Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Navqiron boyvachchalar

Baho:
+ | -
JAHON FUTBOLI / Futbolchilar / Voqealar
Rukn: Tahlil va Maqolalar
A A A

Jahon futbolida hozirning o‘zida katta ish haqi olayotgan yosh iqtidorlar paydo bo‘lishdi.

Avvalo, ro‘yxatdan chetda qolgan Lamin Yamal xususida tushuntirish berishni lozim topdik. Uning hozirgi haftalik maoshi 32115 yevro. Lamin «Barselona» yoki boshqa jamoa bilan yangi shartnomani imzolagach, ish haqi miqdori bir necha baravarga ko‘payadi. Bundan tashqari, ish haqiga oid ma’lumotlarning barchasi rasmiy emas, yevroning rublga nisbatan kursi o‘zgarishi bilan turli manbalardagi ma’lumotlar farq qilishi mumkin.

10. Yussufa Mukoko - haftasiga 57692 yevro («Borussiya D.», 19 yosh)

16 yoshga to‘lgan kunining ertasiga debyutini nishonlagan hujumchi hozircha o‘z salohiyatini to‘liq yuzaga chiqara olgani yo‘q. Lekin uning ixtiyorida yetarli vaqt bor. Mukokoning shartnomasi 2026 yilgacha mo‘ljallangan. Lekin o‘zi hozir «Nissa»da ijara asosida to‘p surmoqda va ish haqining asosiy qismi «Dortmund» g‘aznasiga tushayotgan bo‘lishi mumkin. 19 yoshli hujumchi «Sent-Etyen»ga qarshi bellashuvda (8:0) ilk marta boshlang‘ich tarkibda maydonga tushgani va 2ta gol, bitta samarali uzatmani rasmiylashtirgani vaziyatni ijobiy tomonga burib yuborishi ehtimoli ham yo‘q emas.

9. Mark Giu - haftasiga 59518 yevro («Chelsi», 18 yosh)

Yozda Giuning «Barselona»dan «Chelsi»ga o‘tishi katalaoniyaliklar uchun o‘ziga xos ogohlantirish bo‘lishi, ya’ni, ya’ni, Yamalga durustroq shartnoma taklif etishmasa, u ham «ko‘klar» tarkibiga yo‘l olishini anglatishi mumkin. «La Masiya»ning 18 yoshli tarbiyalanuvchisi La Liga va YECHL­dagi ajoyib gollari bilan ko‘pgina klublar e’tiborini tortgandi. Moliyaviy muammolar tufayli, klub unga «Chelsi»dagidek sharoit yarata olmadi.

8. Vitor Roke -  haftasiga 67308 yevro («Barselona», 19 yosh)

Mukoko singari bu iqtidor sohibi ham ijaraga berildi, lekin o‘zga mamlakatga emas, «Betis»ga. Sevilyaliklar jamoasiga Roke yolg‘iz emas, kuchukchasi bilan tashrif buyurdi. O‘zi yosh yigitcha, lekin yaxshi inson. Yanvar oyida ilk bor «Kamp-Nou»ga kelgan braziliyalik futbolchi bor-yo‘g‘i 2ta gol urgandi. Ehtimol, boshqa jamoadagi o‘yin amaliyoti - ayni pallada u uchun eng yaxshi variantdir.

7. Pau Kubarsi -  haftasiga 76923 yevro («Barselona», 17 yosh)

Kataloniya grandining navbatdagi yulduzchasi. Kichik yoshda bo‘lishiga qaramay, Kubarsi yetuk markaziy himoyachi maqomida to‘p surmoqda. O‘tgan mavsumda Pau Xavining rahbarligi ostida La Liga va YECHLdagi ajoyib o‘yinlari bilan shuhrat qozongandi. Shu sababli klub unga manfaatli yangi shartnomani taklif etdi. Kelishuvga binoan, o‘zaro hamkorlik 2027 yilgacha davom etadi.

6. Endrik - haftasiga 80000 yevro («Real», 18 yosh)

Braziliyalik vunderkind 14 yoshli chog‘ida muxlislardan jahon miqyosidagi iqtidor maqomini olgandi. Ikki yildan keyin «Real» uni o‘z safiga qo‘shib oldi. Tasavvur qiling, siz 16 yoshda dunyoning eng nomdor klubidan taklif oldingiz. Biroq Endrikni o‘smir deyishga til aylanmaydi, axir u yaqinda uylandi-da. Bunday jadallik bilan u o‘z faoliyatini bobo maqomida yakunlasa, ajablanmaymiz.

5. Archi Grey -  haftasiga 89277 yevro («Tottenxem», 18 yosh)

O‘tgan mavsumni u o‘zining bolalikdagi klubi «Lids» yorqin o‘yinlar bilan o‘tkazgandi. Lekin tez orada «Elland Roud»ga yo‘l olishi muqarrar edi. Bunday o‘yinchilarni Chempionshipda uzoq qoldirmaydilar. Archining jamoasi esa pley-off finalida mag‘lubiyatga uchrab, elitaga chiqa olmadi. «Tottenxem» Grey uchun naq 30 mln. funtdan voz kechdi. Lekin Postekoglu yosh iqtidorni jalb etishga oshiqmay, asosiy tarkibga bosqichma-bosqich tayyorlamoqda.

4. Matis Tel - haftasiga 96154 yevro («Bavariya», 19 yosh)

«Bavariya» vunderkindi o‘zining yuqori tezligi, driblingi va hujumni yakunlash qobiliyati bilan ajralib turadi hozircha Matis bir oz sabr qilishga majbur. Chunki «Alyans-Arena»da Gari Keyn hukmron. Biroq jamoa uning yuksak salohiyatiga shubha qilmaydi. Aks holda, 2029 yilgacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekmasdi.

3. Arda Gyuler -  haftasiga 100000 yevro («Real», 19 yosh)

Endrik - «Bernabeu»dagi eng ko‘p maosh oladigan yosh futbolchi emas. Gyuler Madriddagi debyut mavsumida iqtidorini namoyish etishga ancha qiynalgan bo‘lsada, Turkiya terma jamoasi bilan Yevro-2024 turnirida barcha muxlislar mehrini qozondi. Bu yigit jahon arenalarida ulkan muvaffaqiyatlarga erisha olishiga aslo shubha yo‘q.

2. Leni Yoro - haftasiga 136892 yevro («MYU», 18 yosh)

«MYU» mashaqqatli qiyinchiliklarga duch kelgan pallada uning tarkibida Yevropaning o‘ta noyob iqtidorli yosh himoya­chisi borligini hatto eslash ham noqulay. Afsuski, hozircha faqat qog‘ozda - mavsum starti arafasida futbolchi jarohat olib, muolaja kursini qabul qilmoqda.

1. Uorren Zair-Emeri - haftasiga 161538 yevro («PSJ», 18 yosh)

18 yoshli Zair-Emeri Yevropaning eng zo‘r yarim himoyachilardan biri va yuksak salohiyatga ega. 2022 yilda «PSJ» Uorren bilan 2029 yilga qadar davom etadigan shartnomaga imzo chekkanida, parijliklar hammasini tushunib ulgurishgandi. Yuqorida zikr etilgan futbolchilardan qay biriga ulkan muvaffaqiyatlarga erishish nasib etishini oliy hakam - vaqt belgilaydi!

MUHAMMADSODIQ tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 22:45, 07.11.2024. O'qildi: 6493 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик