Saudiya Arabistoni chempionatining 4-turida “An-Nasr” 20 sentyabr, juma kuni “Al-Ittifoq”qa qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 33-daqiqasida Krishtianu Ronaldu penaltidan unumli foydalanib, hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim Ar-Riyod jamoasining kichik ustunligi bilan yakunlandi.
Ikkinchi bo‘limda ham “An-Nasr” hujumlarini davom ettirdi. 56-daqiqaga kelib, Najdi hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. 70-daqiqada Taliska navbatdagi gol muallifiga aylandi.
Qolgan daqiqalarda darvozalar ishg‘ol etilmadi va “An-Nasr” yirik hisobda g‘alaba qozondi.
“An-Nasr” ushbu g‘aladan so‘ng ochkolari sonini 8 taga yetkazib, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.