Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba.

«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Arsenal 38 85
2 Manchester Siti 38 78
3 Man. Yunayted 38 71
4 Aston Villa 38 65
5 Liverpul 38 60
6 Bornmut 38 57
7 Sanderlend 38 54
8 Brayton 38 53
9 Brentford 38 53
10 Chelsi 38 52
11 Fulhem 38 52
12 Nyukasl 38 49
13 Everton 38 49
14 Lids 38 47
15 Kristal Pelas 38 45
16 Nottingem Forest 38 44
17 Tottenhem 38 41
18 Vest Xem 38 39
19 Byornli 38 22
20 Vulverhempton 38 20

O'tgan o'yinlar.

38-тур Brayton 0-3 Man. Yunayted
38-тур Byornli 1-1 Vulverhempton
38-тур Kristal Pelas 1-2 Arsenal
38-тур Fulhem 2-0 Nyukasl
38-тур Liverpul 1-1 Brentford
38-тур Manchester Siti 1-2 Aston Villa
38-тур Nottingem Forest 1-1 Bornmut
38-тур Sanderlend 2-1 Chelsi
38-тур Tottenhem 1-0 Everton
38-тур Vest Xem 3-0 Lids

So'rovnoma

Xozircha so'rovnoma o'tkazilmayapti.

TV dasturlar

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Umar Eshmurodov: “Muxlislarni uyaltirib qo‘yishga haqimiz yo‘q”

Baho:
+ | -
O'ZBEK FUTBOLI / Milliy terma jamoa / Yig‘inlar
Rukn: Intervyular
A A A

O‘zbekistonlik markaziy himoyachi Umar Eshmurodov FIFA’ga bergan eksklyuziv intervyusida u nima uchun milliy jamoaning yaxshi natijalariga ishonayotganini bayon qildi.

Himoyachi O‘zbekistonning hozirga qadar jahon chempionati saralash bosqichida ko‘rsatayotgan ijobiy natijalarini muhokama qilib, mamlakat tarixida ilk bor jahon chempionati finaliga chiqishiga ishonch bildirmoqda.

Yillar davomida Jahon chempionati saralash bosqichlarida ijobiy natijalar ko‘rsatganiga qaramay, O‘zbekiston hali-hamon jahon chempionati final bosqichiga chiqa olmadi.

Ular 2014 yil mundialga juda yaqin kelishdi — faqatgina to‘plar nisbatidagi farq sabab to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi va keyinchalik pley-offda Iordaniyadan mag‘lubiyatga uchradi. Jamoa nihoyat bu to‘siqni yengib o‘tib, Kanada, Meksika va AQSHda o‘tkaziladigan 2026 yilgi musobaqada ishtirok etishga ishonmoqda.

Bu ishonch ikkita asosiy faktorga asoslanadi. Birinchidan, kengaytirilgan turnirda 48 ta jamoa ishtirok etishi rejalashtirilgan va Osiyoga sakkizta kafolatlangan o‘rin hamda FIFA pley-off turnirida qatnashish imkoniyati berilgan.

Ikkinchidan, O‘zbekiston OFK uchinchi bosqich saralash musobaqasida yaxshi natijalar qayd etmoqda. Ular “A” guruhi yetakchisi Eron bilan bir xil ochkoga ega. Ikkala jamoa ham to‘rtta o‘yindan 10 ochko to‘plagan, Eron esa faqat gollar farqi hisobiga yetakchilik qilmoqda.

“Bizda Jahon chempionatiga yo‘llanma olish uchun juda yaxshi imkoniyat bor,” dedi u. “ Bu esa O‘zbekiston xalqini hayajonga soladi. Hozirda biz o‘z vazifamizni bajarishimiz va har bir o‘yinda eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishimiz kerak. Jamoa birdamlikda ishlashda davom etishi va eng yuqori darajasini ko‘rsatishi lozim. Bu nafaqat biz futbolchilar uchun, balki butun O‘zbekiston uchun ham katta sharaf va ayni paytda katta mas’uliyatdir.

Muxlislarni xafa qilishga haqqimiz yo‘q. Bizning g‘alabalarimiz mamlakatimiz uchun juda muhim ahamiyatga ega, shu bois biz bu imkoniyatdan foydalanib, o‘z nomimizni tarixga muhrlamoqchimiz”.

31 yoshli futbolchi 14 noyabrda Qatarga va besh kun o‘tib Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga qarshi safarda o‘tkaziladigan ikkita muhim o‘yinda barqaror o‘yin ko‘rsatish muhim ekanini ta’kidladi.

“Har ikki o‘yin ham qiyin kechishi kutilmoqda, chunki bu bosqichda zaif jamoalar yo‘q”, dedi Eshmurodov. “Qatar juda tajribali va kuchli jamoa bo‘lgani sabab, ularga qarshi o‘zimizning eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishimiz shart.

Shimoliy Koreya ham oson raqib emas. Biroq biz har bir o‘yinda uch ochko uchun kurashga kiramiz, chunki har bir g‘alaba bizni maqsadimiz sari yanada yaqinlashtiradi”.

Srechko Katanes shogirdlari ushbu ikki o‘yinda ketma-ket g‘alaba qozona olsa, O‘zbekiston o‘z tarixidagi ilk jahon chempionati yo‘llanmasi har qachongidan ham yaqinroq bo‘ladi. Eshmurodovning fikricha, mundial ishtirokchisiga aylanish mamlakat uchun tarixiy voqelik bo‘ladi.

“Jahon chempionatiga yo‘llanma olish tariximizdagi eng katta muvaffaqiyat bo‘ladi,” deydi Koson tumanida tug‘ilgan futbolchi. “Shubhasiz, mundial o‘zbek xalqining orzusi hisobalanadi va bu biz uchun juda ahamiyatli. Biz Jahon chempionatida qatnashishni va o‘zbek futbolini jahon miqyosida tanilishini xohlaymiz. Bu nafaqat futbolchilar, balki butun millat uchun faxrlanadigan voqea bo‘lardi. O‘zbekistonni jahon futboli xaritasidan o‘rin olishi uchun bor kuchimizni safarbar qilamiz”.

O‘zbekiston milliy jamoasida Yevropa futbolining yuqori darajasida o‘ynaydigan bir nechta futbolchilar bor. Jamoa sardori Eldor Shomurodov A Seriyaning “Roma” klubida, Abduqodir Husanov Fransiyaning “Lans” jamoasida to‘p surmoqda, Abbosbek Fayzullayev esa Moskvaning “SSKA” klubida asosiy pleymeyker hisoblanadi.

Eshmurodovning qayd etishicha, O‘zbekiston jamoasida iste’dodlar bilan birga jamoada o‘zaro birdamlik ham mavjud.

“Saralash bosqichi davomida biz shijoat va jamoaviy ruhga ega bo‘ldik,” dedi u. “Har bir futbolchi maydonda o‘zining bor kuchini berishga tayyor. Hozir bizda juda iqtidorli o‘yinchilar bor, bu esa har bir o‘yinda kurashga tayyor bo‘lgan jamoa borligini anglatadi. Jamoa ahil ishlaydi, bir-birini qo‘llab-quvvatlaydi va to‘liq diqqatini o‘yinlarga qaratgan. Aynan shu omil maydondagi muvaffaqiyatli natijalarimizga sabab bo‘lmoqda”.

Eshmurodov hozirda Malayziyaning “Selangor” jamoasining asosiy o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. U 2020 yilda xalqaro maydondagi debyutidan beri davomiy o‘sishga erishdi va yanada yuqori cho‘qqilarni zabt etishni xohlaydi.

“Men futbolchi sifatida yaxshi shakllandim deb hisoblayman va har kuni o‘z o‘yinimni takomillashtirish ustida ishlayapman” deydi u. “Mashg‘ulotlarda imkon boricha samarali o‘tkazishni maqsad qilganman. Eng asosiysi men milliy jamoa va klub uchun  eng yaxshi o‘yinimni ko‘rsatish.

Shukrki, “Selangor”da ishlar hammasi joyida. Jamoada ko‘plab yosh o‘yinchilar bor va men ularni qo‘llab-quvvatlashga, klub rivojlanishiga hissa qo‘shishga harakat qilyapman. O‘z bilimimni boshqalar bilan bo‘lishishni yoqtiraman.

Maqsadim — milliy terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqishiga yordam berish va xalqimizga quvonch bag‘ishlash. Bu barchamiz uchun juda muhim bo‘lgani uchun bor kuchimni sarflayman”.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston terma jamoasi bugun, 14 noyabr kuni Qatarga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:15 da boshlanishi belgilangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:18, 14.11.2024. O'qildi: 2009 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi,

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Манчестер Сити Erling Xoland 27
2 Брентфорд Igor Tiago 22
3 Манчестер Сити Antuan Semenyo 17
4 Астон Вилла Olli Uotkins 16
5 Челси Joao Pedro 15
6 Ноттингем Форест Morgan Gibbs-Uayt 15
7 Арсенал Viktor Dyokeresh 14
8 Лидс Dominik Kalvert-Lyuin 14
9 Брайтон Denni Uelbek 13
10 Борнмут Eli Junior Krupi 13

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик