Rossiya Premyer Ligasining 10-turi doirasida SSKA “Ahmat”ga qarshi bahs olib bordi.
Moskva jamoasi raqibi ustidan 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Abbosbek Fayzullayev esa o‘yinda dublni rasmiylashtirdi. 19 va 50-daqiqalarda o‘zbekistonlik futbolchi golga mualliflik qildi. Yana bir gol Xelven hisobiga yozildi.
SSKA 17 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda.