Bugun 5 noyabr, 2025 yil, chorshanba.

  • «A» Seriya
      • 04.11.2025 00:45
      • Lasio
      • 2:0
      • Kalyari
  • APL
      • 04.11.2025 01:00
      • Sanderlend
      • 1:1
      • Everton
  • La-liga
      • 04.11.2025 01:00
      • Real Ovyedo
      • 0:0
      • Osasuna
  • Elit OCHL
      • 04.11.2025 15:00
      • Seul
      • 0:0
      • Chengdu Rongcheng
      • 04.11.2025 15:00
      • Matida Zelviya
      • 1:2
      • Melburn Siti
      • 04.11.2025 15:00
      • Sanfrechche Xirosima
      • 1:0
      • Kangvon
      • 04.11.2025 17:15
      • Buriram Yunayted
      • 2:0
      • Shangxay Port
      • 04.11.2025 21:00
      • As-Sadd
      • 1:2
      • Al-Ahli (SA)
      • 04.11.2025 23:15
      • Al-Ittihod
      • -:-
      • Sharja
  • OChL-2
      • 04.11.2025 21:00
      • Sepohon
      • 2:2
      • Ahal
  • ECHL
      • 04.11.2025 22:45
      • Slaviya
      • 0:3
      • Arsenal
      • 04.11.2025 22:45
      • Napoli
      • 0:0
      • Ayntraxt F
      • 05.11.2025 01:00
      • Atletiko
      • 3:1
      • Yunion
      • 05.11.2025 01:00
      • Bude-Glimt
      • 0:1
      • Monako
      • 05.11.2025 01:00
      • Yuventus
      • 1:1
      • Sporting
      • 05.11.2025 01:00
      • Liverpul
      • 1:0
      • Real Madrid
      • 05.11.2025 01:00
      • Olimpiakos
      • 1:1
      • PSV
      • 05.11.2025 01:00
      • PSJ
      • 1:2
      • Bavariya
      • 05.11.2025 01:00
      • Tottenhem
      • 4:0
      • Kopengagen
«
»

Turnir jadvali

Jamoa O' O
1 Neftchi 27 60
2 Nasaf 27 58
3 Paxtakor 27 55
4 Dinamo 26 50
5 Bunyodkor 27 46
6 OKMK 27 41
7 Navbahor 27 38
8 So‘g‘diyona 27 34
9 Qizilqum 27 32
10 Andijon 26 29
11 Qo‘qon-1912 27 29
12 Surxon 27 28
13 Mash’al 27 26
14 Buxoro 27 25
15 Xorazm 27 24
16 Sho‘rtan 27 15

O'tgan o'yinlar.

27-тур Dinamo 3-1 Xorazm
27-тур Navbahor 0-0 Nasaf
27-тур Sho‘rtan 4-3 OKMK
27-тур Andijon 1-1 Buxoro
27-тур Neftchi 2-1 Surxon
27-тур So‘g‘diyona 3-0 Qizilqum
27-тур Mash’al 1-0 Qo‘qon-1912
27-тур Paxtakor 4-2 Bunyodkor

So'rovnoma

  • Superliga mavsumida chempionlikka asosiy da’vogar qaysi jamoa deb hisoblaysiz?

  • Natijalar | Jami ovoz: 8858 ta.
  • So'rovnomalar arxivi
  • O‘zbekiston terma jamoasini JCH-2026'ga kim tayyorlashi kerak?

  • Natijalar | Jami ovoz: 2946 ta.
  • So'rovnomalar arxivi

TV dasturlar

  • MATCH! FUTBOL-3
    • Sana: 05.11.2025

      06:00 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      08:00 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Витория".
      10:00 Чемпионат Бразилии. "Жувентуде" - "Палмейрас".
      12:00 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      13:10 Чемпионат Турции. "Аланьяспор" - "Газиантеп".
      15:10 Чемпионат Бразилии. "Коринтианс" - "Гремио".
      17:10 Чемпионат Бразилии. "Крузейро" - "Витория".
      19:10 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      20:20 Чемпионат Бразилии. "Мирасол" - "Ботафого".
      22:20 Чемпионат Турции. "Галатасарай" - "Трабзонспор".
      00:20 Чемпионат Турции. "Бешикташ" - "Фенербахче".
      02:20 Чемпионат Турции. Обзор тура.
      03:25 LIVE Чемпионат Бразилии. "Ботафого" - "Васко да Гама". Прямая трансляция.
  • MATCH! ARENA
    • Sana: 05.11.2025

      05:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 55 кг.
      06:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 59 кг.
      07:30 "Непобедимый".
      08:00 Д/ф "Арсен Венгер. Непобедимый".
      09:40 "Страна спортивная".
      09:55 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      11:25 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      12:55 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      13:45 "10 лет в спорте". "2017/2018".
      14:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      15:00 "Страна спортивная".
      15:15 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Женщины. До 64 кг.
      16:25 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      17:05 "Команда мечты".
      17:30 LIVE Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      18:10 "Лица страны". Иван Ревенко.
      18:25 Тяжёлая атлетика. Чемпионат России в Санкт-Петербурге. Мужчины. До 55 кг.
      19:25 "Непобедимый".
      19:55 LIVE Боулинг. Кубок Дружбы. Россия - Узбекистан. Прямая трансляция.
      22:00 "10 лет в спорте". "2017/2018".
      22:30 "Век нашего спорта". Наталья Ветошникова.
      23:00 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 1.
      00:25 Автоспорт. DTM. Этап 3 на трассе Зандворт, Нидерланды. Гонка 2.
      01:50 "Команда мечты".
      02:15 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 1-й заезд.
      02:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки. 2-й заезд.
      03:40 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд.
      04:30 Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд.
  • MATCH-TV
    • Sana: 05.11.2025

      05:00 "10 лет в спорте". "2023/2024".
      05:30 "10 лет в спорте". "2024/2025".
      05:55 Новости.
      06:00 Волейбол. Чемпионат России. Женщины. Суперлига. "Локомотив" (Калининградская область) - "Динамо-Ак Барс" (Казань).
      08:00 "Тайны звёзд спорта".
      08:30 "Голевая неделя. РФ".
      09:00 Новости.
      09:05 Все на Матч! Прямой эфир.
      11:00 Новости.
      11:05 "Лица страны". Диана Миронова.
      11:25 "Эволюция спорта".
      12:25 Матч! Парад.
      12:55 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 1-й заезд. Прямая трансляция.
      13:45 Все на Матч! Прямой эфир.
      14:10 LIVE Скелетон. Кубок России в Сочи. Женщины. 2-й заезд. Прямая трансляция.
      14:55 Новости.
      15:00 Есть тема! Прямой эфир.
      16:25 "Вид сверху".
      16:55 Все на Матч! Прямой эфир.
      17:45 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Оренбург" - "Краснодар". Прямая трансляция.
      20:00 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Динамо" (Махачкала) - ЦСКА (Москва). Прямая трансляция.
      22:15 LIVE Футбол. Fonbet Кубок России. 1/4 финала. "Зенит" (Санкт-Петербург) - "Динамо" (Москва). Прямая трансляция.
      00:30 Все на Матч! Прямой эфир.
      02:00 Бильярд. Кубок Кремля. Комбинированная пирамида. Мужчины.
      03:55 Бобслей. Кубок России в Сочи. Мужчины. Двойки.
  • EUROSPORT-1
    • Sana: 05.11.2025

      06:00 Автоспорт. WEC. Этап 4. "24 часа Ле-Мана" во Франции. Лучшие моменты.
      09:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 2.
      11:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3. Прямая трансляция.
      15:00 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 1-я попытка.
      15:45 Горнолыжный спорт. Кубок мира. Этап в Зёльдене, Австрия. Женщины. Гигантский слалом. 2-я попытка.
      16:30 LIVE Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3. Прямая трансляция.
      20:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 9 эп.
      20:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      22:30 Автоспорт. Суперкубок "Порше". Обзор сезона.
      23:00 Конный спорт. Конкур. Кубок мира. Этап в Лионе, Франция.
      00:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3.
      02:00 Автоспорт. WEC. "Выносливость за кадром: гонка за совершенством", 9 эп.
      02:30 Автоспорт. WEC. Этап 5. "6 часов Сан-Паулу" в Бразилии. Лучшие моменты.
      04:00 Снукер. International Championship в Нанкине, Китай. Раунд 3.

Blogdagi o‘zgarishlar

Teglar buluti

Xabarlar arxivi

Joze Mourinyo: «Energiyam hali yetarli, menga o‘yinlar kerak...»

Baho:
+ | -
YEVROPA / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Intervyular
A A A

Joriy mavsum boshida «Fenerbaxche» boshqaruvini qo‘lga olgan Joze Mourinyo Istanbul hayotida o‘zini qanday his qilmoqda?

Portugaliyalik mutaxassis yaqinda Sky Sports kanalining YouTube tarmog‘idagi sahifasida mehmon bo‘ldi va turk klubidagi ishi haqida batafsil so‘zlab berdi. «Benazir» shuning barobarida ba’zi ma’lumotlarni bayon etdi: ser Aleks Fergyuson bilan yashirincha uchrashgani, Portugaliya hamda Angliya milliy jamoalaridan tushgan takliflarni rad etgani va hakozo...

— Joze, Istanbuldagi hayot yoqyaptimi, yangi uyingizda o‘zingizni qanday his qilyapsiz?

— Hammasi - zo‘r. Istanbul — ajoyib shahar. Hozir Yevropa hududida yashayman va har kuni mashg‘ulotlar uchun Osiyo tomonga o‘taman. Istanbulning Yevropa va Osiyodagi ikki qismini bitta ko‘prik bog‘lab turadi. Aslida narigi qirg‘oqqa o‘tish katta voqelik emas. Bu Londondan «Chelsi» mashg‘ulotlar bazasi - Kobxemga borishdek gap. Bordiyu, qandaydir voqea tufayli ko‘prikdan o‘tish imkoni bo‘lmasa, shundoq qayiqqa o‘tirib, 10 daqiqada sohilga yetaman. Yana shuncha vaqtdan keyin mashg‘ulotlar bazasiga kiraman. To‘g‘ri, turk qishi tobora yaqinlashmoqda va endi barchasi biroz qiyinlashsa kerak.

— Matbuotda yozilishicha, bo‘sh vaqtni asosan uyingizda o‘tkazayotgan ekansiz. Nima, ko‘chaga chiqish xohishi yo‘qmi?

— Yaxshiki, haqiqatni ham yozisharkan, lekin yolg‘onlari ko‘p. Deylik, odatda faqat gazli suv ichaman, ba’zi-ba’zida «Kola» olishim mumkin, ammo matbuot meni alkogolga mukkasidan ketgan kishiga chiqarishi hech gap emas. Media ba’zan mashg‘ulotlarda qanday ishlayotganingni nazardan chetda qoldiradi. Misol uchun, vaziyatga qarab, tungi soat 1gacha mash­g‘ulotlar bazasida qolishim va tongda hammadan avval u yerga qaytishim mumkin. Hatto ayrim kunlar bazada tunab qolishimga ham to‘g‘ri keladi. Bu - murabbiylar hayoti uchun normal holat.

— Katta yutuqlar, shunday koshonalarda yashash va g‘alabaga nisbatan ochlikni saqlab qolish. Bularni qanday umumlashtirishga erishyapsiz?

— Mag‘lubiyatni tan olishim mumkin emas. Bir voqea: «Real»da ishlaganimda, «Old Trafford»ga borgandik, adashmasam, CHL chorak final o‘yiniga. Katta jang! Ser Aleks kutilmaganda, meni o‘z ofisiga chorladi. Bir-birimizga ro‘baro‘ holda ikkimiz ham o‘zimizni sokin tutishga urinardik, lekin aslida vujudimiz yonayotgandi. Shunda Fergidan so‘radim: «Ser Aleks, yillar o‘tishi bilan ishtiyoq o‘zgaradimi?» U esa kulib turgancha javob berdi: «Yo‘q, aslo». Darhaqiqat, hissiyot o‘zgarmaydi va bu yaxshilikka, albatta.

— Ixtiyoringizda ajoyib futbolchilar guruhi bor, mashg‘ulotlar maydoni yaxshi. Ko‘rinishidan, murabbiylar shtabida o‘zaro tushunish darajasi ham ajoyib.

— Turkiya chempionati qoidalariga ko‘ra, jamoa faqat 14 nafar legioner olishi mumkin. 1ta o‘yinda esa ulardan 12 nafarini qaydnomaga kirita olasan, xolos. Xullas, tarkibning 50 foizidan ko‘pini turkiya­lik futbolchilar tashkil etishadi. Bu o‘ziga xos balansni ta’minlaydi, murabbiy sifatida o‘zaro aloqa nazoratini qo‘ldan chiqarmaysan. Deylik, akademiyadan chiqqan mahalliy yigitlar klub nimani anglatishini yaxshi bilishadi, milliy mentalitetni his qilishadi. Ikkinchi tomondan, xil-xil madaniyatlarni ko‘rgan le-gio­nerlar bor. Qolaversa, shtabimda portugallar, ital­-yanlar va turklar jamlanishgan. Bunday tarzda ishlash qiziqarli, klub ham katta. Angliyada «Fenerbaxche» naqadar yirik birlashma ekanligini tasavvur qila olishadimi-yo‘q, bilmadim, lekin jamoa Turkiyaning o‘zida 35 million muxlisga ega. Dunyo bo‘ylab ham qanchadan-qancha turklar aynan «Fe­ner»ni yoqlashadi. Shunday katta klub nega 10 yildan buyon chempionlikni qo‘lga kiritolmayapti? Yaxshi prezident va  ajoyib muxlislar bor, ko‘plab murabbiylar va yulduz futbolchilar kelib-ketishgan, biroq kubok yo‘q. Lekin buning sabablari haqida gapirishni xohlamayman.

— Oxirgi 12ta o‘yinda 1ta mag‘lubiyat. Jamoa o‘yini esa xuddi «MYU»dagi ishingizni eslatmoqda. Tarkibdan kelib chiqib, shunday usulni qo‘llayapsizmi yoki...?

— Mavsum boshida «Lill» maydonida yutqazib qo‘ydik. Superligada esa «Galatasaroy»ga imkoniyatni boy berdik. Bu yerda ushbu o‘yinda yutgan jamoa dunyo bo‘yicha eng yaxshisi, yengilgani esa eng yomoniga aylanadigandek. Aslida unday emas. Italiya, Portugaliya, Ispaniyada ham derbilar katta o‘rin tutadi. Ang­liyada ham shunday, ammo biroz farqli tomonlari bor. Barchasi madaniy qadriyatlarga borib taqaladigan masala. Turkiya ligasida 19ta jamoa o‘ynaydi. Demak, har turda qaysidir ishtirokchi dam oladi. Derbidan keyingi turda «Fener» o‘yini yo‘q edi va bu bo‘shliq mag‘lubiyat ko‘lamini yanada oshirib yubordi. Deylik, «MYU»ga qarshi ko‘rsatgan o‘yinimizdan g‘oyat xursand­man, murabbiy sifatida mash­g‘ulotlarda tayyorlagan ishlanmalaringni maydonda ko‘rishni xohlaysan, ammo har doim bunday bo‘lavermaydi. Shunda o‘zingni yaxshi ishlolmayotgandek sezasan. «MYU» bilan bahsda esa yigitlar kuchli tayyorgarlikka yarasha maydonda borlarini berishdi. Bu nuqtada ligalar va jamoalar o‘rtasidagi farqni ham unutmaslik kerak. Rejaga muvofiq, raqibga yuqori zonalarda bosim uyushtirmoqchi edik. Reshford va Garnacho kabi futbolchilarga ega ja­moaga qarshi bunday yo‘l tutish - katta tavakkal. Lekin natija yo‘lida shunday yo‘ldan borishimizga to‘g‘ri keldi. Chunki himoyaviy usulda o‘ynolmasligimizni bilardik, zero, bu har haftalik ishimiz emas. «MYU»ga qarshi himoyani ushlash «Fener» qadriyatlari va falsafasiga ham mos kelmasdi. Ochig‘i, kiyinish xonasida futbolchilarning natijadan norozi kayfiyatda o‘tirishganini ko‘rib, biroz ajablandim. Axir odatda «MYU»ga qarshi o‘yinda ochko olish boshqacha kayfiyat ulashishi kerak.

— «Fenerbaxche»ni tomoshabop futbolga yo‘naltirayotganingizni e’tirof etishyapti...

— Biz xohlayotgan narsa shu. Hali ko‘pchilikni yana hayratda qoldirishga qodirmiz. «Real» boshqaruvida 1 mavsumda 105ta golni ta’minlaganimda ham, butun dunyo mening jamoam himoyaviy futbolga moyilligini aytgandi. Lekin bilamizki, chetdagi bunday gaplar ahamiyatsiz.

— Yana bir jihat shuki, «MYU»da ishlari yurishmagan futbolchilar bu yerda ajoyib o‘yin namoyish etish­-yapti, xususan, Fred...

— Chunki ular aslida yaxshi darajadagi ijrochilar. Mana, boy tajribalarini ishga solib, yangi jamoaning muhim murvatiga aylanishdi. «MYU» chiqitga chiqargan futbolchilar aynan shu klubga qarshi bahsda raqiblardan yaxshiroq harakatlanishlarini kuzatish yoqimli.

— Xo‘sh, «Fener» bilan qayergacha borishni mo‘ljallayapsiz?

— Bilasizmi, hech qachon autsayder klubni boshqarish uchun APLga qaytmayman. Umuman, yevrofutbol bilan o‘z nizolarim bor. «Lill»ga qarshi o‘yinning 90+4-daqiqasida belgilangan penaltini VAR ham ko‘rdi, lekin o‘zim haligacha o‘sha vaziyatdan bunga arzirli sabab topolmayapman. Shunday mag‘lubiyatlarni aslo tan olmayman, ammo natija minus. Bu haligacha og‘riq bermoqda. Kuni kecha stadionda barcha qatori sof penalti so‘rab qichqirganimda, menga qizil kartochka ko‘rsatishdi, vaholanki, birovni haqoratlamadim. Bilaman, bu kurashda hech qachon yutolmayman. Jabrdiydaga yana zulm qilish — adolatsizlik. Xoh Messi bo‘l, xoh futbolga kecha kirgan 18 yoshli yigitcha bo‘l, qoidalar hammaga teng. Deylik, Anchelotti yoki boshqasiga nisbatan ham qoidalar xuddi shunday, bir xil qo‘llanilishi shart. Men futbolda xohlayotgan narsa shu. 

— Sizni Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi roliga chorlashgani rostmi? Muzokara o‘tkazdingizmi?

— Yo‘q, hech nima bo‘lmadi. «Chelsi»dan birinchi marta ketayotganimda, stolim ustida Angliya assosiasiyasi taklifi turgandi. Hozirchi, bunday chorlovni o‘ylab ko‘rarmidim? Yo‘q.

— Portugaliya termasiga chorlashsa-chi?

— Bu borada 3 marta taklif olganman va barchasida rad javobi berganman. Ehtimol, kun kelib, ushbu jamoani boshqararman. Hali energiyam bor, menga doimiy o‘yinlar kerak. Oyiga 1tagina uchrashuv bilan qanaqasiga qanoatlanishim mumkin?! Ha, vaqti kelib, Portugaliya termasi yoki o‘zimga yaqin qaysidir mamlakat milliy jamoasini boshqarish, salohiyatimni jahon va Yevropa chem­pionatida sinab ko‘rish ishtiyoqi bor, lekin hozir har kunlik faol ishni ma’qul ko‘raman.

— Bitta masalada muxlislar bilan fikrimiz mushtarak: APL — sizning futboldagi uyingiz. Bu borada nima deysiz?

— Angliyada 3ta klubni bosh­qardim, jumladan, «Chelsi»ni ikki marta. Asosiysi, har gal ishimni yurakdan bajardim. Faoliyatim davomida ijtimoiy tomondan eng go‘zal shaharlarda yashadim: Rim, Madrid, Milan, endi Istanbul... Lekin oilam hamon Londonda, u yer — qadrdon uyim. Vaqti kelib, qaytishim kerak. Ammo gaplarim noto‘g‘ri talqin qilinishini istamasdim - joriy mavsum va keyingisi yakuniga qadar hech kim meni «Fenerbaxche»dan ketishga majburlolmaydi...

«Fenerbaxche» Turkiya Superligasi 11-turida «Trabzon­spor» mehmoni bo‘ldi va asosiy vaqtga qo‘shib berilgan 12-daqiqada urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi - 3:2. E’ti­borlisi, mezbonlar 2ta golni ham penalti vositasida urishdi. «Benazir» esa uchrashuvdan keyin VAR tizimida ishlagan hakam - Atilla Karaoglonni rosa «tuzladi». «Bu hakamni o‘z o‘yinlarimizda ortiq ko‘rishni xohlamaymiz. Maydonda yosh referi ishladi, lekin uning ortida turgan Karaoglon hech kimga ko‘rinmagan holda, asosiy «qahra­mon»ga aylandi. «Fenerbaxche» nomidan gapiryapman - bu hakamni na VAR tizimi va na referi rolida ko‘rishni istaymiz. Bu yerda nafaqat kuchli raqiblar, balki VAR tizimiga ham qarshi o‘ynayapmiz. Kurashning eng qiyin tomoni shu. Mana, bugun VARga qarshi munosib turdik, shuning uchun g‘alabani o‘zgacharoq nishonladik. Axir o‘ta kuchli odamlarni yengdik. Meni bu yerga taklif etgan kishilardan  ham xafaman, ular haqiqatning yarmini aytishibdi, xolos. Agar barchasini boricha aytishganida, balki kelmasmidim... VAR tizimi yaxshiroq ishlasa, hammasi o‘zgaradi. Raqibning Braytga nisbatan qo‘polligi qizil kartochkaga tortmasmidi? Karaoglon o‘sha pallada qahva yoki turk choyi ichayotgandi va buni ko‘rmadi. Ammo u 2ta penalti uchun asos topdi. Tizim bizga hujum qilmoqda! Men turk emasman, bu haqda turklar baralla gapirishlari kerak. Agar men aytsam, darrov yana hujumga uchrayman. Sizlar - turklar bu haqda gapirishingiz kerak. Biz tozamiz!» - deya portugaliyalik mutaxassis so‘zlarini keltirdi Fanatik nashri. 

Manba: skysports.com, M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:40, 17.11.2024. O'qildi: 849 marta. Fikrlar: 0 ta.

Bo'limga tegishli boshqa xabarlar


Bilasizmi, Futbol qiroli Pele professional faoliyati davomida 1200dan ortiq gol urgan bo'lsada, ularning 757tasini rasmiy o'yinlarda nishonlagan.

To'purarlar jadvali

Futbolchi Gol
1 Пахтакор Igor Sergeev 18
2 Сўғдиёна Lyupcho Doriyev 15
3 Насаф Husayn Norchayev 14
4 Навбаҳор Abbos G‘ulomov 10
5 Динамо Anvarjon Hojimirzayev 9
6 ОКМК Xurshid G‘iyosov 9
7 Нефтчи Zoran Marushich 8
8 Машъал Humoyun Murtazoyev 8
9 Бунёдкор Luis Kachorri 8
10 Бунёдкор Temurxo‘ja Abduxoliqov 8

So'nggi xabarlar

Boshqa xabarlar →

Konferensiya

Қаҳрамон Асланов

"Futbol plyus"


Шуҳрат Шокиржонов

Faqat futbol haqida


Шерзод Ражабов

Kuchli Beshlik


Ҳасанали Қодиров

Onlayn savol-javob


barcha konferensiyalar »
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.