bolaligimda bu stadionda ko‘plab ajoyib futbolchilar o‘ynashgani va gollar urishganini ko‘rganman. O‘sha vaqt atmosfera ham aqlimni o‘g‘irlardi. Mana, endi ushbu ajoyib arenada klub uchun gol urish vaqti o‘zimga ham keldi.

- Oxirgi mavsum siz uchun omadsiz keldi asosan jarohat tufayli...

- Hozir tizzamdagi chandiqqa qarasam, qanday og‘ir holatni yengib o‘tganim yodimga tushadi. O‘ylaymanki, hayotda hamma ham turli mushkulotlar va sinovlarga duch keladi, xilma-xil vaziyatlarni boshdan kechiradi. Ba’zan esa inson o‘z hayotiga hal qiluvchi darajada ta’sir ko‘rsatuvchi qiyinchiliklar bilan to‘qnash kelishi mumkin. O‘z tajribamdan aytsam, juda-juda qiynalganim rost. Agar aksini aytsam, yolg‘on gapirgan bo‘laman. Hattoki og‘riqdan tez-tez yig‘lardim, lekin qo‘limdan hech narsa kelmasdi. Shunday og‘ir pallada o‘g‘lim katta kuch bag‘ishladi. Unga qaraganimda, og‘riq o‘z-o‘zidan biroz chekinardi. Muhimi, uyda qolish va o‘g‘limga vaqt ajratish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Shuningdek, muxlislar o‘ylaganlaridan ham kuchliroq ekanligimni ko‘rsatish uchun maydonga qaytishim kerakligini teran tushundim.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:58, 17.09.2024. O'qildi: 879 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, “Real”ning tirik afsonasi Raul Evropa Chempionlar ligasining ketma-ket 14 ta mavsumida gol ura olgan yagona futbolchi sanaladi.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Реал Мадрид Kilian Mbappe 24
2 Мальорка Vedat Muriki 21
3 Барселона Lamin Yamal 16
4 Осасуна Ante Budimir 16
5 Барселона Ferran Torres 14
6 Реал Сосьедад Mikel Oyarsabal 14
7 Реал Мадрид Vinisius Junior 13
8 Атлетико Aleksandr Serlot 12
9 Барселона Robert Levandovski 12
10 Алавес Lukas Boye 12

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик