Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba.

  • JAHON CHEMPIONATI
      • 11.06.2026 23:59
      • Meksika
      • -:-
      • JAR
      • 12.06.2026 07:00
      • Janubiy Koreya
      • -:-
      • Chexiya
      • 12.06.2026 23:59
      • Kanada
      • -:-
      • Bosniya-Gertsegovina
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Prezident shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi

Baho:
+ | -
SPORT / Sport turlari / shaxmat
Rukn: Yangiliklar
A A A

Prezident Shavkat Mirziyoyev 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida uchinchi o‘rinni egallagan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga tabrik yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari tabrik avvalida shaxmatchilarni 200 ta davlat vakillari orasida faxrli uchinchi o‘rinni egallab, o‘zbek shaxmati tarixida yana bir yorqin sahifa ochgani bilan chin qalbdan muborakbod etgan.

Qadrli farzandlarim!

Avvalo, siz, azizlarni Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida munosib ishtirok etib, qariyb 200 ta davlat vakillari orasida faxrli uchinchi o‘rinni egallab, o‘zbek shaxmati tarixida yana bir yorqin sahifa ochganingiz bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

G‘oyat keskin va murosasiz musobaqalarda sizlar yuksak aql-zakovat, mustahkam iroda va matonat fazilatlarini namoyon etib, Xitoy, Serbiya, Armaniston, Germaniya, Ozarbayjon, Sloveniya, Ispaniya kabi manaman degan davlatlarning jamoalarini ortda qoldirganingiz ulkan tahsin va tasannolarga sazovordir.

Sizlarning timsolingizda Yangi O‘zbekiston yoshlari mana shunday aql va tafakkur bellashuvlarida qanday baland marralarni egallashga qodir ekanini ko‘rib, qalblarimiz faxr-iftixor tuyg‘ulariga to‘lmoqda.

Ushbu musobaqada yuksak intellektual salohiyatini namoyish etgan Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Shamsiddin Vohidov, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov kabi o‘g‘lonlarimiz erishgan natijalar biz uchun juda qadrlidir.

Ayniqsa, taxtalar kesimida Shamsiddin Vohidov oltin medalni, Nodirbek Abdusattorov kumush medalni qo‘lga kiritib, naqadar katta mahorat egasi ekanlarini yana bir bor isbotlaganlarini alohida ta’kidlash lozim.

Mard va jasur o‘g‘lonlarimiz qatorida Afro‘za Hamdamova, Nilufar Yoqubboyeva, Umida Omonova, Marjona Malikova, Nodira Nodirjonova singari azm-u shijoatli shaxmatchi qizlarimiz ham musobaqalarda munosib ishtirok etib, bor kuch-g‘ayrati va mahorati bilan Vatanimiz sharafini himoya qildilar.

Ular o‘tgan olimpiadada ko‘rsatgan natijalarini yaxshilab, 170 mamlakat o‘rtasida 12-o‘rinni egallagani albatta e’tiborga molikdir. Matonatli qizimiz Nodira Nodirjonova taxtalar kesimida faxrli 2-o‘rinni egallab, kumush medal bilan taqdirlangani ayniqsa quvonchlidir. Ularning barchasini samimiy qutlab, kelgusi musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni zabt etishlarini tilayman.

Albatta, O‘zbekiston shaxmat ustalari qo‘lga kiritgan ulkan yutuq Yangi O‘zbekistonda yoshlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor, sport va uning eng intellektual turi bo‘lgan shaxmatni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarimizning amaliy natijasi, desak, to‘g‘ri bo‘ladi.

Hech shubhasiz, bunday muvaffaqiyatlar xalqimizni ezgu maqsadlar yo‘lida yanada birlashtiradi, ming-minglab yoshlarimiz uchun ilhom manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Fursatdan foydalanib, siz, aziz farzandlarimga, erishgan yutuqlaringizga katta hissa qo‘shgan tajribali ustoz va murabbiylaringiz, butun jamoangiz a’zolariga, sizlarni qo‘llab-quvvatlab turgan ota-onalaringiz va barcha muxlislaringizga o‘z nomimdan, butun xalqimiz nomidan chin dildan samimiy minnatdorlik bildiraman.

Sizlarga jonajon O‘zbekistonimiz 2026 yilda ilk bor mezbonlik qiladigan navbatdagi jahon shaxmat olimpiadasida ham eng yuksak cho‘qqilarni zabt etish nasib etsin!

Barchangizga sihat-salomatlik, baxt va saodat, kelgusidagi o‘qish va ishlaringizda katta muvaffaqiyatlar tilayman. Zafarli yurishlaringiz doimo bardavom bo‘lsin, aziz farzandlarim!

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 07:13, 24.09.2024. O'qildi: 1463 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик